Mavzu: Adaptiv sportining rivojlanish tarixi. Papalimpiya, Surdolimpiya va
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruza №7
1964 yil. Tokio–YAponiya.
Tokiodagi Olimpiya o`yinlarida nogiron sportchilar jasorat va g’alabaga bo`lgan irodasi borligini butun dunyoga isbotladi. Ikki hafta davomida ular medallar uchun baxs olib bordilar. SHuni ta’kidlash kerakki, o`sha vaqtda yaponiyalik mutaxassislar nogiron sportchilarni qabul qilishga tayyor emasdilar, chunki YAponiyada sport reabilitatsiya vositasi hisoblanmasdi. Professor Guttmanning salohiyati va tajribasi tufayli tashkilotning vazifasi muvaffaqiyatli bajarildi. Paralimpiyada o`yinlarida 23 mamlakatdan 400 nafar sportchi ishtirok etdi. YAngi sport turlari sinovdan o`tkazildi: aravachalarda slalom, shtanga ko`tarish,engil atletika sport turlaridan disk uloqtirish kabi 10 turdagi sport turlari bo`yicha baxslashishdi. YAngi rekordlar o`rnatildi, 100 000 dan ortiq tomoshabinlar stadionlarga tashrif buyurishdi va jasorat guvohlari bo`lishdi. Do`stona muhit, tomoshabinlar va ishtirokchilar o`rtasida o`zaro tushunish va xurmat aks etib turdi. Tokiodagi Paralimpiya o`yinlari turli mamlakatlardagi odamlar, dinlar, siyosiy yo`nalishlardagi xalqaro hamkorlikning ajoyib namoyondasi bo`ldi. Ushbu musobaqalar Yaponiyada nogironlar sportini rivojlanishiga turtki bo`ldi. Paralimpiya o`yinlarining amaliy natijasi nogironlarni sportga jalb qilish zarur ekanligi amaliy isbotlandi.. Bu davr mobaynida dunyoning ko`plab davlatlari Belgiya, Fransiya, Gollandiya, SHvetsiya, SHveytsariya, GDR, Polьsha, CHexoslovakiya va Kanadada Stok-Mandvilsonga o`xshagan qo`mitalar tashkil etilib, musobaqalar o`tkazish boshlanib ketdi. Ba’zi mamlakatlarda nogironlarning barcha toifalarini birlashtiradigan milliy uyushmalar shakllantirildi. Xalqaro nogironlar sporti tashkiloti (ISOD) 1963 yilda tashkil etilgan bo`lib, hozirgi kunga qadar muvaffaqiyatli ishlamoqda. Bundan tashqari, Stok-Mandvil qo`mitasi Tokioda bo`lib o`tgan Paralimpiya o`yinlari uchun yangi nomni jahon Olimpiya harakatiga "Qo`shilgan" sog’lom olimpiyadalarga parallel ravishda o`tkazilganligi uchun Paralimpiyada o`yinlari deb nomlanishni taklif qilishdi. Musobaqalar Olimpiya o`yinlari singari bir xil sport inshootlarida o`tkazilishi belgilab olingandan beri, ushbu atama hozirgi kunga qadar o`z nomini saqlab qolgan. Tokioda bo`lib o`tgan Paralimpiya o`yinlarida AQSH terma jamoasi 47 oltin medalni qo`lga kiritib umum jamoa xisobida birinchi o`rinni qo`lga kiritgan bo`lsa, ikkinchi o`rinni 24 oltin medalni qo`lga kiritgan Buyuk Britaniya terma jamoasi, uchinchi o`rinni 11 oltin medal bilan Italiya va Rodeziya mamlakat sportchilari qo`lga kiritib g’olib bo`lishdi.
Paralimpiya sport turlari. YOzgi turlari.
Akadem eshkak-eshish ;
kolyaskada basketbol ; Bochche (nishonga tekkazish);
;
Ot sporti;
Golbol;
Baydarkada eshkak-eshish ; Dzyudo
;
Engil atletika ; Stol tennisi ;
Paratriatlon ; Elkanli sport ;
Suzish ; O`q otish ;
Kolyaskada regbi ; O`tirgan holda voleybol ;
Kamondan o`q otish ; Kolyaskada tennis ;
Pauerlifting ; Kolyaskada qilichbozlik ;
Futbol 5x5 ; Futbol 7x7 .
Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling