AutoCAD tizimi - muxandis grafik ishlarni avtomatlashtirishda kuchli kuchli universal muxitni hosil qiladi, bu bilan quyidagi imkoniyatlar yaratiladi: - uch o’lchamli modellashtirishni hosil qilish; - namunaviy shakllar va chizmalar kutubxonasini yaratish. AutoCAD-2000 dasturi Ishchi stoli. AutoCAD-2000 dasturi Ishchi stoli quyidagilardan tashkil topgan: - yopiluvchi menyu-menyuning eng yuqori qatori; - instrumentlar shart bo’lmagan paneli; - ob’ektlar tuzilish qatori-uchunchi qator; - komandalar qatori oynasi-xolat qatoridan oldin; - grafik maydon. AutoCAD tizimini tuliq o’rganish uchun «AutoCAD-2000 o’quv kursi» darsligini o’qib o’rganish lozim bo’ladi. AutoCAD tizimi xar qanday loyiha chizma qismini bajarishda eng maqul dasturlardan hisoblanadi. AutoCAD dasturining qo’layligi chizmani belgilangan masshtabdagi o’lcham asosida chizadi. O’lchamlarni komandalar asosida berib, chizmani grafikasini hosil qilish mumkin. 2. CorelDRAW dasturi badiiy grafika uchun ko’proq maqul bo’ladi. CorelDRAW dasturida ranglar aniq va tiniq bo’ladi. Bu dasturning ham o’ziga xos qo’layliklari bor. Har qanday formatdagi chizmani o’ziga import qila oladi. CorelDRAW dasturining yana bir tomoni chizmadagi shaklni harakatga keltirish imkoniyatiga ham ega. Yuqorida CorelDRAW-10 dasturi Ishchi oynasini keltirilgan. CorelDRAW-10 dasturida maxsus makroslar yordamida chizma ishlarini avtomatlashtirish va ularni chizish tezligini oshirish imkoniyatlari mavjuddir. Bu dasturga xar qanday formatdagi chizma yoki rasmlarni import qilish imkoni mavjud. Dastur loyixalashda rangli bo’lishi kerak bo’lgan chizmalarni tayyorlashda eng maqul dasturlardan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |