Mavzu: Afrikaning paleolit yodgorliklari Bajardi: Ahmedova. Sh


Download 1.15 Mb.
bet1/9
Sana06.02.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1169571
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Afrikaning paleolit yodgorliklari



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI “ ARXEOLOGIYA “ YO’NALISHI JAHON ARXEOLOGIYASI FANIDAN
KURS ISHI

Mavzu: Afrikaning paleolit yodgorliklari



Bajardi: Ahmedova. Sh

Qabul qildi: Masharipov. Q




Reyting bali:_______________________________________


Urganch-2020
Reja:
Kirish.
I. Bob. Paleolit davri va uning bosqichlari……………………………………...5
1.1. Ilk paleolit davri – tosh davrining dastlabki bosqichi...……………………...6
1.2. Paleolit davrining o’rganilish tarixi………………………………………….10
1.3. Afrikaning muste davri yodgorliklari……….……….………………………16
II. Bob. Afrika hududidagi eng qadimgi odamlarning manzilgohlari va mehnat qurollari...................................................................................................20
2.1. Paleolit davrining xo’jalik xususiyati va shakllari…...………………………21
2.2. Antropogenez jarayoni…………………………………………………….....25
2.3. Afrika hududidan topilgan tosh qurollar va ilk diniy qarashlar....………….32
III. Xulosa………………………………………………………………………...38
IV. Foydalangan adabiyotlar……………………………………………………40
V. Ilovalar………………………………………………………………………...41
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi: Mustaqil Respublikamizning ijtimoiy fanlar sohasi olimlari oldida xalqimiz tarixini haqqoniy va to'laqonli o'rganish masalasi dolzarb vazifa sifatida turibdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A. Karimov mamlakatimizning yetakchi tarixchi olimlari bilan o'tkazgan uchrashuvida va boshqa mazkur soha bilan bog'liq yig'ilishlarda bir necha marta ta'kidlab o'tgan1. Shuningdek, bu vazifalar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qator Qarorlarida ham o'z aksini topgan2.
Buguni kunga kelib tarixni aks ettirish borasida muxtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev e'tirof etganidek: “Bizning qadimiy va go'zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizasiyasi beshiklaridan biri bo'lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e'tirof etmoqda... Bu ko'hna tuproqda milodgacha bo'lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o'zining ko'rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o'lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me'morchilik va shaharsozlik san'ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi”3.
Hozirda olimlar va keng jamoatchilik shahar madaniyati masalasiga katta e'tibor qaratishmoqdaki, ular qatoriga qadimiy shaharlarimizning yoshini aniqlash va mamlakatimizda shahar madaniyati taraqqiyotining ildizlarini ko'rsatib berish kabi masalalar kiradi. Bu, albatta, bejizga emas. Chunki har qanday jamiyatning shakllanishi va rivojlanishida shaharlar ulkan rol o'ynaydi. Ular ma'muriy, harbiy- mudofaa va iqtisodiy vazifalarni bajarib, fan, din hamda madaniyat markazlari sifatida davlatchilik taraqqiyoti va sivilizatsiya darajasini belgilaydi.

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling