Asosiy tayanch tushunchalar:
Aholi daromadlari – aholining ma‘lum vaqt davomida pul va natural shaklda olgan daromadlar miqlori.
Nominal daromad - aholi tomonidan pul shaklida olingan daromadlari summasi.
Ixtiyorida bo’lgan daromad - barcha soliqlar to’langandan keyin qolgan daromad, ya‘ni shaxsiy iste‘mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumikn bo’lgan daromad.
Real daromad - narx darajasi o’zgarishini hisobga olib aholi ixtiyoridagi daromadning zarur bo’lgan moddiy va ma‘naviy ne‘matlarni sotib olishga yetadigan quvvatidir. Qisqa qilib aytganda aholi daromadining xarid qo’vvatidir.
Lorents egri chizig’i – daromadlar tengsizligi darajasini miqoriy aniqlashni xarakterlaydi.
Ijtimoiy to’lovlar - kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural shaklda yordam ko’rsatishga qaratilgan turli xil to’lovlar.
Ijtimoiy siyosat - bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni iqtisodiyot qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosatdir.
Foydalanilgan adabiyotlar
Salimmov, Sadir (2000-2005). "Daromadlarni indekslash". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.
Do'stlaringiz bilan baham: |