Mavzu: Aeroportning xizmat-texnik hududi


Download 0.49 Mb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi0.49 Mb.
#1587614
  1   2   3
Bog'liq
Aerodrom 1


Mavzu: Aeroportning xizmat-texnik hududi
Aerodrom qoplamalari ekspluatatsiya jarayonida ularning konstruksiyalarida zo‘riqishlar va deformatsiyalar hosil qiluvchi quyidagi
yuklamalar va kuchlarga yemirilmasdan chidab berishi kerak:
  • havo kemalari ko‘tarilayotganda, qo‘nayotganda, rulejda va to‘xtab turganida hosil bo‘ladigan yuklamalar; havo kemalarini noto‘g‘ri qo‘ndirganda (zarb), notekis qoplamada rulej qilganda, ishlab turgan motor bilan bir joyda turganda hosil bo‘ladigan dinamik yuklamalar; reaktiv va turbovintli dvigatellardan chiqayotgan gaz va havo oqimlaridan, shuningdek dvigatellar ishlab turganda yuqori haroratdan tushadigan yuklamalar;
  • transport, yuk va maxsus mashinalardan rulej yo‘laklari chetidagi qoplamalarga tushadigan yuklamalar;
  • atrof-muhit harakatining o‘zgarib turishi natijasida hosil bo‘ladigan doimiy statsionar va davriy yuklamalar;
  • asos gruntidagi suv-harorat rejimi o‘zgarishi va ko‘pchishi natijasida hosil bo‘ladigan yuklamalar.

  • Yuqorida sanab o‘tilgan yuklamalardan faqat havo kemalaridan tushadigan statik va dinamik yuklamalargina qoplamalar konstruksiyasini tanlashda va ularni hisoblashda e’tiborga olinadi.
    Ko‘tarilish. Uning hamma jarayoni uch bosqichdan iborat: shig‘ov, ushlab turish (yuza ustida shig‘ov) va ko‘tarilish.
    Qoplama nuqtai-nazaridan havo kemasi nol tezlik-V0 dan uzilish tezligi- gacha tezlanib harakat qilishi ahamiyatli (1-rasm). Shig‘ov uch
    tayanchdan-oldingi va ikki yondagi tayanch holatdan boshlanadi. Ma’lum tezlikka etganda, odatda (0,7-0,8) , oldingi g‘ildirak qoplama yuzasidan
    uziladi, keyin havo kemasi to‘la ko‘tarilgunicha asosiy (yon) tayanchlarda sildiraydi.
    Shig‘ov paytida havo kemasining harakatini tortish kuchi ta’minlaydi; u havoning qarshiligini va g‘ildiraklar qoplama ustida tebrangandagi

ishqalanish kuchlarini yengib o‘tadi. Tortish kuchi
bilan qarshilik kuchlarining ayirmasi havo kemasi tezlanish bilan harakatlanishini
ta’minlaydi; shig‘ov oshgan sari ko‘taruvchi kuch oshib, qoplamaning qarshiligi kamaya boradi. Demak, shig‘ovda qoplamaga tushadigan yuklama eng katta qiymat (boshlanayotgandagi turish otsirligi) dan no‘lgacha (havo kemasi qoplamadan uzilganda) o‘zgaradi. Eng katta qiymati Shig‘ov boshlanganda, dvigatel ishga tushib, tayanchlar titraganda va notekis yuzada 30-50 km/soat tezlik bilan yurganda birmuncha ortishi mumkin.

Download 0.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling