Mavzu: Afrikaning paleolit yodgorliklari Bajardi: Ahmedova. Sh


Kurs ishining tuzilishi va hajmi


Download 1.15 Mb.
bet3/9
Sana06.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1169571
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Afrikaning paleolit yodgorliklari

Kurs ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 2 bob va 6 banddan hamda xulosa, adabiyotlar ro’yxati va ilovalar iborat. Hajmi 43 bet.

I. Bob. Paleolit davri va uning bosqichlari.
1.1. Ilk paleolit davri – tosh davrining dastlabki bosqichi
Paleolit (paleos va lotincha "lithos" — tosh) — qadimgi tosh davri. Tosh davrini 2 bosqichga: Paleolit — qadimgi va neolit — yangi tosh asrlariga boʻlib oʻrganish dastlab 1865 yil ingliz arxeologi J. Lebbok tomonidan fanga kiritilgan. Paleolit davri quyi (ilk), oʻrta va yuqori (soʻnggi) qadimgi tosh davrlariga boʻlinadi. Paleolit eng qadimgi ibtidoiy odamlarning qazilma ilk zotlari hayot kechirgan ulkan tarixiy zamon hisoblanadi. Oʻsha qadimgi zamonda yer kurrasining ikdimi, oʻsimlik va hayvonot dunyosi biz yashab turgan davrdan mutlaqo oʻzgacha boʻlib, undan keskin farq qilgan. Paleolit davrining ibtidoii odamlari kertilgan dagʻal tosh qurollardan foydalanganlar. Ular tosh qurollarga sayqal berish hamda sopol idish yasashni hali bilmaganlar. Asosan, ovchilik va termachilik bilan kun kechirib, ibtidoii deqqonchilik va chorvachilik kabi mashgʻulotlarni hali kashf etmaganlar.
Yer kurrasi qitʼalarining turli mintakalarida ibtidoii odamning ilk zotlari Paleolitning turli bosqichlarida yuzaga kelgan va bir necha million yil davomida yashab, oʻzidan maʼlum darajada moddiy izlar qoldirgan. XX-asrning 2-yarmida oʻtkazilgan keng koʻlamli arxeologik izlanishlar va qazishlar tufayli 4 qitʼa mintaqalaridan ilk Paleolit davriga mansub qator noyob yodgorliklar to-pilib tadqiq etildi. Toʻplangan moddiy topilmalar majmuasi arxeologik va antropologiya jihatidan sinchiklab oʻrganilib, eng qadimgi odam — arxantroplarning yashagan va tarqalgan hududlari, davrining bosqichlari borasida jiddiy anikliklar kiritilib, fanda muayyan kashfiyotlar yuzaga keldi. Avvalambor arxantroplar ilk bor hayot kechirgan mintaqalar va tarkalgan xududlar doirasi kengayib, sanasi kadimiylashdi. Keyingi yarim asr davomida topilib, tadqiq etilgan eng qad. qazilma odam suyaklari qoadiklari va dagʻal tosh qurollardan maʼlum boʻlishicha, arxantroplar ilk Paleolit davrida, asosan, Sharkiy va Markaziy Afrika, Jan.-Sharqiy va Jan. Osiyo hamda Oʻrta Osiyo va Yevropaning jan., shuningdek, markaziy qismlarida istiqomat qilgan ekan. Ular fanda olduvay, zinjantrop, pitekantrop, sinantrop va geydelberg kabi kator nomlar bilan yuritilsada, umumiy ibora bilan "Xomo xabilis", yaʼni "ishbilarmon odam" deb ataladi. Afrikaning eng kad. odamlari zamonamizdan 4,5—4, 3,5— 2 mln. yil mukaddam, Yevropa arxantroplari esa 2,5—2 mln. yil bilan 200—150 ming yilliklar oraligidagi davrda xayot kechirganlar. Osiyoning iqlimi, oʻsimlik va xayvonot dunyosi ham ilk Paleolit davrida eng qadimgi odamlarning yashashi uchun qulay boʻlgan. Keyingi 60—70 yil davomida topilib, oʻrganilgan koʻpdan-koʻp moddiy qoldikdar (asosan, qazilma odam suyaklari va dagʻal tosh kurollar)ga karaganda, Osiyo arxantroplari (pitekantrop va sinantrop) hayot kechirgan davr 1,5—1 mln. yildan to 500 ming yilliklar oraligʻida kechgan.4
Oʻrta Osiyoda yashagan eng kad. odamlar pitekantrop va sinantroplarga zamondosh boʻlganlar. Ular togʻ ungurlari va gʻorlardan boshpana, makon va manzilgox. sifatida foydalanishgan. Qayroqtosh va chaqmoqtoshlardan choʻqmor, chopping va chopper kabi dagʻal tosh qurollar yasab, ulardan irgʻ-itgich, urgʻich, chopqich, kavlagich va keskich sifatida foydalanganlar. Qoʻl choʻqmori va chopperlar, dastavval, Fran-siyaning Sent Ashel makonidan topilgani uchun fanda bunday tosh qurollar ashel qurollari nomi bilan yuritiladi.
