Mavzu: Afrikaning ichki suvlari. Reja
Download 22.69 Kb.
|
Afrikaning ichki suvlari
Daryolari. Afrikaning eng yirik daryo tizimlariga Nil, Kongo, Niger, Zambezi, Oranj va shu kabi daryolari kiradi. Bu daryolarning ko’pchiligi Afrika platformasining chekkalarida yaqinda vujudga kelgan tog’ tizmalari va yassi tog’lik ko’tarilmalari bilan o’ralgan yirik botiqlardan oqib o’tadi. Bu ko’tarilmalar erozion jarayonlarni ancha jonlantirib, yirik daryo vodiylarida ko’plab tosh ostonalarini va sharsharalarni hosil qiladi.
Nil - materikning eng uzun daryosi bo’lib, janubdan shimolga tomon 6671 km masofaga cho’zilgan, havzasining maydoni 2870 ming km2 ga teng va dunyodagi eng uzun daryo hisoblanadi. Uning o’rtacha yillik suv sarfi Asvon shahri yaqinida 2600 m3/sek. ni tashkil etadi. Ba’zi yillarda minimal suv sarfi 500 m3/sek. dan, maksimal suv sarfi 15 000 m3/sek. gacha o’zgarib turadi. Nil daryosining manbasi ekvatordan janubda, Sharqiy Afrika yassi tog’ligining 2000 m dan balandroq qismidan o’z suvini oluvchi Kagera daryosi hisoblanadi. Bu daryo avvalo Viktoriya ko’liga quyiladi. Ko’ldan Viktoriya-Nil nomi bilan oqib chiqib, Koga ko’li orqali o’tadi va Mobutu-Sese-Seko (Albert) ko’liga quyiladi. Bu ko’ldan Albert-Nil nomi bilan oqib chiqadi va Oq Nil botig’igacha tipik tog’ vodiysini hosil qiladi. Vodiyning bu qismida bir necha ostonalar va sharsharalar mavjud bo’lib, bulardan eng yirigi Merchison (40 m) sharsharasidir. Daryo yassi tog’likdan keng va yassi botiqqa Bahr-el-Jabal nomi bilan kirib kelib tarmoqlarga bo’linadi va juda sekin oqadi. Bu yerda eng yirik Bahr-el-G’azal va Sobat irmoqlari birlashib Oq Nil (Bahr-el-Abyad) daryosini hosil qiladi. Xartum yaqinida Oq Nil bilan Ko’k Nilning birlashishidan Nil (El-Bahr) daryosi hosil bo’ladi. Ko’k Nil Oq Nilga nisbatan qisqa, Efiopiya tog’ligidagi Tana ko’lidan boshlanadi. Xartumdan shimolda Nilga Efiopiya tog’ligidan boshlanuvchi eng so’nggi irmoq Atbara kelib qo’shiladi. Nil o’rta oqimida qattiq qumtoshlardan tarkib topgan platoni kesib o’tadi, shu sababli bu yerda ham ostonalar ko’p uchraydi. Faqat Xartum va Asvon shaharlari o’rtasida oltita ostona mavjud. Nil o’z suvini O’rta dengizga quyadi, quyilish joyida maydoni 24 000 km2 ga teng bo’lgan delta hosil qiladi. Nil deltaga kelib 9 ta katta va ko’plab mayda tarmoqlarga bo’linib ketadi. Nil ekinzorlarga va suv omborlariga har yili 62 mln. m3 unumdor loyqa keltiradi. Daryo vodiysida birgina Misrning 97% aholisi yashaydi. Download 22.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling