Mavzu: Aholiga xizmat ko`rsatish sohalari geografiyasi
Download 265.14 Kb.
|
4-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- I. Aholining moddiy talab-ehtiyojlariga hizmat qiluvchi sohalar
- Sog`liqni saqlash.
- 1-rasm. Xizmat ko’rsatish sohalar tarkibi O’zbekistonda xizmat ko’rsatish sohalari bo’yicha xizmatlar hajmi, % hisobida (2020-yil)
Mavzu: Aholiga xizmat ko`rsatish sohalari geografiyasi Ijimoiy sohalar va xususan xizmat ko`rsatish sohalarini ilmiy tadqiq etish ishlari M.Abramov, A.Alekseyev, S.Kovalyov va boshqa olimlar tomonidan o`rganilgan. O`zbekistonda esa xizmat ko`rsatish soxalari geografik jihatdan sust o`rganilgan. Mamlakatimizda aholiga hizmat ko`rsatish misolida geografik jihatdan ilk bor dissertatsiya darajasidagi tadqiqot ishi 1996-yil M.Nazarov tomonidan amalga oshirilgan. Ammo, mamlakati izda hozirgi davrdagi aholiga xizmat ko`rsatish sohalari (ijtimoiy infrastruktura) borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni yetarli deb bo`lmaydi. Shu bilan birga aholiga transport, aloqa, elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv ta`minoti bo`yicha xizmat ko`rsatuvchi ishlab chiqarish infrastrukturasi geografik jihatdan tadqiq etilgan salmoqli manbalar ham mavjud emas. Olimlar tomonidan xizmat ko`rsatish sohalarini tadqiq qilishda “iqtisodiy” va “ijtimoiy” yondashuvlar mavjud. Chunonchi, birinchisida xizmat ko`rsatish sohalari xo`jalik tarmoqlari sifatida iqtisodiy nuqtai nazardan o`rganiladi, ya`ni bu yerda eng avvalo kam xarajat sarflangan holda ko`proq foyda olishga asosiy e`tibor qaratilsa, ijtimoiy yondashuvga ko`ra hizmat ko`rsatish sohalari- bu eng avvalo aholining turmush sharoitlari, turmush darajasining muhim sharti sifatida tushuniladi. Agarda, hizmat ko`rsatish muassasalarini muayyan bir hududda vujudga kelishi, shakllanishi va kelajakda rivojlanish qonuniyatlarini e`tiborga olinsa, u holda bizningcha uchinchi ya`ni hududiy yondashuvni ham aniqlash mumkin. Aholiga xizmat ko`rsatish sohalari geografiyasi bo`yicha bajariladigan tadqiqotlarni ikki yo`nalishga ajratish mumkin. Birinchisida tarmoq ya`ni xizmat ko`rsatish sohalari alohida olingan holda o`rganilsa, masalan, aholiga tibbiy hizmat ko`rsatish geografiyasi, ikkinchi yo`nalish- mintaqaviy majmuali, ya`ni bunda xizmat ko`rsatish sohalari bir butun holda va ma`lum bir hududda o`rganiladi. Muayyan bir hududning tabiiy, iqtisodiy, demografik va aholi joylashuvi shart-sharoitlarini hisobga olgan holda, hizmat ko`rsatish sohalarining joylashuvi va zamonaviy hoaltini tavsiflash va baholash, shuningdek, hizmatlar majmuasi va hizmat ko`rsatish tizimini takomillashtirish eng avvalo geograflarning vazifasidir. Aholiga hizmat ko`rsatish sohalari geografiyasi ta`rifidan ma`lum bo`ladiki, bu borada bajariladigan tadqiqotlarda: -aholining xizmatlarga bo`lgan ehtiyojlariga; -xizmat ko`rsatishning darajasiga; -xizmat ko`rsatishni hududiy tashkil etilishi masalalariga alohida e`tabor qaratiladi. Xizmat- bu muayyan bir xizmat oluvchining xizmatga bo`lgan ehtiyojlarini bevosita qondirishga qaratilgan mehnat natijasidir. Ular o`ziga xos hususiyatlardan kelib chiqqan holda “ishlab chiqarilmaydigan” ya`ni toza ko`rinishdagi va “ishlab chiqarish” shaklidagi yoki narsa ko`rinishidagi xizmatlar (masalan kiyim, poyabzal)ga ajratiladi. Bir qator mualliflar va hususan B.A.Manak aholiga hizmat ko`rsatish sohalarini o`ziga hos xususiyatlaridan kelib chiqib, ikki yirik guruhga ajratadi: I. Aholining moddiy talab-ehtiyojlariga hizmat qiluvchi sohalar: 1. Savdo 2. Umumiy ovqatlanish 3. Maishiy xizmat 4. Uy-joy kommunal xo`jalik 5. Yo`lovchi transporti 6. Aloqa 7. Ijtimoiy ta`minot, kredit va sug`urta II. Shaxsning ma`naviy ehtiyojlari va rivojlanishiga xizmat ko`rsatuvchi sahalar: 1. Ta`lim 2. Sog`liqni saqlash 3. Madaniyat, san`at 4. Jismoniy tarbiya va sport 5. Kurort- rekreatsiya xizmati Axborotlarni tarqatish, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda aloqa xizmati muhim o'rin tutadi. Aloqa xizmati ikki xil bo`ladi. Pochta aloqasi turli pochta jo`natmalari (xat, banderol, posilka va hakazolar)ni qabul qilish, jo`natish va yetkazib berishni o`z ichiga oladi. Pochta aloqasiga o'xshash xizmat O'rta Osiyoda bundan 2,5 ming yil burun ham bo'lgan. U davrlarda choparlar podsho farmonlarini noiblarga va qal'alardagi xabarlarni mamlakat poytaxtiga yetkazib turgan. Ikkinchisi electron aloqa bo`lib, u telefon, telegraf, radio, televideniye, electron pochta kabilarni o`z ichiga oladi. Telegraf aloqasi XIX asrning 80-yillarida temiryo'l qurilishi bilan bir vaqtda vujudga kelgan. Dastlabki telegraf stansiyasi bundan 1 asr avval Toshkentda ishga tushgan. Respublikamizda mobil aloqa xizmati ham tez rivojlanmoqda. Endilikda unda foydalanuvchilar soni 19 milliondan oshdi. 1985-yilda ishga tushirilgan Toshkent teleminorasi Buyuk minoralar xalqaro federatsiyasi ro`yxatiga kiritilgan bo`lib, balandligi bo`yicha dunyoning yetakchi o`nta teleminorasi qatorida turadi. Mamlakat aholisi davlat va tijorat teleradiodasturlari va raqamli televideniye bilan ta`minlangan. Hozirda o`ndan ortiq telekanallar faoliyat ko`rsatmoqda. Xizmat ko'rsatish sohalari ichida matbaachilik ham muhim rol o'ynaydi. Siz o'qiyotgan darsliklar, kitoblar, jurnal va gazetalar, sinfxonangizdagi bejirim plakatlar va boshqalar matbaachilik sanoat korxonasi bo'lgan bosmaxonalarda tayyorlanadi. Dastlabki bosmaxona XV asr o`rtalarida Germaniyada tashkil qilingan bo`lsa, bizda birinchi bosmaxona XIX asr oxirlarida ishga tushgan. Bugungi kunda mamlakatimizda 120 dan ortiq bosmaxonalar faoliyat ko'rsatmoqda. Mustaqillikdan so`ng bosmaxonalar tubdan qayta jihozlandi. Endilikda ularda matn va rasmlar zamonaviy kompyuterlarda terilmoqda va chop etilmoqda. Ta'lim. Iqtisodiyotning barqaror va jadal yuksalishida inson omili hal qiluvchi ekanligini bilasiz. Ammo bunda mutaxassislarning ma'lumot darajasi, ma'naviyati yana ham muhimdir. Mamlakatda 10 mingga yaqin umumta'lim maktabi, 1500 dan ortiq akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jami 6,5 mln dan ortiq yoshlar ta'lim olmoqda. 75 dan ortiq oliy o'quv yurtlarida mamlakat iqtisodiyotiga zarur ixtisosliklar bo`yicha yiliga 40 ming atrofida oliy ma'lumotli mutaxassis tayyorlanmoqda. O'zbekiston Respublikasi ta'lim sohasida tub o'zgarishlar yuz berdi. Bugungi kunda mamlakatda savodxonlik darajasi dunyodagi eng eng yuqori ko'rsatkichlardan biri 99,3 foizini tashkil etadi. Sog`liqni saqlash. Sog`liqni saqlash sohasi isloh etilmoqda, jumladan, birgina qishloq vrachlik punktlarining soni 2000-yilga nisbatan 2 barobar ko`paydi, ularning barchasi zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlangani natijasida keyingi o`n yilda mamlakatimizda onalar va bolalar o`limi koeffitsenti keskin tushdi va bu borada O`zbekiston rivojlangan. Mamlakatlar qatoridan joy oldi. Aholining ovqatlanishini yaxshilash, un va tuzni zarur mikroelementlar bilan to`yintirish, onalar va bolalarni vitaminga boy dori-darmonlar bilan ta`minlash bo`yicha bo`yicha amalga oshirilgan cora-tadbirlar tufayli bugungi kunda bolalarimizning 92 foizi rivojlanish ko`rsatkichlari bo`yicha Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti standartlariga mos keladi. Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlatirish dasturi ijrosi Bu borada amalaiyotda joriy qilinayotgan choralardan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda kam xarajat qilgan holda ushbu sohada qisqa muddatlarda daromadlar olish mumkin. Xususan bugungi kunda xizmatlar sohasining bir necha yo‘nalishlarini shu jumladan, aloqa, moliya, transport, qurilish, turizm xizmatlari va savdo sohalarini misol keltirish mumkin. Bugungi kunda aholining farovon va qulay sharoitda hayot kechirishlari uchun xizmatlar sohasida bir qator qulayliklar ta'minlab berilmoqda. Natijada mamlakatimizning qishloq joylarida servis infratuzilmasining rivojlanishi evaziga qishloq aholisining yashash tarzi shahar aholisining yashash tarziga yaqinlashmoqda. Bugungi kun zamon talablaridan kelib chiqib, sohani rivojlantirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2012-2016 yillarda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi to‘g‘risi”gi hamda “2013-2016 yillarda qishloq joylarda xizmat ko‘rsatish va servis sohasini jadal rivojlantirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari qabul qilindi. Xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan dasturlar va chora-tadbirlar natijasida sohaning YAIMdagi ulushi sezilarli darajada o‘sdi. Ushbu ko‘rsatkich 2011 yilda 50,5 % ni tashkil etgan bo‘lsa bugungi kunda 54,5% ni tashkil etishi kutilmoqda. Sohada band bo‘lganlar bugungi kunda jami band aholining 50% dan ortig‘ini tashkil qiladi. Bugungi kunda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarining 80,4 mingtasini yoki 81%i aynan xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritmoqda. Respublika bo‘yicha sohada faoliyat yuritayotgan 2 mingdan ortiq korxonalar dastur doirasida begilangan imtiyozlardan foydalanmoqda. Dasturlarni amalga oshirish hisobiga jami xizmatlar xajmi 1,7 barobar, aholi jon boshiga xizmatlar esa 1,6 barobarga oshgan. Sohada rivojlanishning asosiy yuqori suratlari moliya, qurilish, sog‘liqni saqlash, aloqa va axborotlashtirish, kompyuterda dasturlash, qishloq xo‘jaligi texnikalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash hamda maishiy xizmatlarida kuzatiladi. Alohida shuni ta'kidlab o‘tish lozim, soha o‘sishiga ta'sir ko‘rsatayotgan asosiy omillardan biri bu kichik biznes sohasiga yaratib berilayotgan qulayliklar, imkoniyatlar, qulay investitsion iqlim hamda tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan kredit mablag‘lari hisoblanadi. Misol tariqasida aytish mumkinki, sohada faoliyat yuritayotgan subyektlarga 2012-2015 yillar mobaynida 4 trln 167,5 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan. Shuningdek xudularni ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi natijasida hisobot davrida 51,9 mingta loyiha amalga oshirilgan. Bundan tashqari qishloq joylarda hamda namunaviy loyihalar asosida qurilgan uy joylar massivlarida xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish yuzasidan 2013-2015 yillar mobaynida qariyib 22 mingdan ortiq loyihalar ishga tushirildi. Mamlakatimizda xizmat ko’rsatish sohalarini geografik jihatdan tatqiq etish ishlari o’tgan asrning to’qsoninchi yillarida boshlandi. Shunday qilib, o’tgan asrning yetmishinchi yillaridan boshlab iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanlari tizimida aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi vujudga keldi. Uning geografiya fanlar tizimida tutgan o’rni va predmeti to’g’risida rus olimi A.I. Alekseyev quyidagi fikrni bildirgan:”Aholiga xizmat ko’rsatish sohalari geografiyasi ijtimoiy-iqtisodiy geografiyaning o’ziga xos tarmog’i bo’lib, xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlar va ularning qondirilishi darajasidagi hududiy tafovutlar hamda aholi joylashuvi shakllarida uning hududiy tashkil etilishi masalalarini o’rganadi”. Mamlakatimizda davlat budjeti xarajatlarining qariyb 60 % I ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’nalgan. U asosan moddiy ne’mat ishlab chiqarmaydigan sohalarni qamrab oladi. 1-rasm. Xizmat ko’rsatish sohalar tarkibi O’zbekistonda xizmat ko’rsatish sohalari bo’yicha xizmatlar hajmi, % hisobida (2020-yil) Download 265.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling