Imtiyozli aksiya egalari dividendlarni, shuningdek, aksiyadorlik jamiyati tugatilganda aksiyalarga qo‘yilgan mablag‘larni birinchi navbatda olish huquqiga egadir. Imtiyozli aksiyalar ularning egalariga, korxona foyda ko‘rish-ko‘rmasligidan qa’tiy nazar, muayyan dividendlar olish huquqini beradi.
Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatining aksiyalari faqat egasi yoziladigan aksiyalar bo‘lishi mumkin, ularni boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi ustavda belgilanib qo‘yiladi. Yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlariga aksiyalar o‘rniga ularning nominal qiymatiga teng summada sertifikatlar berishi mumkin.
Chiqariladigan aksiyalarning xillari, ularni tarqatish va joylashtirish, ular bo‘yicha dividendlarni to‘lash tartibini har bir aksiyadorlik jamiyati o‘zining Ustaviga asosan amalga oshiradi. Aksiya bo‘linmasdir. Bu degani aksiyaga bir necha kishi egalik qilishi mumkin (masalan, er va xotin). Lekinda aksioner jamiyatining yig‘ilishida ular bir ovozga ega bo‘ladi. Aksiya mulkka egalik qilish huquqini shartli ravishda beradi. U zayom emas. Aksiyada qoplash muddati ko‘rsatilmaydi. Aksiya egasining javobgarligi faqat uning ixtiyoridagi aksiya miqdori bilan chegaralangandir. Shuning uchun ham u jamiyat uchun javob bermaydi.
Qoidaga ko‘ra, barcha oddiy aksiyalar bir xil hisoblanadi, chunki ular bir xil huquqlar taqdim etadi, lekin imtiyozli aksiyalar turli xillarda (sinflarda) bo‘lishi mumkin. Shu sababli dunyoda qo‘shimcha aksiyadorlar jalb qilish va ularga investitsiya kiritish uchun qiziqarli sharoitlar taklif qilish maqsadida turli xildagi imtiyozli aksiyalar chiqarish amaliyoti yuzaga kelgan.
Kumulyativ aksiyalar – bu ular bo‘yicha dividendlar to‘liq yoki qisman to‘lanmaganda dividendlar jamg‘arib boriladigan aksiyalar. Kompaniya nizomida dividendlar hajmi va ular bu muddatdan kechikmasdan to‘lanishi zarur bo‘lgan muddat belgilab qo‘yiladi. Agar bunday to‘lov muddati beglingan bo‘lmasa, aksiya kumulyativ hisoblanmaydi.
Konvertatsiya qilinadigan aksiyalar – bu belgilangan davr mobaynida oddiy aksiyalarga yoki imtiyozli aksiyalarning boshqa turlariga almashtirish mumkin bo‘lgan aksiyalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |