Mavzu: Aholi punktlarini gazlashtirish Reja: Gazlashtirish tizimlarining tuzilishi va ularni o‘tkazish usullari


Yer osti gaz quvurlarining chuqurligi, nishabligi


Download 0.76 Mb.
bet4/6
Sana21.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1642336
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5278251039957453903

4. Yer osti gaz quvurlarining chuqurligi, nishabligi
Gaz quvurlarining chuqurligi shunday joylashishi kerakki, u chuqurlikda tuproq qatlami hisobiga mexanik ta’sirdan saqlangan bo‘lsin. Shaharlar uchun quvurning minimal chuqurligi quvur tepasidan yer yuzasigacha kamida 0,8 m bo‘lishi kerak. Shahardan tashqarida, bu chuqurlik qatnov yo‘q joylarda kamida 0,6 m bo‘lishi zarur.
Bundan tashqari, quvurning yotqizish chuqurligi gazning namligiga bog‘liq. Agarda gaz nam bo‘lsa, gaz quvurini yerning muzlash qatlamidan chuqurroq joylashtirish kerak, chunki gazdagi namlik kondensatsiyalanadi va bu suyuqlik muzlab, gaz quvurini berkitib qo‘yishi mumkin.
Quritilgan gaz quvurlarini esa yerning muzlash qatlamida ham joylashtirish mumkin. Gazning namligiga qaramasdan, gaz quvurlari nishab o‘tkazilishi kerak, chunki gazdagi suv bug‘lari kondensatsiya bo‘lganda, ular quvurning nishabligi bo‘yicha oqib borib, quvurning eng past joyida to‘planadi. Bu yerda kondensat yig‘gichlar o‘rnatiladi (3.1 – rasm) va u orqali yig‘ilgan kondensat chiqarib tashlanadi.

1-rasm. Kondensat yig‘gich


1-korpus; 2-kondensatni chiqarish quvuri; 3-yerga ulangan elektrod; 4-kover ostidagi beton yostiq; 5-kover; 6-quvur yer ostidagi potensiallar farqini o‘lchash uchun kontakt plastinasi.
Minimal nishablik (i=0,002) katta diametrdagi quvurlar uchun yetarli hisoblanadi. Lekin quvurlar diametri kichikroq bo‘lsa (d<150 mm), nishablikni kattaroq olish kerak. Chunki kichik quvurlarning kesimi kichik bo‘lganligi uchun quvurlar cho‘kkan paytda unda suv to‘planib, gazning yo‘lini berkitib qo‘yishi mumkin.
Yer osti gaz quvurlari qurishda xandaq tagining sifati katta ahamiyatga egadir. Sifatsiz bajarilgan yer ishlari ekspluatatsiya davrida gaz ta’minoti va quvurlarning mustahkamligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Loyihaga nisbatan chuqur joylar qum bilan to‘ldirilib, zichlanib, tekislanishi zarur. Agarda xandaq toshloq joylardan qazilsa. Unda xandaq tagining notekisliklari 10 yoki 15 sm qalinlikda qum sepilib tekislanishi kerak. Tekislanmasa, toshlarning o‘tkir qirralari gaz quvurining izolatsiyasini ishdan chiqadi va gaz quvuri korroziyasini tezlashtiradi.



Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling