Mavzu: Aerodromlarni qurishni tashkil etish asoslari. Reja


Bitta aerodrom qurilishida quyidagi asosiy ishlar bajarilishi lozim


Download 251.08 Kb.
bet3/4
Sana24.09.2023
Hajmi251.08 Kb.
#1686962
1   2   3   4
Bog'liq
1-ma\'ruza

Bitta aerodrom qurilishida quyidagi asosiy ishlar bajarilishi lozim:
Oʻsimlik oʻsadigan 50-150 ming m3 hajmdagi tuproqni qazib olish, 75-100 metr masofaga surib borish va bir yerga vaqtincha toʻplab qoʻyish, yer qazish ishlari bajarib boʻlingandan soʻng, uni mustahkam chim qoplamalar talab etiladigan joyga yoyish;
yerni qazib 60-600 ming m3 (ayrim hollarda esa 1-2 mln. m3 gacha) hajmli chuqurlar (rezervlar) hosil qilish, qaziladigan tuproqni 200-1500 metr masofaga surib borib, bir yerga toʻplash, qazilgan tuproqni qatlam-qatlam joylashtirish va talab etilgan zichlikka erishguncha zichlash;
tuproq uyumi va chuqurning sirtini, shuningdek uchish maydonini tekislash va chim qoplama hosil qilish maqsadida agrotexnika ishlarini amalga oshirish;
xandaqlar kavlash va agar zarur boʻlsa, ularning devorlarini mustahkamlash, zax qochirish quvurlarini yotqizish va xandaqlarni yana tuproq bilan toʻldirib, zichlash, zovur, zax qochirish tarmogʻi, quduqlar, ariqlar hamda qurilish inshootlari qurish;
aerodromning sinfiga qarab 50-760 m2-maydonda asos va qoplama, VPP, MS tutashmalari, tuproqli joylari boʻlgan perronlar hamda RD xoshiyalari qurish;
32-35 ming m2 kattalikda avtomobillar keladigan va ichki aeroport yoʻllarini qurish, koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini bajarish;
Koʻrsatilgan aerodrom qurish ishlarining sermehnati aerodrom qoplamalari qurishdir. Bu ish aeroport qurish ishlari umumiy qiymatining 40 foizigachasini boradi, vaholanki yer qazish va tekislash ishlari 5% gacha boradi, xolos. Yaxlit sementobeton qoplamali A sinf aerodromini qurishda 300 ming m3 gacha sementobeton qorishmasi tayyorlash va yotqizish talab qilinadi.
Aerodromlar qurilishining tashkil etilishi.
Aerodrom qurish ishlari qurilish ishlab chiqarishi meʼyorlari va qoidalariga, standartlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga, shuningdek qurilish montaj ishlariga tayyorgarlik koʻrish, hamda amalga oshirish, moddiy texnikaviy hamda transport taʼminotini tashkil qilish, ishlarni mexanizagʻiyalash, mehnatni tashkil etish, tezkor rejalashtirish dispetcher xizmatini uyushtirish, kabilarga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
a) kompleks mexanizagʻiyalashgan (avtomatlashtirilgan) jarayon yoki qurilish ishlari turini bajarish tannarxi, tegishli ish turining oʻlchov birligi (1 m3 tuproq, 1 m2 aerodrom qoplamasi) uchun aniqlanadi:
b) kompleks mexanizagʻiyalash va avtomatlashtirish vositalari sotib olishga kapital mablagʻlar;
v) ishchilarning, tannarxni hisoblab chiqarishda qabul qilingan Oʻlchov birligi uchun aniqlanadigan mehnat sarfi.
Sanoat va qurilishning koʻpincha tarmoqlarida ishlarni tashkil qilishning oqim (potok) usulidan ham foydalanilmoqda. Ushbu usul aerodromlar qurilishida eng ilgʻor sanalib, ishlab chiqarish jarayonini tarkibiy jarayonlarga ajratish, bajaruvchilar Oʻrtasida mehnatni taqsimlab, ishlab chiqarish maromini yaratish, qurilish jarayonlarini vaqt va fazo boʻyicha moslashtirish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Tuzilmasi va mahsuloti turiga koʻra xususiy, ixtisoslashgan, obyektlar boʻyicha va kompleks oqimlar boʻladi.
Xususiy oqim-bir ish amalini (tuproqni olib kelish, yoyib tekislash, zichlash va hokazo) bir necha ish maydonchalari (zaxvatlari)da birin-ketin bajarishdan iborat boʻlgan oddiy oqimdir.
Ixtisoslashgan oqim–xususiy oqimlar majmuasi boʻlib, ular yagona koʻrsatkichlar va oqim sxemasi shuningdek, qurilishining umumiy mahsuli.
Obyektlar boʻyicha oqim-ixtisolashgan oqimlar majmui boʻlib, ular birgalikda ishlab chiqargan mahsulot, tayyor boʻlgan aerodrom, angar yoki binodan iborat.
Kompleks oqim-aeroportning muxandislik inshootlari koʻrinishidagi umumiy mahsulot asosida birlashgan, tashkiliy jihatdan oʻzaro bogʻlangan obyekt oqimlari guruhi.
Tashkiliy-texnikaviy tayyorgarlik koʻrilgandan keyingina yangi aerodromlar qurish va borlarini qayta qurishga kirishish lozim. Shundagina qurilish montaj ishlarini reja asosida avj oldirish va amalga oshirish, qurilish obyektlarini rejada belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish, ishlar tannarxini kamaytirish hamda sifatini oshirish mumkin boʻladi.
Aerodrom qurilishining moddiy-texnikaviy taʼminoti aerodromning quriladigan muhandislik inshootlarini ishlab chiqarish-texnologiya jihatidan butlash, aerodrom qurish ishlarining ishlab chiqarish texnologiyasiga muvofiq keluvchi qurilish buyumlari, materiallari hamda muhandislik uskunalari yetkazib berish asosida qurilishning moddiy-texnikaviy bazasi vositasida amalga oshiriladi.
Qurilishda mehnatni tashkil qilish ishchi kuchidan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish jarayonida ishchilarni joy-joyiga qoʻyish, mehnatni taqsimlash va kooperatsiyalash, uni meʼyorlash hamda ragʻbatlantirish, ish oʻrinlarini tashkil qilish va ularga xizmat koʻrsatish, havfsiz mehnat sharoiti yaratish chora-tadbirlar tizimini nazarda tutadi.

Download 251.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling