Mavzu: Agrar iqtisodiyotda moliyaviy va soliq siyosati. Reja: - Davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri moliyaviy siyosat hisoblanadi. Moliyaviy siyosat – davlatning o’z vazifalarini amalga oshirish uchun moliyani tashkil etish va foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar majmui.
- Moliyaviy siyosat diskresion va o’z-o’zidan tartiblanuvchi tavsifdagi siyosatlarga bo’linadi. Diskresion moliyaviy siyosat iqtisodiyotga ta’sir o’tkazish maqsadida soliq va davlat sarflarini o’zgartirib turish bilan bog’liq. O’z-o’zidan tartiblanuvchi moliyaviy siyosat esa iqtisodiyotdagi holat o’zgarishiga muvofiq tarzda tartiblovchi mexanizmlarni o’zining ishga tushishiga asoslanadi.
Moliya – kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlash hamda davlatning o’z oldiga qo’sgan maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul jamg’armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettiruvchi tizim. Markazlashtirilgan moliya deganda davlat byudjeti tizimi va hukumatning byudjetdan tashqari jamg’armalarida jamlanadigan pul mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tushinilsa, markazlashtirilmagan moliya korxonalar pul jamg’armalarining doiraviy aylanishi bilan bog’liq munosabatlarni o’z ichiga oladi. - Moliya – kengaytirilgan takror ishlab chiqarish sharoitlarini ta’minlash hamda davlatning o’z oldiga qo’sgan maqsadi va vazifalarini amalga oshirish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan pul jamg’armalarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlarni o’zida aks ettiruvchi tizim. Markazlashtirilgan moliya deganda davlat byudjeti tizimi va hukumatning byudjetdan tashqari jamg’armalarida jamlanadigan pul mablag’larini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar tushinilsa, markazlashtirilmagan moliya korxonalar pul jamg’armalarining doiraviy aylanishi bilan bog’liq munosabatlarni o’z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |