Mavzu: Agrobiznesda yer va suv resurslaridan foydalanishni tashkil etish va boshqarish Suv resurslari manbalari, hajmi va iste’moli


Download 80.5 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi80.5 Kb.
#1559418
Bog'liq
сув та


Mavzu: Agrobiznesda yer va suv resurslaridan foydalanishni tashkil etish va boshqarish
Suv resurslari manbalari, hajmi va iste’moli 
Kun tartibiga qo‘yilgan ushbu mavzu, ya’ni suv resurslaridan foydalanish masalasi, bu nafaqat respublikamizning balki butun dunyo hamjamiyati oldida turgan dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Hammamizga ma’lumki, hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi sohasining oldida turgan eng muhim vazifa bu aholini oziq-ovqat bilan ta’minlashdan iborat bo‘lib, suv resurslarining tanqisligi esa yildan-yilga ortib borayotganligini hisobga olsak, mavjud suv resurslaridan samarali va tejamli foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Er sharining uchdan ikki qismi suv bilan qoplangan bo‘lib, 98 foizi sho‘r suvlar, ishlatishga yaroqsiz xisoblanadi. Atigi 2,0 foizdan ortiqrog‘i chuchuk suv resurslari bo‘lib, uning 79 foizi abadiy muzliklarga, 20 foizi er osti suvlariga 1 foizi esa daryo va ko‘llarga to‘g‘ri keladi.
Dunyo aholisining har 10 nafaridan 4 nafari toza ichimlik suvi etishmaydigan hududlarda yashayotgan bo‘lib, 2050 yilga kelib er yuzi aholisi 9 mlrd.ga ko‘payishi bashorat qilinmoqda.
Mintaqaning asosiy suv resurslari Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzalaridagi suvlardan tashkil topib, ularning o‘rtacha ko‘p yillik miqdori 114,4 km3 tashkil qiladi. Davlatlararo kelishuvga asosan O‘zbekistonning ulushi 56,2 mlrd.m3 yoki jami suvning 49 foizini tashkil etadi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston tomonidan foydalaniladigan suv resurslarining yillik hajmi o‘rta hisobda 51-53 km3-ni tashkil etadi va bu umumiy olingan suv hajmining jiddiy tarzda qisqarganini ko‘rsatadi (20 foiz). Bu esa iqlim o‘zgarishi ta’siri ostida, shuningdek transchegaraviy suvdan foydalanish muammolari tufayli daryo suvlarining kamayib ketganligi bilan bog‘liq.
O‘zbekiston tomonidan iste’mol qilinadigan suv resurslarining umumiy hajmidan o‘rtacha 80 foizi (taxminan 41 km3/yil) transchegaraviy daryolar hissasiga to‘g‘ri kelib, qo‘shni mamlakatlar hudududa shakllanadi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan umumiy maydoni 4,3 mln. gektarni tashkil etadi, qishloq xo‘jaligi esa suv resurslarining eng yirik iste’molchisi hisoblanadi, uning hissasiga foydalanadigan suvning o‘rtacha 90-91 foizi to‘g‘ri keladi. Qishloq xo‘jaligi – O‘zbekiston iqtisodiyotining etakchi sektorlaridan biridir. Mamlakat aholisining yarmi qishloq joylarida istiqomat qiladi. 2019 yilda agrar sektorning O‘zbekiston YAIMga qo‘shgan hissasi qariyb 28 foizni tashkil etdi.
Suv iste’moli hajmiga ko‘ra ikkinchi o‘rinni kommunal-maishiy xo‘jalik egallaydi (jami foydalaniladigan suvning 4,5 foizi). Respublikada 119 shahar, 1064 shahar tipidagi poselka va 11088 qishloq aholi punktlari mavjud. Ulardan qidirib topilgan er osti suvlari zahiralari hisobidan 69 shahar (58 foiz), 335 shahar tipidagi poselka va 2902 aholi yashash punktlari ta’minlanmoqda. Qolgan aholi yashash punktlari suv ta’minotining boshqa manbalari (er usti suvlari, tasdiqlanmagan suv zahiralari, quduqlar, suv o‘tkazgichlar va boshqalar hisobidan ta’minlanmoqda).
Sanoatga (2019 yilda YAIMdagi ulushi – 30 foiz) suv iste’molining 1,4 foizi, baliq xo‘jaligiga – 1,2 foizi, issiqlik energetikasiga – 0,5 foizi, iqtisodiyotning boshqa sohalariga – 1,0 foiziga yaqini to‘g‘ri keladi.

Guruhlarda ishlash uchun topshiriqlar:



S (kuchli tomoni)

W (kuchsiz tomoni)

O (imkoniyatlar)



T (tahdidlar)

1-topshiriq. Suv taqchilligini bartaraf etishda zamonaviy resurstejovchi texnologiyalarni joriy etishda SWOT tahlili.

3-topshiriq. Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanishga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy omillar bo‘yicha “Klaster” tuzing.







Download 80.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling