Mavzu: «Adolat o’lkasiga sayohat»
Download 15.58 Kb.
|
14.mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adolat o’lkasi”ning shartli nomlar bilan nomlanuvchi ko’chalari
- Bilag’onlar ko’chasi
- Ruxshunoslar ko’chasi
- Pedagoglar ko’chasi
- Ma’rifat ko’chasi
Quyida «Pedagogik konflektologiya» fanini o’qitish jarayonida foydalanish mumkin bo’lgan o’yinlardan birining namunaviy loyihasini keltiramiz. Mavzu: «Adolat o’lkasiga sayohat». O’yinning maqsadi – o’quvchilarning konflektli muammolarni hal etish bilimlarini chuqurlashtirish, ularda kasbiy idrok va zehnni shakllantirish. Mazkur o’yin bellashuv tarzida ham uyushtirilishi mumkin. Unda ikki yoki to’rtta guruh ishtirok etib, bir qator shartlarni bajaradilar. 14-jadval “Adolat o’lkasi”ning shartli nomlar bilan nomlanuvchi ko’chalari O’yinni tashkil etish jarayonida guruhlar mazkur ko’chalarda bo’lgan vaqtlarida ularning nomlari bilan bog’liq shartlarni bajarishlari lozim. Quyida «Adolat o’lkasi»ning shartli nomlar bilan nomlanuvchi «ko’chalari» hamda ushbu “ko’chalar” mohiyati hususidagi fikrlarni ifoda etamiz. Bilag’onlar ko’chasi Bu yerda har guruh portretlarda tasvirlangan yoki o’zlari tanlab olgan varaqalarda pedagogic konflektlar, turli nizolar, ta’lim jarayonida yuzaga keladigan tushunmovchiliklar to’g’risida hikoya qilib berishlari kerak bo’ladi. O’yinda konflekt nizolari, uning signallari, ziddiyat omillari nizo belgilari haqida ma’lumotlar berilishi talab etilishi mumkin. SHuningdek, mazkur «ko’chada» «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», «Bola huquqlari Konventsiyasi», BMT, Gaaga sudi, O’zbekiston Respublikasida faoliyat yurituvchi «Inson huquqlarini muhofaza qiluvchi Ombudsman» “ Ta’lim to’g’risidagi qonunlar”, “Konstitutsiya” to’g’risidagi ma’lumotlarning berilishi kabi shartdan ham foydalanish mumkin. Ruxshunoslar ko’chasi U yerda har bir guruhning a’zosi pedagogik konflektning psixologik jihatdan analiz qilish, uni idrok etish vaziyatni tahlil qilish va ularning holatini prognoz qilish.Vaziyatga doir savollarga ularning bergan javoblarini besh balli tizim bo’yicha baholash asosida kechadi. Pedagoglar ko’chasi Bu yerda guruhlarga 8 yoki 10ta pedagogik so’zdan iborat hikoya tuzish vazifasi topshiriladi. Guruhlar o’zlariga berilgan quyidagi so’zlar: konflektli jarayon, nizo, nizo holatlari , qoralovchi, hukm, surishtirish, qaror, yil va hokazolar yordamida shartni bajarishlari mumkin, bu so’zlar bellashuv hay’ati tomonidan taqdim etiladi. Yoki boshqa mazmundagi shartlarni bajarishlari mumkin. Masalan, Pedagogik nizolar, oila nizolari mamlakatlar aro nizolar, shaxslar aro nizolar o’rganiladi va konflekt jarayonida hatti – harakatlar sirini ochish borasidagi syujet berilishi mumkin. Ma’rifat ko’chasi Bu yerda guruhlar e’tiboriga manba mazmundagi rebus yoki krossvord (boshqotirma)larni yechish vazifasi yoki quyidagi ko’rinishdagi jadval mazmunini yoritish topshiriladi: Download 15.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling