Mavzu: Akademik litseylarda fizika kursidan,,Ideal gaz qonunlari”ni bayon qilish uslubi Reja: Kirish


Download 138.39 Kb.
bet1/8
Sana25.10.2023
Hajmi138.39 Kb.
#1722657
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Akademik litseylarda fizika kursidan ,,Ideal gaz qonunlari”ni bayon qilish uslubi



Mavzu: Akademik litseylarda fizika kursidan ,,Ideal gaz qonunlari”ni bayon qilish uslubi
Reja:

  1. Kirish.

1.1.Akademik litseylarda aniq fan yo‘nalishida fizika fanining o‘qitilishi.

  1. Asosiy qism.

    1. Molekulyar fizika bo‘limini o‘qitilish uslubi.

    2. Ideal gaz qonunlari o‘qitish metodi.

2.3. Fizika fanining ideal gaz qonunlari mavzusini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

  1. Xulosa.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.

I.Kirish.
Hozirgi o’tish davrida milliy dasturda aytilganidek, ta’lim taraqqiyotining rivoji maqsadida o’rta maxsus bilim yurtlari (akademik litseylar) va o’rta maxsus kasb-hunar o’quv yurtlari (kollejlar) tashkil etildi. 9 yil davomida maktablarda o’quvchilar umumiy tayanch ma’lumotni olsalar, o’rta maxsus bilim yurtlarida ular o’zlari tanlagan ta’lim yo’nalishni bo’yicha bilimlarini oshirish va oliygohlarga kirish uchun aniq maqsadga yo’naltirilgan fanlardan saboq olish imkoniyatiga ega bo’layaptilar.
Kollejlarda – talabalarga o’zlari tanlagan kasb-hunar yo’nalishlari bo’yicha maxsus bilim beriladi va kasb-hunar o’rgatiladi.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Mazkur o’quv yurtlari zamonaviy jihozlanganligi, o’qituvchi-pedagoglar saviyasi, o’qish jarayonining tashkil etilishi va talabalarga kamida 2-3 xil zamonaviy kasb-hunar bera olishi bilan oldingi professional texnika bilim yurtlaridan tubdan farq qilishi kerak”.
Shunday qilib, bu ikki turdagi 3 yillik maxsus ta’lim yo’nalishlarini o’quvchilar o’z istaklaridan kelib chiqib, ixtiyoriy tanlaydilar. SHu tariqa yoshlarning biron-bir shaklda bilimlarini takomillashtirish, muayyan kasb-hunar egasi bo’lib yetishishlari uchun sharoitlar yaratilayapti. O’quvchilarga 12 yillik umumiy va o’rta maxsus ta’lim berish davlat tomonidan kafolatlanadi. Bu yoshlarning bilim olishlari yoki hunar o’rganishlaridan tashqari, ularning bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy himoya qilinishini ta’minlaydi.
Akademik litsey va Akademik litseylarda umumiy ta’lim fani sifatida o’qitiladigan fizika kursining maqsadi, fizikadan fundamental bilim berish, fizik hodisalarni va olamning fizik manzarasini ilmiy asosda tushuntirish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini rivojlantirish, tabiatda va texnikadagi fizik jarayonlarni idrok etish salohiyatini oshirish, olgan bilimlarini ijtimoiy hayotga va xalq xo’jaligidagi faoliyatlari uchun tayyorlash, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni ta’minlashdan iborat. Hozirgi zamon Akademik litseylarda, akademik litseylarda ishlovchi o’qituvchi ko’proq izlanishi, ya’ni o’zining tirishqoqligi, noan’anaviy o’qitish usullaridan foydalanishi kerak.
SHuningdek, fizika fanining o’qitishni hozirgi zamon talab darajasiga ko’tarish va rivojlangan mamlakatlar andozasiga yaqinlashtirish kerakligi Akademik litseylarda fizika o’qitishning o’ziga xos tomonlari bilan farqlanadi.
Akademik litseylar – o’quvchilarning qiziqishlari va qobiliyatlarini hisobga olgan holda ularning jadal intellektual rivojlanishini, chuqurlashtirilgan, ixtisoslashtirilgan holda o’qitishni ta’minlaydi. Akademik litseylarda o’quvchilar o’zlari tanlagan yo’nalish bo’yicha bilimlarini oshirish va muayyan fanlar asoslarini chuqur, mukammal o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Download 138.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling