Mavzu: agressiv xulq reja: Tajovuz va tajjovuzkor axloqning mazmun-mohiyati. Tajovuzkor axloq diagnostikasi. Tajovuzkor axloq korrektsiyasi
Delinkvent axloqning mazmun-mohiyati
Download 429.01 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq2-Taqdimot Delikven axloq Xulqi ogishgan
2. Delinkvent axloqning mazmun-mohiyati.
Biz deviant axloqning alohida turlari ifodasini deviant axloq tavsifnomasidan boshlaymiz. Delinkvent (qonunga zid, antijamoaviy) axloq muammosi ko`plab ijtimoiy fanlarning tadqiqoti uchun markaziy hisoblanadi, chunki jamoatchilik tartibi yaxlit olganda davlat kabi uning har bir alohida fuqarosining rivojlanishida ham muhim rol o`ynaydi. Qonunga qarshi axloqqa nisbatan turlicha yondoshuvlar va tushuncha apparatidan foydalaniladi. Psixologik adabiyotlarda uni ko`pincha delinkvent axloq sifatida ko`rsatadilar. Ponyatiye proisxodit ot latinskogo delinquent – «postupok, provinnost». Bu atama ostida biz shaxsning qonunga qarshi axloqi – ushbu jamiyatda va ushbu vaqtda o`rnatilgan qonunlardan og`ishgan, boshqa odamlar yoki ijtimoiy tartibning tinchligiga xavf soluvchi va o`zining oxirgi ko`rinishlarida jinoiy jazolanadigan aniq shaxsning harakatini tushunamiz. Qonunbuzarlikni sodir etgan o`smirlar orasida A.I.Dolgova, Ye. G. Gorbatovskaya, V. A. Shumilkin va boshqalar, o`z navbatida, quyidagi uch tipni ajratadi: 1. Izchil-kriminogen – ijtimoiy muhit bilan o`zaro ta'sirda jinoiy axloq shaxsning kriminogen «qissasi» hal qiluvchi hisoblanadi, jinoyat axloqning odatiy usulidan kelib chiqadi, u sub'ektning maxsus qarashlari, ko`rsatmalari va qadriyatlari bilan shartlanadi; 2. Vaziyatli-kriminogen – axloqiy me`yorlarning buzilishi, jinoiy bo`lmagan xarakterdagi qonunbuzarlik va jinoyatning o`zi ahamiyatli darajada notinch vaziyatlar bilan shartlangan; jinoiy axloq sub'ektning rejalariga mos tushmasligi, uning nuqtai nazarida ekstsess bo`lishi mumkin; bunday o`smirlar ko`pincha qonunbuzarlikning tashabbuskori hisoblanmay, spirtli ichimliklar kayfidagi holatda guruhda jinoyat sodir etadilar; 3.Vaziyatli tip – salbiy axloqning ahamiyatsiz ifodalanganligi; individ aybi bilan yuzaga kelmagan vaziyatning hal qiluvchi ta'siri; bunday o`smirlar hayotining usuli ijobiy va salbiy ta'sirlar kurashi bilan xarakterlanadi. V.N.Kudryavtsev ham xuddi shunga o`xshash professional (muntazam jinoyat sodir etuvchi, undan keladigan daromadlar hisobiga yashovchi shaxslar), vaziyatli (sharoitdan kelib chiqib harakatlanuvchi), tasodifiy jinoyatlar (qonunni faqat bir marta buzgan). ETIBORINGIZ UCHUN RAXMAT! Download 429.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling