Mavzu: Akademik litseylarda fizika kursidan,,Ideal gaz qonunlari”ni bayon qilish uslubi Reja: Kirish


Download 138.39 Kb.
bet2/8
Sana25.10.2023
Hajmi138.39 Kb.
#1722657
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Akademik litseylarda fizika kursidan ,,Ideal gaz qonunlari”ni bayon qilish uslubi

Kurs ishining dolzarbligi – Ushbu mavzuga bag’ishlangan har qanday ilmiy-metodik ish dolzarb hisoblanadi.Shu sababli Akademik litseylarda fizika kursidan ideal gaz qonunlarini tadbiq qilish uslubi va o’qitish samaradorligini oshirishga bag’ishlangan.So’nggi so’z o’rnida shuni ayta olamanki hukumatimizning,prezidentimizning biz yoshlarga bildirgan yuksak ishonchini oqlashimizga,davlatimizning buyuk kelajagi yo’lida o’zimizning munosib xissamizni qo’sha olishimizga ishonaman.
Kurs ishining maqsadi – Oliy ta’lim muassasalarida -‘’Akademik litseylarda fizika kursidan ideal gaz qonunlarini tadbiq qilish uslubi’’uzviyligini ishlab chiqish va ushbu mavzuni o’qitish samaradorligini oshirish.
Kurs ishining vazifalari – kurs ishida nazariy va amaliy isbotni taqozo qiladigan ilmiy faraz, tadqiqot obyekti, predmeti, maqsadiga muvofiq quyidagi tadqiqot vazifalari xal qilinadi;

  1. Akademik litseylar ta’limining fizika kursida innovatsion texnologiyalarining umumiy masalalarini taxlil qilish;

  2. Akademik litseylarda fizika o’qitishning o’ziga xos tomonlarini o’rganish;

  3. Akademik litseylarda fanlararo bog’lanish muammosi;

Kurs ishining predmeti – Oliy ta’lim muassalarida ‘’Akademik litseylarda fizika kursidan ideal gaz qonunlarini tadbiq qilish uslubi” usullari va vositalari.
1.1.Akademik litseylarda aniq fan yo‘nalishida fizika fanining o‘qitilishi.
Insonning tafakkuri, aqliy salohiyati ijtimoiy boylik hisoblanadi. Ular har qanday jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini belgilaydigan omillardir. SHunday o’quvchilar borki, ular umumiy o’rta ta’lim jarayonida ma’lum yo’nalish bo’yicha o’zlarining iqtidorlarini, iste’dodlarini namoyon etadilar. Bu boylikdan oqilona foydalanish, uni to’g’ri yo’naltirish katta ahamiyat kasb etadi. Akademik litseylar aynan shu maqsadni amalga oshirishga, tarbiyalashga xizmat qiladi.
Shu maqsadda akademik litseylar uchun maxsus dastur ishlab chiqilgan. Mazkur dastur fizika asosiy chuqurlashtirilgan fan sifatida o’rganiladigan aniq fanlar yo’nalishida hamda fizika chuqur o’rganiladigan tabiiy fanlar yo’nalishidagi akademik litseylar uchun mo’ljallangan bo’lib, unda fizika kursi 3 ta qismga bo’lingan:

  1. “Mexanika va molekulalar fizika”.

  2. “Elektrodinamika asoslari”.

  3. “Tebranishlar va to’lqinlar”.

I-kursda mexanika va molekulyar fizika, II- kursda elektrodinamika asoslari, III-kursda esa tebranishlar va to’lqinlar, optika, atom va yadro fizikasi o’rganiladi. Har bir qism uchun alohida namunaviy tematik reja, ishlab chiqilishi va unda ko’rgazma va namoyishlar, hamda laboratoriya ishlarining ro’yxati keltirilishi kerak.
Dastur fizikaning N’yuton mexanikasidan boshlab elementar zarralar fizikasigacha bo’lgan barcha bo’limlarini hozirgi zamon talablarida o’rganishga mo’ljallangan. Uning har bir bo’limidagi mavzular nomi umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun fizika fani bo’yicha dasturdagi mavzular nomi bilan bir xil bo’lsa-da, ular mazmun va murakkablik darajasi jihatidan katta farq qiladi, qonunlar va jarayonlar qisman takrorlanishi bilan birgalikda ular umumiy holda chuqurroq qaraladi, shuningdek, ularning ro’y berish hamda bajarilish shart-sharoitlari tahlil qilinishi ko’zda tutiladi. SHu jumladan hozirgi zamon fizikasining texnikada va texnologiyada qo’llanilishi va uning muammolari bilan tanishtiriladi.
Kurs, o’quvchisini fizik hodisalarni o’rganishga qiziqtirish, fanning fundamental asoslarini o’rganish ko’nikmalarini hosil qilishga qaratilgan.
Dastur shunday tuzilganki, o’quvchilar litseyda umumiy fizikadan yetarlicha chuqur bilimga ega bo’lib, oliy o’quv yurtlarida esa o’zlari tanlagan mutaxassislik bo’yicha tayyorlanishga ko’proq vaqt ajrata olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
So’nggi yillarda fizika sohasida ko’pgina o’zgarishlar bo’ldi. Yarim o’tkazgichlar fizikasida, plazma fizikasida, elementar zarralar fizikasida mikroelektronika va uning yutuqlari asosidagi EHMning yangi avlodida, nochiziqli optikada, yadro fizikasida katta rivojlanishlar bo’ldi. Bu o’zgarishlar mazkur dasturda o’z aksini topgan.
Shu bilan birga dasturda O’rta Osiyo va O’zbekistonda fizikaning rivojiga hissa qo’shgan o’zbek olimlariga, asosiy fundamental fizik qonuniyatlarga, hozirgi zamon fizikasining texnika va texnologiyada qo’llanilishi, hamda uning muammolariga alohida ahamiyat berilgan. Barcha qonun va qonuniyatlarning bajarilish shart-sharoitlariga to’xtalib o’tilishi talab qilingan.
Akademik litseylar uchun bir o’quv yiliga 240 soat ajratilgan bo’lib, uning 80 soati ma’ruzaga, 120 soati masala yechish mashg’ulotlariga, 40 soati laboratoriya ishlarini bajarish va uning natijalarini qayta ishlashga sarflanishi rejalashtirilgan. Laboratoriya soatlaridan foydalanish imkoniyati kam bo’lgan litseylarda bu soatlarni o’quvchilarning nazariy bilimlarini mustaxkamlashga sarf qilish mumkin.
Dasturda har bir kurs uchun ko’rgazma namoyishlar, laboratoriya ishlarining ro’yxati keltirilgan bo’lib, ulardan litsey imkoniyatiga qarab tanlab olinadi. “Dasturning mazmuni” da fizikaning har bir bo’limi bo’yicha o’quvchilar bilishi kerak bo’lgan mavzular, qonunlar va tushunchalar aks etgan.
Bugungi kunda fizika ta’limi mazmunini ifodalovchi uchta dastur mavjud. Bular quyidagilar:
a) fizika – chuqur o’rganiladigan aniq fanlar va tabiiy fanlar yo’nalishidagi akademik litseylar dasturi.
b) gumanitar yo’nalishdagi akademik litseylar va barcha Akademik litseylar dasturi.
v) to’qqiz yillik o’rta umumta’lim maktablari dasturi.
Bu dastur turli guruh mualliflari tomonidan nashr qilingan. Biroq bu ijodiy guruhlar o’rtasida hamkorlik, hamjihatlik so’nmaydi. Buni biz tahlil jarayonida ko’rib chiqamiz.
Bugungi kunda qanday tipdagi maktab o’qituvchisi bo’lmasin uning asosiy vazifasi darsda o’quvchilarni samarali o’quv mehnatini tashkil etish bo’lib, hisoblanadi.
Umumiy o’rta ta’lim maktabida fizika o’qitish dasturi 6-9 sinflarda jami 272 o’quv soatiga mo’ljallangan. So’ngra akademik litsey (gumanitar yo’nalish uchun) va Akademik litseylarda 160 soatga mo’ljallangan o’quv dastur asosida fizikani o’rganish davom etadi. Demak, o’quvchilar 6 sinfdan boshlab majburiy o’rta ma’lumotga ega bo’lgunga qadar 272+160=432 soat hajmda fizikadan saboq oladi.
Ikkinchi holda, matematika yo’nalishidagi akademik litseylarda fizikani o’rganishga 720 o’quv soat vaqt ajratilgan.
Bunda o’quvchi 272+720=992 soat davomida fizika o’rganadi.
Keyingi yillarda mazmunan yaqin fanlarni birlashtirish, (integratsiyalash) bo’yicha bir qator fikrlar bildirilmoqda va ayrim yo’nalishlarda amaliyotga joriy qilinmoqda.
Jumladan, o’rta umumta’lim maktablarida fizika va astronomiya birgalikda o’qitilmoqda. Astronomiya fani materiallaridan bir qismi, fizika kursi ichiga kiritilgan bo’lib, fizikaning bir bo’limi sifatida o’qitiladi.
Ayrim materiallar esa tabiatshunoslik fani tarkibiga kiritilgan.
Shunday qilib, o’rta umumta’lim maktablarida, akademik litseylarda, Akademik litseylarda fizika o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari, kasbga yo’nalganligi kabi tomonlariga ahamiyat berilishi kerak. turli tipdagi maktablarda fizika o’qitishning o’ziga xos xususiyatlari o’rta umumta’lim maktablari, akademik litsey, Akademik litseylarda, fizika ta’lim mazmunida integratsion o’quv predmetlarining yaratilishiga ko’proq ahamiyat berilmoqda.
Umumiy o’rta ta’lim maktablarda fizika ta’limining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
- o’quvchilarni fizik hodisalar, tushunchalar, kattaliklar, modellar, qonunlar, o’lchashlar fizikaning amaldagi tatbiqlari.

Download 138.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling