37
Aktsiz to’lanadigan tovarlar ro’yxati ham O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadi. Aktsiz solig’i stavkalari tovarning
qiymatiga nisbatan foizlarda (advalor) va (yoki) naturada ifodalangan o’lchov
birligiga mutlaq summada (qat’iy) belgilanadi. Buni quyidagi chizmada ham
ko’rish mumkin:
3-chizma. Aktsiz solig’i stavkalarining tabaqalashuvi
27
Bizga ma’lumki, aktsiz solig’i O’zbekiston Respublikasi hududida
to’langan xom ashyodan (mahsulotdan) aktsiz osti tovarlari ishlab chiqarilgan
taqdirda, xom ashyo (mahsulot) bo’yicha to’langan aktsiz solig’i summasi ishlab
chiqarish harajatlariga kiritilmaydi, balki tayyor mahsulotning sotilgan hajmi
bo’yicha budjetga to’lanadigan aktsiz solig’i summasini aniqlash chog’ida
hisobga olinishi kerak.
Alkogolli mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan xom ashyo (spirt)
bo’yicha aktsiz solig’ini hisobga olish tartibini tahlil etamiz:
27
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi asosida tayyorlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: