Qishloq xo’jaligi korxonalari moliyasining mohiyati birinchi navbatda, qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Qishloq xo’jaligida yer, chorva mollari va boshqa tabiiy boyliklar ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilgan bo’lib, bu uning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farqlanishiga sabab bo’ladi. Xususan, qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer boshqa asosiy vositalar singari eskirmaydi (amortizasiya qilinmaydi) va shu tufayli mahsulot tannarxini shakllantirishda ishtirok etmaydi. Shu bilan bir vaqtda yer uchastkalarining tabiiy unumdorlik darajasi va joylashgan o’rni qishloq xo’jaligi korxonalari differensial daromad (renta) hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. - Qishloq xo’jaligi korxonalari moliyasining mohiyati birinchi navbatda, qishloq xo’jaligining o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Qishloq xo’jaligida yer, chorva mollari va boshqa tabiiy boyliklar ishlab chiqarish jarayoniga jalb etilgan bo’lib, bu uning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlaridan farqlanishiga sabab bo’ladi. Xususan, qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan yer boshqa asosiy vositalar singari eskirmaydi (amortizasiya qilinmaydi) va shu tufayli mahsulot tannarxini shakllantirishda ishtirok etmaydi. Shu bilan bir vaqtda yer uchastkalarining tabiiy unumdorlik darajasi va joylashgan o’rni qishloq xo’jaligi korxonalari differensial daromad (renta) hosil bo’lishiga sabab bo’ladi.
- Qishloq xo’jaligi asosiy ishlab chiqarish fondlarining ahamiyatli qismini mahsulotlar va ishchi hayvonlar tashkil etadi. Ammo, ularni takror ishlab chiqarish jarayoni bevosita qishloq xo’jaligining o’zida amalga oshiradi. Yer singari mahsulodor chorva mollariga nisbatan ham amortizasiya hisoblanmaydi va u mahsulot tannarxi shakllanishida ishtirok etmaydi.
- Qishloq xo’jaligda ishlatiladigan ko’pgina xomashyo va materiallar bevosita korxonaning o’zida yaratiladi. Yaratilgan mahsulotning ma’lum bir qismi (podani to’ldirish uchun yosh mollar, urug’lik, chorva mollari uchun oziqa, mahalliy o’g’it sifatida go’ng va boshqa.) realizasiya qilinmay, korxonaning o’zida takror ishlab chiqarish jarayonida foydalanish uchun olib qolinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |