Мавзу: Акциз солиƒи ва унинг бюджет даромадини шакллантиришдаги тутган урни
-jadval Egri soliqlar bo’yicha daromadlar tarkibida aktsiz solig’ining
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
aksiz soligini hisoblash va budjetga tolash tartibini takomillashtirish
4-jadval
Egri soliqlar bo’yicha daromadlar tarkibida aktsiz solig’ining salmog’i dinamikasi (foizda) 18
2010 yil 2011 yil 2012 yil Egri soliqlar 100 100
100 Aktsiz solig’i 8.9 9.4
8.2 Jadval ma’lumotlaridan ko’rib turganimizdek, M.Ulug’bek tumani budjeti daromadlarida oxirgi yillarda aktsiz solig’idan tushumlar salmog’i nobarqarorlik tendentsiyasiga egaligini ko’rishimiz mumkin. Jumladan, 2009 yilda aktsiz solig’ining budjetning egri soliqlar bo’yicha daromadlardagi ulushi 8.9 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2010 yilda 9.4 foizni tashkil etgan, ya’ni 0.5 foizli punktga o’sganini ko’rish mumkin, 2012 yilda esa 8.2 foizni tashkil etgan holda, soliqning salmog’ini kamayganini ko’rish mumkin. Bu holatni tumanda aktsiz solig’i to’lovchilari sonini kamayganligi bilan izohlash mumkin.
4-diagramma. Egri soliqlar bo’yicha daromadlar tarkibida aktsiz solig’ining salmog’i dinamikasi (foizda) 19
18 M.Ulug’bek tuman DSI hisobot ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 19 M.Ulug’bek tuman DSI hisobot ma’lumotlari asosida tayyorlandi. 27
Bizga ma’lumki, respublikamizda aktsiz solig’i ikkita yunalishda, ya’ni respublikamizda yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan aktsiz osti tovarlaridan hamda respublikamiz hududiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan import qilinayotgan tovarlaridan undirilmokda. Mamlakatimizda yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilayotgan aktsiz osti tovarlaridan aktsiz solig’ini undirish Davlat soliq kumitasi zimmasiga yuklatilgan. Mamlakatimiz hududiga yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan tovarlardan aktsiz solig’ini undirish Davlat bojxona qo’mitasi vakolatiga berilgan. Aktsiz solig’i umumiy tushumida respublikamizda yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqariladigan alkogolli ichimliklar va tamaki mahsulotlariga to’lanadigan aktsiz solig’i summasi salmoqli o’rinni egallaydi. Uning umumiy aktsiz solig’i tushumidagi ulushi yildan yilga o’sib bormoqda. Buning sabablari, birinchidan, aroq mahsulotiga talabning o’sishi va ishlab chiqarish hajmining ortib borishi; ikkinchidan, aroq mahsulotiga aktsiz solig’i stavkalarining yuqori belgilanishi; uchinchidan, import qilinadigan aroq mahsulotlariga aktsiz solig’i stavkasining nixoyatda yuqori belgilanishi va ushbu import aroq mahsulotlari narxining aktsiz solig’i evaziga yuqori darajada bo’lishi va xokazolar. Umumiy qilib aytganda, aktsiz solig’i budjet daromadlarining ishonchli va barqaror manbasiga aylangan.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling