Mavzu: Aeroportning xizmat-texnik hududi
Download 0.49 Mb.
|
Aerodrom 1
Qonshi‘ jarayonining bosqichlari; pasayish (planirovanie), to‘g‘rilanish, yugurish. Yyerga tegish (qo‘nish), ya’ni qoplamaga urinish onida havo kemasi qo‘nish tezligi- bilan yugura boshlaydi (1-rasm) va bu tezlik no‘l
qiymatigacha yoki rulej yo‘lagiga o‘tish qiymatigacha pasayib boradi. YUgurishning dastlabki bosqichlari asosiy tayanchlarda, engilgina va tekis tormozlangan holda kechadi. Tezlik pasaygan sari oldingi g‘ildiraklar tusha boshlaydi va havo kemasi to‘xtaguncha uchta tayanchda g‘ildiraydi, bunda jadal tormozlanish bo‘ladi. 1-rasm. Havo kemalari yurganda va shig‘ov olganda qoplamaga tushadigan yuklama (G) va ko‘tarilish-qo‘nish tezliklarining o‘zgarishi. 1- qo‘nish tezligi ; 2- shig‘ov yo‘lida yerdan uzilguncha bo‘lgan tezlikning o‘zgarishi ; 3- yerdan uzilishdagi tezlik yurish yo‘lagidagi tezlikning o‘zgarishi; ; 4- to‘xtash onigacha ; 5- qoplama; 6- yerga qo‘ngandan keyingi yo‘lda qoplamaga tushadigan yuklamaning o‘zgarishi; 7 - o‘sha, SHig‘ov olishda Gval=f (L). Rullash-havo kemasining perrondagi turish joyi (TJ) dan rulej yo‘li (RY) bo‘ylab, start joyigacha va aksincha, SUQM da yugurish tugaganida perrondagi TJ gacha harakatlanishdan iborat. Zamonaviy havo kemalarining rullash tezligi 30-40 km/soat, biroq SUQM dan rulej yo‘li (TRY) ga o‘tganda 80-100 km/soat bo‘lishi mumkin. Joiz tep-tekislikka ega bo‘lgan qoplama ustida rullaganda yuzaga keladigan yuklamalar kritik (xavfli) hisoblanmaydi. Turish-havo kemasining startda, perronda, TJ da yoki boshqa maydonlarda vaqtincha to‘xtashi. Bunda eng katta yuklama-havo kemasining to‘la massasi-dvigatellar o‘chirilgan holdagi statik yuklamadan va dvigatellar ishlayotgandagi statik qo‘shimcha yuk qo‘shilishida iborat. Havo kemalarining ko‘tarilishi, qo‘nish va rullash jarayonlarini o‘rgana turib, aytish kerakki, bu jarayonlar SUQM va RY ning o‘qi bo‘ylab, qat’iy bajarilishi kerak, ko‘tarilish va qo‘nish SUQM ning chekkasidan, rullashda esa RY dan chiqmasligi kerak. Biroq bu jarayonlarni aniq bajarish qiyin, tasodifiy omillar ta’sirida SUQM va RY ning o‘qidan otsib ketishi mumkin, natijada yuklamalar yo‘laklarning ma’lum eni bo‘yicha tarqaladi. Bunday tarqalishlar-taqsimlanishlarni Gauss integrali yordamida ifodalash mumkin: bu yerda -havo kemasi SUQM ning chetidan otsishi; -otsishlarning o‘rtacha qiymati; -o‘rtacha kvadratik otsish. bu yerda n-yuklamalar tushish soni. Gauss integralini soddalashtirish mumkin. Buning uchun yangi o‘zgaruvchi t ni kiritiladi va bir vaqtda taqsimlanish o‘qini SUQM o‘qiga ko‘chiriladi, ya’ni =0 qabul qilinadi. Bunda, dx= dt va x= t bo‘lganda: Keyingi ikki formuladagi funksiya qiymatlari t ning musbat qiymatlari uchun matematik ma’lumotnomalarda keltirilgan; t ning manfiy qiymatlari uchun F(-t)=-F(t). funksiyalar farqi: Agar = deb qabul qilinsa, bo‘lgani uchun t=1 bo‘ladi, demak, ketmaydi; Bu ko‘rsatadiki, xatolarning 68,27 foizi dan ortib bo‘lganda-99,73% F (2)=0,9545% 2 ortib ketmaydi va keyin 99,73%-3 . Havo kemalarining ko‘tarilish va qo‘nish umumiy soni N dan kelib chiqib, polosa enining uchastkalariga tushadigan yuklamalar sonini aniqlash uchun F(t2) va F(t1) ning qiymatlarini N ga ko‘paytirib, hosil bo‘lgan son SUQM o‘qidan ikki tomonga bab-barobar tushadi deb faraz qilish kerak, ya’ni «0» dan «+t2» gacha va «-t1» . Shunday qilib, tajriba yo‘llari bilan otsishlar (xato) ning o‘rtacha kvadrat qiymatini bilish kerak. Shunday tadqiqotlar GasNIIGA va GPINIIGA «Ayeroproekt» xodimlari L.I. Goretskiy, V.V. Smukrovich hamda MADI xodimi A.P. Stepushin tomonidan bajarilgan. Ularga ko‘ra pilotning malakasi, havo kemasining turiga, SUQM kengligiga bog‘liq. 1-jadvalda ayrim turdagi havo kemalari uchun SUQM o‘qidan chetda har 2 m oraliqda yuklamalar tushishining taqsimlanishi byerilgan. Jadvaldan ko‘rinishicha, aniq qo‘nishi (SUQM o‘qiga yaqin qo‘nish) Tu-114, Tu-124, Li-2, Il-18 havo kemalari bilan sinov uchishlarida kuzatilgan. SUQM ning eni qancha kichik bo‘lsa, qo‘nish shunchalik aniq bajarilgan. 2,a-rasmda Tu-114 va Tu-124 qo‘nganda SUQM ning eni bo‘yicha takroriy yuklanishlar taqsimoti keltirlgan, 2,b-rasmda esa, xorij ma’lumotlari Gaussning normal taqsimot qonunidan kelib chiqib byerilgan. Bitta joyga yuklamalar tushish takroriyligi SUQM dan ko‘ra magistral rulej yo‘llari (MRY) da ko‘proq kuztiladi. BU-enining kamligi (2.5 marta) va havo kemalari MRY o‘qi bo‘ylab o‘tish ehtimolligi ko‘pligi bilan izohlanadi. Rulej yo‘llarida harakatlanganda, ko‘tarilayotgan paytdagi qanotlarda paydo bo‘ladigan ko‘tarish kuchi hisobiga, shassi tayanchlarining yuksizlanishi amalda kuzatilmaydi. Demak, RY da yuklamalarni, agar qoplama yetarli tekis va dinamik yuklama hosil qilmasa, deyarli statik deb qabul qilish mumkin. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling