Iqtisodiy omillar. Aholi turmush darajasining muhim tarkibiy qismi
hisoblangan milliy boylik iqtisodiy imkoniyatlarga bog‘liqdir. U moddiy boyliklar,
mehnat hisobiga jamg‘arilgan mahsulotlar hamda jamiyat tasarrufidagi hisobga
olingan va iqtisodiy muomalaga jalb qilingan tabiiy boyliklarning yig‘indisidir.
Milliy boylikning uzluksiz to‘lib borishi (uning oddiy va kengaytirilgan takror
ishlab chiqarilishi) ishlab chiqarish mahsuloti hisobiga amalga oshiriladi.
Boylik ko‘rsatkichlari ijtimoiy ishlab chiqarish moddiy sharoitlarini va
umuman jamiyat hayotini tavsiflaydi, ijtimoiy mahsulot miqdori esa ma’lum davr
mobaynidagi ishlab chiqarish jarayoni natijasi sifatida, shuningdek, boylik
elementlarining o‘rnini to‘ldirish va uni ko‘paytirish manbai sifatida chiqadi.
Jamg‘arilgan boylik va ijtimoiy mahsulotlar hajmi mamlakatning iqtisodiy
qudratini hamda iste’mol, daromadlar, turmush darajasi hajmini ham aks ettiradi.
Milliy boylikning mustahkamlangan tarkibi 1.2.1 -rasmda ko‘rsatilgan.
Manba: Muallif tomonidan tuzilgan.
Milliy boylikning tarkibiy qismi jamiyat farovonligining moddiy sharoitlari
majmuini ifodalaydigan milliy mulk va oldingi avlodlar mehnati natijasidir. Uning
miqdori va tarkibi boshqa bir xil sharoitlarda YAIM o‘sishi hamda mamlakat
farovonligi oshishi uchun katta imkoniyatlarni taqozo qiladi.
Iqtisodiy omillar orasida milliy daromadning o‘sishi alohida rol o‘ynaydi.
Uning kattaligi hozirgi avlod mehnatining natijasi va aynan iste’molning o‘sish
manbaidir.
Milliy daromad – bu ishlab chiqarish jarayonida iste’mol qilingan mehnat
vositalari va moddiy xarajatlardan istisno umumiy ijtimoiy mahsulotning bir qismi
bo‘lib, u yangidan yaratilgan qiymat, ya’ni ushbu yildagi ishlab chiqarishning
jamiyat farovonligi uchun qo‘shganidir. Bu jamiyatning sof “ishlab topilgan”
daromadidir.
Iste’mol fondi – bu insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini va
umuman jamiyat ehtiyojlarini (ishlab chiqarish sohasiga, mudofaaga xarajatlar) Tabiiy resurslar
Do'stlaringiz bilan baham: |