Abdulboqiyev shohjaxon 110-20 - guruh Reja: - Ko‘chmas mulk obyektlari - Ko‘chmas mulk obyektlarining xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari - Ko'chmas mulk obyektlarining hayotiy sikli Ko‘chmas mulk obyektlari “Ko‘chmas mulk” deb, qo‘Ilanish sohasi bo‘yicha foydalanish jarayonida uning tarkibiy tuzilishi, tavsifi, o‘ziga xos xususiyatlariga zarar yetkazmagan holda qurilgan o‘rnidan ko‘chishni inkor etadigan mulkka aytiladi. Ularga: binolar, inshootlar, yer uchastkalari va yer bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa mulklar kiradi. “Ko‘chmas mulk” so‘zi mantiqan uch ma’noda, ya’ni “qo‘zg‘almas obyekt”, “mulk”, “mulkka egalik” tushunchalarini anglatadi. Kelib chiqishiga ko‘ra ko‘chmas mulk obyektlari quyidagi turlarga bo’linadi: • insonning ishtirokisiz tabiat tomonidan yaratilgan ko‘chmas mulk obyektlari; • inson mehnati natijasida yaratilgan ko‘chmas mulk obyektlari; • inson mehnati bilan yaratilgan, lekin tabiat bilan uzviy bog‘liq boiib, usiz faoliyat ko‘rsata olmaydigan ko‘chmas mulk obyektlari Ko‘chmas mulk obyektlarining xususiyatlari va o‘ziga xos jihatlari Ko‘chmas mulk obyektlarining belgilari. Ko‘chmas mulk obyektlarining uch ko‘rsatkichlar birligi Ko'chmas mulk obyektlarining hayotiy sikli Ko‘chmas mulk obyektlarining jismoniy obyekt sifatidagi hayoti davomiyligi - bu ko‘chmas mulk obyektlarining loyihaga muvofiq shakllantirilishidan to tugatilganiga (likvidatsiya qilinganiga) qadar mavjud bo‘lish jarayonlarining ketma-ketligidir. Ko‘chmas mulk obyektlari hayot siklining bosqichlari quyidagicha nomlanadi: loyiha oldi-loyihalash-qurilish-ekspluatatsiya-tugatilish. 1. Loyiha oldi (.boshlang'ich) bosqich o‘z ichiga quyidagilarni oladi: ko‘chmas mulk bozorini tahlil qilish, ko‘chmas mulk obyektini tanlash, loyiha strategiyasini shakllantirish, investisiyaviy tahlil, boshlang‘ich - ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish, investisiyaviy kredit resurslarni jalb qilish. 2. Loyihalash bosqichi o‘z ichiga quyidagilarni oladi: moliyaviy sxemani ishlab chiqish, moliyalashtirishni tashkil qilish, muhandis-arxitektura guruhini tanlash, loyihalashni boshqarish Ko'chmas mulk obyektlarining hayotiy sikli Ko'rinib turibdiki, birinchi ikki bosqich daromad keltirmaydi, chunki ular asoslovchi xarakterga ega. Bu davrning asosiy vazifalari – mazkur bosqichlar muddati davomiyligini qisqartirish, ko‘chmas mulk obyektlarining iste’mol sifatini oshirish va eng asosiysi - ko‘chmas mulk obyekti hayoti davomiyligining barcha bosqichlaridagi ekspluatatsiya qilish harajatlarni imkoni boricha kamaytirish. 3. Qurilish bosqichi pudratchini tanlash, qurilish ishlarini olib borishni muvofiqlashtirish, hamda qurilish sifatini, xarajatlar smetasini va boshqa xarajatlarni nazorat qilishni o'z ichiga oladi. Bu bosqichda qurilayotgan obyektni ko‘chmas mulk bozori segmentining hayoti davomiyligini mantig‘i bilan asoslangan talablariga qay darajada mos kelishi haqida aniq dalillar paydo bo‘ladi. Bu bosqichda iste’molchilar kapital qo‘yilmalari ulushini oshirish masalalari imkoniyatlari o‘z yechimini topadi, chunki taklif va foyda hajmining o ‘sishi bozor tomonidan faoliyatni yaxshi qabul qilinganligidan dalolat beradi Ko'chmas mulk obyektlarining hayotiy sikli 4. Ko‘chmas mulk obyektini eksplnatatsiya qilish bosqichi obyektlardanfoydalanishni tashkil etish, ulargaxizm atko‘rsatish va ta’mirlashlarni nazarda tutadi. Ko‘chmas mulk obyektidan foydalanishni tashkil etishni boshqarish tizimi ko‘p qirrali vazifalardan iborat bo‘lib, u quyidagi yo‘nalishlarni o ‘z ichiga oladi: binodagi uskuna va qurilmalarni ekspluatatsiya qilishni tashkil etish, moddiy resurslar ta’minoti hisob-kitoblarini olib borish, yong‘inga qarshi va xavfsizlik texnikasini, kommunikatsiyalarni boshqarish, chiqindilardan foydalanish (utilizatsiya qilish) va qayta ishlash, binodagi ko‘chishlar, o‘zgarishIar va qayta qurishlar, avariya holatlarni bartaraf qilish, ekspluatatsiya qilish va joriy ta ’mirlash ishlarini amalga oshirish, jihozlash va obyektni qo‘riqlash. Ko'chmas mulk obyektlarining hayotiy sikli Binoda ro‘y beradigan texnik nosozliklar oqibatlarini bartaraf etishda quyidagilarga rioya qilish lozim: • barcha metall qurilmalarni qizib ketganligi sabab nosoz holga kelganini tekshirish; • yonuvchan buyumlarga yetkazgan zararlarni aniqlash; • namlanish va yemirilish ta’siriga moyil bo‘lgan barcha kommunikatsiya va ofis uskunalari hamda ko‘chmas mulk obyektining boshqa tizimlarini ko‘zdan kechirish; • elektr o‘tkazgichlar va boshqa kommunikatsiyalarda nosozliklar mavjudligini (maksimal kuchlashishda) tekshirish, isitish uskunalarini tekshirish; • tizimlarda mog‘or va boshqa zararli moddalar paydo bo‘lgan holatda ularni tozalash va h.k. Foydalanilgan adabiyotlar • UZ.WIKIPEDIA.ORG WEB SAYTI • KO‘CHMAS MULKDAN FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH VA BOSHQARISH, V.U. Yodgorov, D.Sh. Mirjalilova, Tashkent – 2014.
Do'stlaringiz bilan baham: |