Maʼlum boʻlishicha, arxantroplarning avlodlari — paleoantroplar zamonamizdan qariyb 500 ming yil5 muqaddam shakllanib, 150—140 ming yilliklardan boshlab 100 ming yildan oshiqroq davr davomida neander-tallar bilan yonmayon yashagan ekan. Neandertallar esa odamzotning bevosita ajdodi hisoblanmagan. Ular maymunsimon jonzotlarning rivoj topmay qurib qolgan butogʻi sifatida talqin etilmoqda.
Oʻrta Paleolit davrida ob-havo keskin pasayib, muzliklar davri boshlanadi. Havoning sovushi oqibatida va oʻsimlik dunyosi ham tubdan oʻzgaradi. Issiq iqlimga moslashgan hayvonlarning bir qismi jan. mintaqalarga siljib, qolgani halok boʻladi. Ularning oʻrnini yangi sharoitga koʻnikkan chidamli mamontlar, yungdor karkidonlar, uzun shoxli bizonlar, qoʻtoslar, bugʻular, arharlar va boshqa hayvonlar egallaganlar. Bu davrda ovchilik xoʻjaligi takomillashib odam toʻdalarining toʻplari kattalashgan. Tosh va suyaklardan turli xildagi ov qurollarini yasash takomillashgan. Yirik hayvonlarga ommaviy ov qilish tufayli katta toʻdalarga uyushgan qad. odamlar olov hosil qilishni kashf etganlar, gulxanlar yoqib, sovuqdan va xavf-xatardan saqlanishni, goʻshtni oʻtda pishirib isteʼmol qilishni bilishgan. Yirik hayvon suyaklari, mamont tishlari va kuraklari hamda xodalardan jar, soy va koʻl yoqalarida yarim yertoʻla kulbalar qurib, tomini hayvon terilari bilan yopib, sahniga poʻstaklar toʻshashgan. Suyaklardan teshgich, bigiz, soʻzan va ignalar yasab, terilardan yopinchiqlar tikib kiyishgan. Oʻrta Paleolit davri oxirida esa marhumlarni dafn etish marosimi paydo boʻlgan.
Yuqori Paleolit miloddan avvalgi 40—35 ming yilliklardan 12—10 ming yillikka qadar davom etib, muzliklarning oxirgi (vyurm) bosqichida kechdi. Bu davrda yirik hayvonlarni ov qilish tufayli odam toʻdalarining katta toʻplarga birlashishi; mayda tuda ichida ekzogamiya urfodati muqimlashib, urugʻ jamoasi (matriarxat)ning qaror topishi; uzoq vaqt muttasil pishirilgan goʻshtni isteʼmol qilish va tabiiy tanlov jarayoni tufayli odamning jismoniy qiyofasi ham oʻzgardi. Bu davrda hozirgi zamon qiyofadagi ajdod — neoantrop, yaʼni "yangi odam" shakllandi. Bunday odamning mehnat qurollari va suyak qoldiklari dastlab 1868 yilda Fran-siyaning Kromanon qoyasi yaqinida topilib, oʻrganilgani uchun u tarixda kromanon nomi bilan shuhrat topdi.6
Keyingi bir asr davomida Afrika, Osiyo, Yevropa, Amerika va Avstraliya hududlaridan kromanonlarning yuzlab makonlari, har turli nayza va kamon oʻqining tosh paykonlari, suyak va hayvon shoxlaridan yasalgan bigiz, igna, qarmoq, burgʻu (parma) va xilma-xil bezakli ashyolar topilgan.
Shunday qilib, yuqori Paleolit davrining boshlaridayoq zamonaviy qiyofadagi odam shakllanib, u fanda "Xomo sapiyens"7 — "aql-idrokli odam" nomini oldi. Bu davrda iqlim sharoitning taʼsiri oqibatida odamzodning irqi (yevropeoid, negroid va mongoloid) hamda har xil antropologik turlari vujudga keladi. Bu irklarning jamoalari Osiyo orqali avval Avstraliya, soʻngra esa Bering boʻgʻozi oʻrnida joylashgan quruklik orqali Amerika qitʼasiga tomon siljigan boʻlsalar, ulardan bir qismi Yevropada va boshqa bir turi esa Afrikada yashaganlar. Yuqori Paleolit davrida oʻq-yoy kashf etilib, tasviriy sanʼat yuzaga kelgan. Kromanon odamlari istiqomat qilgan gʻorlarning (Altamira) shiplari va devorlarida rangli boʻyoklar bilan ov manzaralari tasvirlari tushirilgan. Suyak va toshlardan ayollarning va turli hayvonlarning haykallari yasalgan. Yuqori Paleolitning yodgorliklari fanda Orinyak, Solyutre va Madlen madaniy nomlari bilan 3 bosqichga boʻlib tadqiq etilgan.


Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling