Mavzu: Aholi punktlarini gazlashtirish Reja: Gazlashtirish tizimlarining tuzilishi va ularni o‘tkazish usullari
Yer osti gaz quvurlarining ko‘chada joylashishi
Download 0.76 Mb.
|
2 5278251039957453903
3. Yer osti gaz quvurlarining ko‘chada joylashishi
Shaharlarda yer osti gaz quvurlari, asosan, ko‘chaning qatnov yo‘llari tagidan o‘tkaziladi. Agarda ko‘chalarda keng piyoda yo‘llari yoki maysazorlar bo‘lsa, ular tagidan o‘tkazish maqsadga muvofiq, chunki qatnov yo‘llarini buzish va tiklash qimmatga tushadi. Gaz quvurlarini o‘tkazishda gaz quvurlari bilan bino, yer osti va yer usti inshoatlari va daraxtlar oralig‘ida ma’lum masofani ta’minlash kerak. Bu masofalar texnik sharoitlarda va qurilish qoidalarida keltirilgan. Shular bilan tanishib chiqamiz. 1. Yer osti gaz quvuri bilan bino orasidagi masofa qo‘yidagicha bo‘lishi kerak: a) past bosim gaz quvurlari uchun – kamida 2 m; b) o‘rta bosim gaz quvurlari uchun – kamida 4 m; d) yuqori bosim gaz quvurlari (0,3 – 0,6 MPa) uchun – kamida 7 m; ye) yuqori bosim gaz quvurlari (0,6 – 1,2 MPa) uchun – kamida 10 m. Bu masofalar yer osti gaz quvurlaridan gaz chiqa boshlaganda uning bino ichiga kirmasligini ta’minlay olmaydi, lekin kirish xavfini kamaytiradi. 2. Yer osti gaz quvuri bilan tramvay yo‘ligacha bo‘lgan masofa: a) past va o‘rta bosim gaz quvurlar uchun yaqin relsgacha bo‘lgan masofa kamida 2,8 m; b) yuqori bosim gaz quvurlari uchun kamida 3,8 m. 3. Temir yo‘l relsigacha bo‘lgan masofa: a) past bosim uchun – kamida 3,8 m; b) o‘rta bosim uchun – kamida 4,8 m; d) yuqori bosim uchun (0,3 – 0,6 MPa) – kamida 7,8 m; e) yuqori bosim uchun (0,6 – 1,2 MPa) – kamida 10,8 m. Bu masofalar gaz quvurlarini yotqizish va ta’minlash ishlarini bajarish paytida transport harakatini to‘xtatmasdan olib borishga imkon beradi. 4. Gaz quvuri daraxtlardan kamida 1,5 m masofada o‘tish kerak, chunki undan yaqin bo‘lsa, xandaq qaziganda, daraxtning ildizi kesilib ketadi. Bundan tashqari, quvurdan gaz chiqa boshlasa, daraxt ildizlariga ta’sir qilib, uni quritadi. 5. Elektr kabeli bilan yer osti past, o‘rta va yuqori (0,3 – 0,6) MPa bosim gaz quvuri orasidagi bosim gaz quvuri orasidagi masofa kamida 1 m bo‘lishi kerak. Agarda yuqori bosim (0,6 – 1,2) MPa bo‘lsa, kamida 2 m bo‘lishi lozim. Bu masofalar xandaq qaziganda yoki tamirlash ishlari olib borilganda kabelni uzib yubormaslik uchun kerak. 6. Gaz quvuri bilan suv tarmog‘i orasidagi masofa: a) past bosim uchun – 1,0 m; b) o‘rta bosim uchun – 1,0 m; d) yuqori bosim uchun (0,6 MPa gacha) – 1,5 m; e) yuqori bosim uchun (1,2 MPa gacha) – 2,0 m. 7. Gaz quvuri bilan kanalizatsiya orasidagi masofa: a) past bosim uchun – 1,0 m; b) o‘rta bosim uchun – 1,5 m; d) yuqori bosim uchun (0,6 MPa gacha) – 2,0 m; e) yuqori bosim uchun (1,2 MPa gacha) – 5,0 m. 8. Issiq suv uzatish tizimi kanalining tashqi devoridan gaz quvurigacha bo‘lgan masofa: a) past, o‘rta, yuqori bosim (0,6 MPa gacha) uchun – 2m; b) yuqori bosim (0,6 – 1,2 MPa) uchun – 4 m. Bu masofalar gaz quvurlaridan gaz chiqa boshlaganda boshqa yer osti inshoalariga kirish xavfini kamaytiradi. 9. Agarda bir xandaqda 2 ta gaz quvuri o‘tgan, quvurlar diametri d<300 mm bo‘lsa, ular orasidagi masofa kamida kamida 0,4 m bo‘lishi kerak. Agarda quvurlar diametri d>300 mm bo‘lsa, quvur devorlari orasidagi masofa kamida 0,5 m bo‘lishi kerak. Bu masofa quvurlarni ishlatish jarayonida ularni tekshirish hamda tuzatish ishalrini olib borish uchun zarur. Yer osti gaz quvurlaridan gaz chiqqanda, u yerdagi bo‘shliqlar orqali uzoq masofalarga tarqalishi mumkin. Shuning uchun gaz quvurlari iloji boricha bosimsiz ishlaydigan quvurlardan uzoqroq bo‘lgani ma’qul, chunki gaz ular orqali binolarga kirishi mumkin. 300> Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling