Mavzu; Aholining turmush darajasini oshirish Mundarija Kirish I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi turmush darajasini oshirishning nazariy asoslari


Download 0.67 Mb.
bet6/17
Sana08.01.2022
Hajmi0.67 Mb.
#250308
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Aholining turmush darajasini oshirish

Kurs ishning tarkibiy tuzilishi. Ish kirish, uchta bob, xulosa va tavsiyanomalar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat.

I bob. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholi turmush darajasini oshirishning nazariy asoslari

    1. Aholi turmush darajasini oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni
      va mohiyati


Har qanday jamiyatning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini oshirishga
qaratilgan bo‘ladi. Jamiyatning ijtimoiy barqarorligi, iqtisodiy rivojlanishi,
tinchligi hamda ta’minoti inson sog‘lom va farovon hayot kechirishi uchun davlat
kuchli ijtimoiy siyosat olib borishi zarur.
Aholining turmush farovonligini ko‘tarish, ayniqsa jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi sharoitida muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Bu borada respublika birinchi Prezidenti quyidagilarni ta’kidlab o‘tgan: “Global moliyaviy inqiroz va birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi”. Shuni hisobga olib, bozor iqtisodiyotining asosiy tamoyillaridan biri –
aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash masalalari bo‘lib, ularni quyidagilarga ajratish
mumkin.
Aholi turmush darajasi – ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u kishilarning moddiy va madaniy-maishiy ehtiyojining qondirilishi hamda ijtimoiy turmush sharoitining yaxshilanib borishi kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Aholining moddiy ehtiyojlariga oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, yoqilg‘i
va uy-ro‘zg‘or buyumlariga bo‘lgan talablari kiradi. Aholining madaniy-maishiy
ehtiyojlariga insonlarning bilimi, malakasini oshirish, maishiy va kommunal
xizmat ko‘rsatishni yaxshilash kabilarga bo‘lgan ehtiyojlari kiradi.
Aholining ijtimoiy turmush sharoiti – jamiyatning barcha a’zolariga mehnat qilish, dam olish, har tomonlama jismoniy va madaniy rivojlanishni ta’minlash hamda mehnat sharoitini yaxshi tashkil etish, kishilar salomatligi va mehnat qilish qobiliyatini saqlashni kafolatlash, vaqtincha, ishga qobiliyatini yo‘qotganlarni ijtimoiy ta’minot, nafaqalar bilan ta’minlash, nisbatan kam daromadli oilalarni ijtimoiy himoyalashni ifodalaydi.
Ko‘plab iqtisodiy adabiyotlarda “Aholi turmush darajasi” tushunchasiga
xorijiy va mahalliy iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil ta’riflar ishlab chiqilgan.
Masalan, iqtisodchi olim V.I.Gurev turmush daraja tushunchasiga “Turmush
daraja – bu murakkab kompleksli ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, aholining
moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirilish darajasini ifodalaydi”3, deb
ta’riflaydi. Iqtisodchi olim M.G.Nazarov esa “Aholi turmush darajasi – bu insonlar
hayot faoliyatining eng avvalo iste’mol sohasidagi real ijtimoiy-iqtisodiy
sharoitlar yig‘indisini ifodalovchi murakkab va ko‘p qirrali kategoriya bo‘lib,
ijtimoiy taraqqiyotning muhim tavsifi hisoblanadi”, deb ta’rif beradi.
V.N.Salin, E.P. SHpakovskaya “Aholi turmush darajasi – aholini shaxsiy
iste’moli qondirilishining moddiy imkoniyatlarini xarakterlaydi. U o‘z ichiga
ijtimoiy hayotning turli ijtimoiy jihatlarini: mehnat sharoiti, aholi daromadlari va
xarajatlari darajasi va tuzilmasi, bo‘sh vaqtdan foydalanish, sog‘liqni saqlash,
madaniyat, san’at va boshqalarning rivojlanish darajasini o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy
hayotning bu tomonlarini miqdoriy tavsiflash ijtimoiy-iqtisodiy indikatorlar
yordamida amalga oshiriladi hamda aholi turmush darajasi va ijtimoiy
rivojlanishini statistik o‘rganish predmeti hisoblanadi”5 deb ta’riflaydi. Iqtisodchi
olimlar A.V.Sidenko va V.M.Matveevalar turmush daraja tushunchasiga
quyidagicha ta’rif beradi: “Turmush darajasi murakkab iqtisodiy kategoriya bo‘lib,
yoxud biror ko‘rsatkichni uning yordamisiz xarakterlash mumkin emas”6.
I.I.Eliseeva esa “Turmush darajasi muhim kategoriyalardan biri hisoblanadi.
Turmush darajasining zamirida aholining zaruriy moddiy ne’matlar va xizmatlarga
bo‘lgan iste’molining yuqori darajada ta’minlanishi hamda turli iste’molining
qondirilishi tushuniladi”, deb ta’riflaydi.

O‘zbekistonda ham aholining turmush darajasini qator iqtisodchi olimlar


o‘rgangan. Masalan, yirik iqtisodchi olim Q.X.Abdurahmonov aholining turmush
darajasiga quyidagicha ta’rif bergan: “Turmush darajasi deganda, aholining zaruriy
moddiy va nomoddiy ne’matlar va xizmatlar bilan ta’minlanganlik darajasi, ularni
iste’mol qilish darajasi tushuniladi”8. Yo.Abdullaev tomonidan 1998 yilda chop
etilgan “Makroiqtisodiy statistika” kitobida “Aholi turmush darajasi — ijtimoiyiqtisodiy tushuncha bo‘lib, u kishilarning moddiy va ma’naviy- ma’rifiy
ehtiyojining qondirilishi hamda turmush sharoitining yaxshilanish darajasini
tavsiflaydi”9, deb ta’rif bergan.
Yuqorida xorijlik va mahalliy olimlar tomonidan “aholi turmush darajasi” ga
berilgan ta’riflar yuksak qadr-qimmatga ega bo‘lib, ularda olimlar 3 ta jihatga
alohida e’tibor qaratishgan:
– jamiyat a’zolarining yaratilgan moddiy ne’matlar va xizmatlar bilan
ta’minlanganlik darajasi;
– aholi iste’molining maksimal darajada qondirilishi;
– aholi ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojining qondirilishi hamda turmush sharoitining
yaxshilanish darajasi.
Nazarimizda,bu ta’riflarning barchasida bir umumiylik mavjud. Shuning uchun “Aholi turmush darajasi”ni tor va keng mazmunda ta’riflash zarur. Fikrimizcha, aholi turmush darajasi tor ma’noda – bu iste’mol darajasi, talabni kondirilish darajasini tariflashni ifodalaydi. Keng ma’noda esa aholi turmush darajasi – inson rivojlanish darajasini ta’riflash hayotiylik sharoitini baholashni ifodalaydi.
Aholining turmush darajasi insonlar hayoti va faoliyatining mavjud ijtimoiyiqtisodiy sharoitlari majmui bilan tavsiflanuvchi murakkab va ko‘p qirrali
tushunchadir. Aholi turmush darajasini tadqiq etish jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlar uchun, xususan,
mamlakatlararo taqqoslash uchun dolzarbdir.

Aholining turmush darajasini o‘rganishning eng muhim jihatlari quyidagilar


hisoblanadi:
– iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi hisoblangan insonning asosiy sifatiy
xususiyatlari bahosi (yuksak darajada davom etishiga erishish uchun sog‘lom
turmush tarzini olib borishga qobiliyat; ta’lim olish imkoniyatlari, munosib
turmush uchun etarli mablag‘larga ega bo‘lish va yuksak kasbiy sifatlarni
egallash);
– nominal va real daromadlarni baholash;
– aholining uy-joy, uzoq muddatli foydalanishga mo‘ljallangan iste’mol
ne’matlari bilan ta’minlanish xususiyati;
– dunyoning turli mamlakatlaridagi turmush darajasi va sifatini baholash;
Aholining turmush darajasi – bu aholi farovonligi, ne’matlar va xizmatlar
iste’molining darajasi, insonlarning asosiy hayotiy ehtiyojlarini qondirish
me’yorini tavsiflovchi sharoitlar va ko‘rsatkichlar majmuidir. Boshqacha qilib
aytganda, turmush darajasi jamiyatda yashovchi inson ehtiyojlarining rivojlanishi
va qondirilishi darajasidan iborat bo‘lib, u turli ne’matlarning iste’mol qilinishi
yoki iste’mol uchun olinganganlarining foydalilik darajasi bilan belgilanadi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda turmush darajasi aholi tomonidan
olinadigan daromadlar, ovqatlanish darajasi, turar-joy sharoitlari holatiga
asoslanadi, qashshoqlik esa faqat jismoniy ehtiyojlarni qondirish uchun etarli
bo‘lgan oziq-ovqat xarajatlari ulushi bilan baholanadi.
BMT statistika komissiyasi turli mamlakatlar aholisi turmush darajasini
“aholi hayoti va faoliyati sharoitlari, iste’mol darajasi, inson bandligi va
erkinligining ta’minlanishi” prizmasi orqali baholashni taklif qiladi. BMT Bosh
Assambleyasining 40/179 qarorida (“Iste’mol modellari: ishlab chiqishning
miqdoriy jihatlari”) turmush darajasi oshishining aniq bahosi aholi turmush
darajasi va bandligining va ular bilan bog‘liq boshqa omillarning hamda oziqovqat mahsulotlari, kiyim, uy-joy sharoitlari, ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash va
asosiy ijtimoiy tarkiblar iste’molining ko‘plab ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lgan
tegishli o‘lchov birligini talab qiladi.
“Turmush darajasi” murakkab, qirrali tushuncha sifatida qashshoqlik, aholi
farovonligi, turmush sifati, xodimlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarining
qondirilish darajasi, aholining iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli kabi bir nechta bir-biriga
yaqin kategoriyalarga ega.
Aholi turmush darajasi holatining o‘zgarish yo‘nalishlari va qonuniyatlarini
aniqlash uchun quyidagilarni o‘rganish talab qilinadi:
– daromadlar, xarajatlar hamda moddiy, madaniy va maishiy boyliklarni
iste’mol qilish ko‘rsatkichlarining o‘zgarish tarkibi, dinamikasi va sur’atlarini;
– aholining daromadlar va iste’mol darajasi bo‘yicha tabaqalanishi hamda
unga ijtimoiy-iqtisodiy omillarning ta’sirini.
Determinantlar ko‘p sonli va turli jihatlidir. Ular iste’molchi – inson hayoti
va faoliyatining barcha sohalarida uning faolligini belgilab, bevosita insonning
o‘ziga tegishli bo‘ladi. Eng avvalo, ijtimoiy ishlab chiqarishda bandlarning jins,
yosh hamda oilaviy xususiyati, ijtimoiy mansubligi va mehnatining o‘ziga xos
xususiyati, ma’lumot darajasi va h.k. nazarda tutiladi. Boshqa determinantlar
iste’mol sohasining xilma-xil parametrlarini aniqlab, insonlar turmushining tabiiyiqlim va milliy-etnik xossalarini ko‘rsatib, iste’molchi hayoti va turmushining tashqi sharoitlarini bayon qiladi.
Aholi ehtiyojlarining xilma-xilligi, ularning cheksizligi, solishtirishning
o‘ziga xos qiyinchiliklari turmush darajasini tavsiflashda tizimli yondoshuvdan
foydalanishga majbur qiladi. Nihoyatda xilma-xilligi bilan ajralib turuvchi, bir
tomondan, insonlar turmushi moddiy sharoitlarining tarkibiy qismlarini, boshqa
tomondan esa, ularning xulqini o‘z ichiga oluvchi bu kategoriyani uch darajali
tizim ko‘rinishida ko‘rsatish maqsadga muvofiq.

Turmush darajasining tizimli ifodasidagi uch jihat izchil bir-biriga


bog‘liqdir: turmushning tashqi sharoitlari (determinantlar) aholi ehtiyojlarini
yuzaga keltiradi, bu ehtiyojlar (dominantlar) esa, o‘z navbatida, insonlarning
iste’mol sohasidagi xulqini belgilaydi.
Determinantlar aholi turmush darajasining bosh jihati sifatida ijtimoiy
ehtiyojlar hajmi, xususiyati va tarkibining shakllanishiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir
ko‘rsatadi. Shu bilan birga, ehtiyojlar odamlar turmushining zaruriy sharoitlari
sifatida ajralib ko‘rinadiki, iste’mol sohasidagi faoliyati ularga erishishga
qaratilgan.
Bugungi kunda aholining turmush darajasiga doir iqtisodiy tadqiqotlarda
axborotga ishlov berish va uni tahlil qilishning matematik usullarini keng qo‘llash
masalasi amaliy ahamiyat kasb etib bormoqda. Avvalo, gap daromadlar darajasi
va boshqa belgilar bo‘yicha aholi taqsimotini tuzish va tahlil qilish, shuningdek,
oila daromadlarining hosil bo‘lishini va iste’molni modellashtirish yo‘li bilan, turli
omillarning aholining turmush darajasining shakllanishiga ta’sirini o‘rganish
haqida ketyapti.
Ko‘rsatilgan yo‘nalishlar asosida aholi turmush darajasi shakllanishining
iqtisodiy-matematik modellarini tuzishga o‘tish mumkin bo‘lib ko‘rinadi. Ularga
aholining alohida ijtimoiy guruhlari o‘rtasida daromadlarni taqsimlash, oila
daromadlarini, moddiy boyliklar va xizmatlarga xaridorning qurbi etadigan talabni
va ularning iste’molini shakllantirish modellari kiradi. Hisob-kitoblardagi aniq
ma’lumotlar asosida oila byudjetini tanlab tekshirish hamda aholini maxsus
dasturlar bo‘yicha tekshirish ma’lumotlari asosida tuzilgan, modellashtiriluvchi 14
ko‘rsatkichlar (omillar) o‘zaro aloqada va bog‘liqlikda bo‘lgan bunday model
undan foydalanishda, bu haqiqatda jarayonlar kechishining sharoitlari va
omillarining tegishli o‘zgarishida qanday yuz bergan bo‘lsa, xuddi shunday yoki
taxminiy xulosalar chiqarishga imkon beradi.
Aholining turmush darajasini tadqiq qilish usullarini takomillashtirish va bu
tadqiqot natijalaridan foydalanish hisobga olish va hisob-kitobni, ularning to‘laligi
va ishonchliligini barcha choralar bilan yaxshilashni, hisob-kitoblarning xalqaro
standartlariga o‘tishni, milliy hisoblar tizimini qo‘llash amaliyotini rivojlantirishni,
shuningdek, iqtisodiy-statistik axborot to‘plashning yangi usullarini ishlab
chiqishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda oilalar tarkibi, aholi bandligi, daromadlari va
bu daromadlarning shakllanish manbalari, aholiga madaniy-maishiy xizmat
ko‘rsatish, bo‘sh vaqtni tashkil qilish, iste’molchilar talablari, qator ijtimoiy
masalalar bo‘yicha jamoatchilik fikri haqidagi axborotlarni to‘plash uchun tanlov
usulini qo‘llash anchagina kengaygan.
Shuni qayd qilish maqsadga muvofiqki, aholi turmush darajasi nafaqat
alohida oilalar, jamoalarning mehnati va iqtisodiy faolligi bilan, balki iqtisodiyotni
rivojlantirish samaradorligi va umuman milliy boylik darajasi, jamiyatdagi
ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning ahvoli va rivoji, ijtimoiy maqsadga qaratilgan
qonuniy asosning borligi yoki yo‘qligi bilan belgilanadi.


Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling