Mavzu: Aholi daromadlari va Ijtimoiy sohani rivojlantirish
Download 1.33 Mb.
|
1 2
Bog'liqxusanov strategiya2
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`zbekistonda Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining o`ziga xos xususiyatlari.
- E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Aholi daromadlari:Nominal daromadlar pul ko`rinishida olingan daromadlardir. Real daromadlar iste`mol narxlarining indeksiga qarab tuzatilgan joriy davrdagi nominal pulli daromadlardir. Aholining turmush darajasini quyidagi to`rt ko`rsatkich bilan ajratish mumkin:to`q turmush darajasi - insonning har tomonlama kamol topishini ta`minlaydigan ne`matlardan foydalanish normal daraja - insonning jismoniy va aqliy kuch-quvvatini to`la tiklash uchun qulay sharoitlarni ta`minlaydigan ilmiy asoslangan me`yorlar bo`yicha oqilona iste`mol qilish kambag’allik - mehnat uchun resurslarni qayta yaratishning quyi chegarasi sifatidagi ish qobiliyatini saqlash darajasida ne`matlarni iste`mol qilish qashshoqlik - iste`mol qilinishi insonning yashash qobiliyatini saqlash imkoniyatinigina beradigan ne`matlar va xizmatlarning biologik mezonlar bo`yicha yo`l qo`yiladigan minimal turlarini iste`mol qilish Har bir insonning turmush darajasi havo va suv muhiti, uy-joy, maishiy va ishlab chiqarish sharoitlari, iste`mol tovarlarining sifati va hajmidan boshlab, to umumiy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik vaziyat, shuningdek siyosiy institutlarning ahvoligacha bo`lgan qator tabiiy va ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Ularning eng diqqatga sazovorlari siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy soha va fan-texnik taraqqiyot, shuningdek ekologiyaga (atrof-muhitga) ta`sir etuvchi omillardir. Omillarning ta`siri tabiiy-iqlimiy sharoitlar va zaxiralarning (inson, mehnat, ishlab chiqarish, moliyaviy, axborot, ma`naviy zaxiralar mavjudligiga (yo`qligiga) qarab kuchayishi (susayishi) mumkin.
O`zbekistonda Respublikasida aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining o`ziga xos xususiyatlari.
Bozor munosabatlarining imkoniyati keng, ammo ayni vaqtda ular g’oyat talabchandir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida har kimning taqdiri ko`p jihatdan kasb mahoratiga, o`zgarib turgan muhitga moslasha olishiga, tavakkal qilishi, hatto o`z shaxsiy mol-mulkini xavf ostiga qo`yishdan ham qo`rqmay, oilaviy farovonligini ta`minlay olish bilan bog’liqdir. Davlat esa bunday sharoitda ijtimoiy totuvlik va barqarorlik kafili bo`lib, adresli ijtimoiy sayosatni mazkur maqsadga yo`naltirib turadi. Bunday yordam ko`rsatish uchun o`z-o`zini boshqarish organlari zarur resurslar bilan ta`minlanadi. Mahallalarda respublika va mahalliy byudjetlar, shuningdek, korxona hamda tashkilotlar, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim fuqarolar ko`ngilli ravishda o`tkazgan pullar hisobidan maxsus fondlar tashkil qilingan. Vakolatli va ijroiya hokimiyat mahalliy organlari o`zlariga qarashli hududda aholining birinchi navbatdagi ehtiyojlariga binoan, ijtimoiy yordam tadbirlariga aniqlik kirita boradi. Ularning asosiy tashvishlaridan biri - ijtimoiy-ishlab chiqarish ko`makchi tuzilmalarini rivojlantirishdan, ya`ni gaz, suv quvurlarini, elektr va telefon tarmoqlarini o`tkazishdan iborat. E`TIBORINGIZ UCHUN RAHMATDownload 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling