Mavzu: Adam Smit va fiziokratlar. Reja
Download 21.68 Kb.
|
Adam Smit va fiziokratlar.
FIZIOKRATLAR (frans. physiocrates; lot. physis — tabiat va kratos — hokimiyat) — 18-a. ning 2yarmida Fransiyada paydo boʻlgan iqtisodiy tafakkur maktabi. Merkantsh1izmga qarshi qarashlar sifatida yuzaga kelgan. Asoschisi Fiziokratlar Kene. Uning oʻquvchilari V. R. Mirabo (1715 — 89), P. S. Dyupon de Nemur (17391817), A. R. Tyurgo (172781) va boshqalar Fiziokratlarning asosiy vakillari hisoblanadi. Fiziokratlar boylikning manbai savdo emas, balki tabiat bilan bogʻliq boʻlgan mehnat, i. ch. (asosan, q. x. soqasida) va millatning haqiqiy farovonligi yer bilan bogʻliq degan qarashlarni targʻib etganlar. Fiziokratlar Petti kabi siyosiy iqtisodda tabiiy fanlar uslubiga amal qilganlar. Fiziokratlar jamiyatga «tabiiy» jarayon sifatida qarashgan va uning rivoji «tabiiy tartib» qonunlari asosida roʻy beradi, deb izohlashgan. Fiziokratlar qarashlarida iqtisodiy kategoriyalarning obyektivligi tan olinadi, paydo boʻlayotgan va tobora mustahkamlanayotgan daxlsiz xususiy mulk, iqtisodiyotnint erkin raqobat asosida rivojlanishi, bozor narxlarining erkin oʻzgarishi, iqtisodiyotga davlat aralashuvini inkor etadigan jarayonlar, boylikning adolatli taqsimlanishi qoʻllabquvvatlanadi. Fiziokratlarning iqtisodiy tizimida «sof mahsulot» toʻgʻrisidagi taʼlimot markaziy oʻrinni egallaydi va u i. ch. chiqimlari qoplangandan keyin qoladigan mahsulot yoki daromaddir. «Sof mahsulot» (yer rentasi) faqat q. x. Da yaratiladi, uni yaratuvchi mehnat unumli, yaʼni qoʻshimcha qiymatni yaratadi. Oʻsha davrdagi jamiyatni Fiziokratlar 3 sinfga boʻladilar: «sof mahsulot» yaratuvchi, ishlab chiqaruvchi («unumli») sinf — fermerlar; mulkdorlar (albatta yer mulkdorlari) va sof mahsulot yaratmaydigan «unumsiz» sinf — hunarmandlar, ishchilar va b. shahar axolisi (dehqonchilikdan boshqa soha vakillari, sanoatchilar deb ham ataladi). Fiziokratlarning muhim xizmatlaridan biri shuki, ular birinchilardan boʻlib kapital tahlilini boshlab berdilar, kapitalni «avans» (boʻnak) deb nomlab, uni «yillik avans» (aylanma kapital) va «dastlabki avans» (asosiy kapital) kabi tarkibiy qismlarga ajratdilar. Fiziokratlarda pul kapitali tushunchasi boʻlmagan, pul birorta avans turiga kiritilmagan. Fiziokratlar taʼkidlashicha, pul oʻz holicha «unumsiz» boʻlib, pulning faqat bir funksiyasi — muomala vositasigina tan olinadi. Fiziokratlar, xususan, F. Kene «Iqtisodiy jadval» («Iqtisodiy manzara») asarida fanda birinchi boʻlib takror i. ch. ning iqtisodiy nazariyasini yaratishga harakat qildi va uni jadval va chizmalar shaklida ifodaladi. Fiziokratlar iqtisodiy siyosat sohasida savdo erkinligini (birinchi navbatda q. x. maxsulotlari savdosida), davlatning iqtisodiyotga faol aralashmasligini, oʻsha davrda mavjud boʻlgan koʻpdan koʻp soliklar oʻrniga yagona yer soligʻi joriy etilishini yoklaganlar. Fiziokratlar gʻoyalari iqtisodiy tafakkur tarixida boʻlajak iqtisodiy modellarning muhim kurtagi boʻlib qoldi (yana q. Klassik siyosiy щtisod maktablari).
Download 21.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling