Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida


Download 19.59 Kb.
bet1/4
Sana17.12.2022
Hajmi19.59 Kb.
#1025936
  1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida


Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida
ishlab chiqarish resurslari to‘liq foydalanilmay qoladi.
YaIMni yaratishda qatnashadigan iqtisodiy resurslarning eng
asosiylaridan biri bo‘lgan mehnat resurslaridan to‘liq foydalanilmaslik
ishsizlikda namoyon bo‘ladi.
Makroiqisodiy tahlilda mehnat resurslari emas balki ishchi kuchi
kategoriyasidan ko‘proq foydalaniladi.
Ishchi kuchi yoki iqtisodiy faol aholi deganda mehnatga layoqatli
yoshdagi ishlayotgan va ishsiz yurgan aholining umumiy soni
tushuniladi.21
Mehnat bozorida boshqa resurslar bozori singari talab va taklif qonuni
amal qiladi. Ishchi kuchining bahosi hisoblangan real ish haqi hajmi oshsa
ishchi kuchiga bo‘lgan talab qisqaradi, agar real ish haqi hajmi kamaysa
ishchi kuchiga bo‘lgan talab ortadi, ishchi kuchi taklifi esa kamayadi. Ishchi
kuchiga bo‘lgan talab miqdorining ishchi kuchi taklifi miqdoridan kam
bo‘lishi ishsizlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlar – bu, ishchi kuchining bir qismi bo‘lib, ijtimoiy ishlab
chiqarishda band bo‘lmagan, lekin ishlashni xohlovchi va faol ish
qidirayotgan aholidir.
Ishsizlik darajasi deb ishsizlarni ishchi kuchi soniga nisbatiga (foiz
hisobida) aytiladi va uni quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Ishsizlik darajasi =(ishsizlar soni / ishchi kuchi soni)x100
Ishsizlikning quyidagi turlari mavjud:
Friksion ishsizlik. Unga ish qidirayotgan yoki yaqin vaqtlar ichida ish
bilan ta’minlanishni kutayotgan ishchi kuchi kiradi.22 Ishsizlikning bu turi
asosan ish yoki turar joylarni o‘zgartirish, o‘quv yurtlarini tugatish va
shuningdek, boshqa sabablardan kelib chiqadi. U doimo mavjud bo‘lib,
ma’lum bir darajada kerakli hisoblanadi.
37
Tarkibiy ishsizlik. Tarkibiy ishsizlar guruhiga ishlab chiqarish
strukturasining o‘zgarishi natijasida ishchi kuchiga talab tarkibining
o‘zgarishi natijasida ishsiz qolganlar kiradi. Unga asosan malakalarini
o‘zgartirishi va oshirishi, ma’lumot olishi, yangi kasb egallashi lozim bo‘lgan
ishsizlar guruhlari kiradi. Friksion ishsizlik bilan tarkibiy ishsizlikning asosiy
farqi shundaki, birinchisida, ma’lum malaka va tajriba mavjud bo‘ladi va
undan foydalanib, ish joylarini tezroq topib olishadi, ikkinchisida esa, ishchi
kuchi darhol va tezroq ish joylarini topa olmaydi.

Download 19.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling