Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Bozor munosabatlarining asosiy tamoyillaridan biri respublika aholisini kuchli ijtimoiy himoyalash sanaladi. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitidagi rivojlanish bosqichida ham inson manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash hayotiy zaruriyatdir. Yangilanish va taraqqiyotdagi O‘zbekiston modelining bosh ustuvor yo‘nalishi zamirida inson manfaatlari yotadi va kuchli ijtimoiy siyosat yuritish markaziy o‘rinni egallaydi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida aholining turmush
farovonligini oshirish dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Bu borada respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholini toza ichimlik suvi, energiya bilan ta’minlash, ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish,
pirovard natijada aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi”1, deb
alohida ta’kidlab o‘tgan.
Shu bilan birga, bugungi kunda aholining turmush darajasini ob’ektiv
statistik ma’lumotlar asosida iqtisodiy tahlil qilish, aholining pul daromadlari va
xarajatlarini o‘rganish, uy xo‘jaliklarining iqtisodiyotda qatnashish darajasi va
xarajatlar tasnifini tahlil etish dolzarb masala hisoblanmoqda. Respublikamizda
aholini ijtimoiy himoya qilish, ish haqi va boshqa pul daromadlarini bosqichmabosqich oshib borishini ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratildi. O‘z navbatida, aholi pul daromadlarining o‘sishi, uning xarid qobiliyatini oshirish, ishlab chiqarish hajmini kengaytirish va mamlakatdagi barqaror iqtisodiy
rivojlanishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |