Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida, iqtisodiy pasayish davrida


Download 19.59 Kb.
bet2/4
Sana17.12.2022
Hajmi19.59 Kb.
#1025936
1   2   3   4
Bog'liq
Iqtisodiyotning beqaror rivojlanishi oqibatida

Davriy ishsizlik asosan ishlab chiqarishning pasayishi natijasida ishchi
kuchiga bo‘lgan talabning kamayishidan paydo bo‘ladi. Davriy pasayish
tovar va xizmatlarga bo‘lgan yalpi talabning kamayishini, shunga muvofiq,
yalpi tatalabning kamayishini, va oqibatda aholining ish bilan bandligi
qisqarishi va ishsizlikning o‘sishini bildiradi.
To‘la ish bilan bandlik ishchi kuchining 100 foiz ish bilan
ta’minlanganligini bildirmaydi. Aksincha, friksion va strukturali ishsizlik
ilojsiz hol bo‘lganligini hisobga olsak, biz mutlaq to‘la ish bilan bandlilikka
erishib bo‘lmasligini tushunamiz.
Agarda davriy ishsizlik bo‘lmasa, u holda to‘la ish bilan bandlilikka
erishiladi. To‘la ish bilan bandlik davridagi ishsizlik, ishsizlikning tabiiy
darajasi deyiladi.23 Bunga ish qidiruvchilar soni bo‘sh ish joylari soniga
muvofiq kelsagina erishish mumkin. Ishsizlikning tabiiy darajasi friksion va
tarkibiy ishsizlik yig‘indisiga teng bo‘ladi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi doimiy emas, chunki u iqtisodiy vaziyat,
qonun va milliy an’analar bilan bog‘liq holda o‘zgarib turadi.
Ishsizlikning tabiiy darajasi mamlakatdagi oxirgi o‘n yilda mavjud
bo‘lgan haqiqiy ishsizlik darajasi va keyingi o‘n yil uchun prognoz qilib
hisoblangan ishsizlik darajalarining o‘rtacha miqdori sifatida belgilanadi.
Umumiy holda ishchi kuchi ish bilan band va faol ish qidirib yurgan
ishsizlarga bo‘linadi.
3.2. Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari. A. Ouken qonuni
Barcha mavjud resurslardan to‘liq foydalanish yoki ishsizlikning tabiiy
darajasi holatida iqtisodiyotda yaratilishi mumkin bo‘lgan mahsulot hajmini
23 N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth Publishers, 2013):
38
iqtisodiyotning ishlab chiqarish potensiali deb ataladi. Mamlakatning ishlab
chiqarish potensiali potensial YaIM ko‘rsatkichi bilan o‘lchanadi.
Makroiqtisodiy beqarorlik tufayli, iqtisodiy pasayish davrida mamlakat
o‘z iqtisodiy potensialini to‘liq ishga solmasdan, yaratilgan haqiqiy YaIM
hajmi (Yh) potensial YaIM (Yp) hajmidan ortda qoladi.
Ya’ni YaIMning uzilishi (YuZ) ro‘y beradi.

Download 19.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling