Mavzu: Akkumlyator batareyasining texnik holatini aniqlash Laboratoriya ishini o’tkazishdan
Download 361.62 Kb.
|
1 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jihozlar va tavsiya etilgan o’quv ko’rsatmalar
- 1 - rasm. Qo’rg’oshin-kislotali akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi.
Laboratoriya ishi № 3Mavzu: Akkumlyator batareyasining texnik holatini aniqlash Laboratoriya ishini o’tkazishdan maqsad: Akkumulyator batareyasini tuzilishi va ishlashi haqida bilimlarini mustahkamlash. Tekshiriladigan akkumulyator batareyasini turi va belgilanishini o’rganish. To’liq zaryadlangan va zaryadsizlanganda elektrolitni zichligini o’rganish. NIIAT-AG yoki AZ-3 yuklanish vilkasi ishlatishni o’rganish. Elektrolitlar tarkibini o’rganish. Voltimetrlarni ishlashini o’rganish. Kuchlanish bo’yicha akkumulyator batareyasini holatini aniqlash. Jihozlar va tavsiya etilgan o’quv ko’rsatmalar:Areometr Haroratni o’lchash uchun termometr va Voltmetr Yengil avtomobilini akkumlyator batareyasi Akkumulyator batareyasidagi nuqsonlarni aniqlaydigan voltimetrlar Akkumlyator batareyasini tekshirish jihozlari Rangli plakatlar va o’quv jihozlari Avtomobilda ishlatiladigan 6-ST-60 akkumulyator batareyasi. 1 - rasm. Qo’rg’oshin-kislotali akkumulyatorlar batareyasini tuzilishi.1 - bak tubidagi chiqiq qovrg’a; 2 - separator; 3 - manfiy qutb plastinasi; 4 - musbat qutib plastinasi; 5 - qutbli shtir’; 6 - qobiq; 7- qopqoq; 8 - elektrolit quyish qopqog’i; 9 - musbat qutbli chiqish; 10 - ko’prikcha peremichka; 11 - manfiy qutbli chiqish; EMS marka quyidagilarni bildiradi: 6 yoki 3 raqamlari batareyalardagi akkumulyatorlar sonini, uning qismlardagi nominal kuchlanishni (birinchi holatda 12 V ikkinchi holatda 6V, ya’ni akkumulyatorlar sonini 2V ga ko’paytirish kerak); akkumulyatorlar sonidan keyingi T harfi “og’ir” degan so’zni bildiradi. Bunday batareyalar o’zining pishiqligi bilan ajralib turadi, ulardan traktor va kombaynlarda foydalaniladi; ST startyor tipidagi batareya; 45 va 150 sig’imi (A. soatda); P va E batareya baki qanday materialdan yasalganini bildiradi (mos ravishda plastmassa yoki ebonit); M yoki MS separatorlar qanday materialdan yasalganini (miplast yoki shisha kigizli miplast, R mipor yoki rezina); Z batareya quruq zaryadlanganligini bildiradi; bunday batareyalar quruq separatorlari bor zaryadlangan plastinalardan yig’iladi. Download 361.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling