Mavzu: Aholi daromadlarini indeksatsiya qilish yo`llari
Download 42.01 Kb.
|
Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy siyosat
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizini bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi.
Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni inson parvarishlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi. Aholini daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta‘sir ko’rsatish sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste‘mol tovarlarni narxnig o’sishini hisobga olish va nominal daromadlarini narxlar o’sishiga bog’liqlikdan oshirib borish hisoblanadi. SHaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi aholining kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Amaliy hayotda qashshoqlikning o’zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning minimal me‘yor bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarni ham o’z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulkni miqdori, oilaviy ahvoli kiritiladi. Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishag yo’naltirilgan siyosatdir. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishni va pulning qadrsizlanish darajasiga ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. “Ma‘lumki, malakatimzda kam ta‘minlangan oilalarni bepul sigir berish yo’li bilan qo’llab-quvvatlash alohida e‘tibor qaratiladi. Masalan, 2006 yildan hozirga qadar nan shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Natijasida 2009 yilning birinchi yanvargacha shaxsiy yordamchi va dehqon xo’jaliklari qoramol boquvchi sifatida ro’yxatga olingan fuqarolarning umumiy soni bir million 100 mingdan ko’proqni tashkil etdi. Shulardan 54 ming kishiga yangi mehnat darajasiga berildi, bir yuz o’n bir ming fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi” 1. Download 42.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling