Mavzu: Aksiyador korxonalarning iqtisodiyotda tutgan o`rni


Download 41.87 Kb.
bet4/5
Sana13.04.2023
Hajmi41.87 Kb.
#1355538
1   2   3   4   5
Bog'liq
Iqtisod

Investitsion faoliyat
Korxonalar xo`jalik yuritish va ishlab chiqarish faoliyatining muhim jiqatlaridan biri ishlab chiqarish va iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va saqlab qolishdir. Korxonalarning bu yo`nalishdagi faoliyati investitsion faoliyat deb ataladi hamda “Investitsion faoliyat to`g`risida” gi Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Investitsiyalar − korxonalar va xalq xo`jaligi miqyosida yangi ishlab chiqarish korxonalari yaratish yoki mavjud korxonalarni zamonaviylashtirish, ilg`or texnika va texnologiyalarni o`zlashtirish, maxsulot ishlab chiqarish va foyda (daromad) olishni ko`paytirish maqsadida uzoq muddatli mablag`lar kiritilishidir. Investitsiyalar ijtimoiy ishlab chiqarish tuzilmasini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi nomutanosibliklarini bartaraf qilish va iste`mol bozorini ta`minlashda alohida e`tiborga ega. Investitsiyalarni shakllantirish va ulardan foydalanish, mamlakat va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning investitsion siyosati asosida amalga oshiriladi. Bu siyosat birinchidan, kapital qo`yilmalarning ustivor yo`nalishlarini, ikkinchidan, ishlab chiqarish kuchlarini to`g`ri joylashtirish va rivojlantirish, uchinchidan, fan-texnik taraqqiyoti va butun iqtisodiyotning rivojlanishini belgilab beradi. Investitsiyalarning “xo`jayini” sifatida korxonalarning o`zidan tashqari, davlatni, mahalliy hokimiyat idoralari va xususiy tadbirkorlarni ko`rsatish mumkin. Ko`pincha investitsiya deganda kapital qo`yilmalar ko`zda tutiladi, bu narsa investitsiyalar tabiatini inkor qilmaydi va ularning moxiyatini noto`g`ri aks ettirmaydi. Investitsiyalar, bozor iqtisodiyotidagi boshqa, jumladan, biznes, raqobatchilik, ishbilarmonlik tushunchalari kabi, ma`muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o`tilayotgan bugungi kunlarda xo`jalik yuritish nazariyasi va amaliyotida o`z o`rnini topmoqda. Shu bilan birga, “kapital qo`yilmalar” atamasining o`z izohlari ham mavjud. Kapital qo`yilmalar asosiy fondlarni qayta tiklash va o`stirish uchun sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslaridir. Ular asosan bir vaqtning o`zida amalga oshiriladigan xarakterga ega bo`lib, ishlab chiqarish xarajatlari yoki maxsulot tannarxi shaklidagi, joriy xarajatlardan farq qiladi. Kapital qo`yilmalar maqsadli xarakterga ega bo`ladi qamda xodimlarga mukofot to`lash, xizmat safari (komandirovka) xarajatlari va qokazolarga sarflanishi mumkin emas. Moliyaviy Moliyaviyinvestitsiyalar investitsiyalar qimmatbaqo qog`ozlar, aktsiya va obligatsiyalar sotib olish, pul mablag`larini banklarga foiz olish maqsadida depozit qisob raqamlariga qo`yish bilan ifodalanadi. 149 Real investitsiyalar investitsiyalar pul mablag`larini kapital qurilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni ifodalaydi. Real investitsiyalar korxona, tarmoq va butun xalq xo`jaligining kuch-quvvatini belgilab beradi. Investitsiyalar avvaldan o`ylab ko`rilgan maqsad va birinchi o`rinda investitsion loyiqa asosida korxona ishlab chiqarish potentsialini mustaqqamlash va rivojlantirish vazifasini bajaradi. Investitsiya Investitsiya loyiqasi loyiqasi kapitalni korxonani uning ishlab chiqarish quvvati va boshqa sifat ko`rsatkichlarini kuchaytirish maqsadida rivojlantirish va kengaytirishga kiritishni rejalashtirish va amalga oshirish bo`yicha chora-tadbirlar majmuasidir. Investitsiya loyiqasini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o`z ichiga oladi: •investitsiyaviy g`oya(fikr)ni shakllantirish; •g`oyaning dastlabki asoslanishi; •loyiqada ko`zda tutilgan texnik qarorning taqlili; •sertifikat talablarining bajarilishini tekshirish; •investitsiya loyiqasi bo`yicha davlat boshqaruv idoralari bilan kelishuv yuzaga keltirish; •axborot memorandumini tayyorlash. YUqorida ko`rsatilganlarni amalga oshirgandan so`ng loyiqani ishlab chiqish va texnik-iqtisodiy asoslab berish (tushuntirish xatidan to investitsion mo`ljallarning maqsad va vazifalari qamda kutilayotgan natijalar aks ettiriluvchi loyiqa-smeta qujjatlarigacha) zarurati tug`iladi. Investitsiyalar, ayniqsa gap yangi qurilish, faoliyat ko`rsatayotgan korxonalarni kengaytirish yoki qayta tiklash qaqida ketganda, investitsion jarayonlar bilan chambarchas bog`liq bo`lib, bu jarayonlar investitsion maqsadlarni zamon va makonda bog`laydi. Investitsion jarayonlarning quyidagicha tarkibiy qismlari mavjud: loyiqalashtirishdan avvalgi asoslash, loyiqalashtirish, bevosita ob`ekt qurilishi (korxonani kengaytirish yoki qayta tiklash) va ishga tushirilishi. Korxonalar uchun investitsiya jarayonining so`nggi bosqichi muqim aqamiyat kasb etadi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan yangiliklar ekspluatatsion sinovlardan o`tkazilib, amaldagi va loyiqa ko`rsatkichlari baqolanadi qamda investitsiya jarayonining xuddi shu jarayonida qal qilinishi lozim bo`lgan chetga og`ish va kamchiliklar aniqlanadi.
Korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini tashkil qilishda mehnat qurollari (asosiy fondlar) va ishchi kuchidan tashqari, aylanma mablag`larga ham ega bo`lishlari zarur. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarishning aylanma fondlari va muomala fondlarini tashkil qilishga mo`ljallangan pul mablag`laridan iborat. Aylanma mablag`lar, qoidaga ko`ra, korxonaning hisob raqamida naqd pul ko`rinishida jamg`ariladi. Qar bir korxonaning aylanma mablag`lari asosiy fondlarning texnik qolati va maqsulot ishlab chiqarish dasturi bilan bog`liq. Korxona qanchalik katta va uning ishlab chiqarayotgan maqsulotlari turlari ko`p bo`lsa, aylanma mablag`lar shunchalik ko`p talab qilinadi. Aylanma mablag`lar ishlab chiqarish va uning uzluksizligini ta`minlashning moddiy asosi qisoblanadi. “Aylanma mablag`lar ” atamasidan tashqari “aylanma kapital” iborasi ham ko`p qo`llanilib, asosan iqtisodiy nazariya va xo`jalik yuritishning xorijiy tajribasidan olinadi. Mohiyatiga ko`ra, aylanma aylanma aylanmakapital kapital kapital korxona ishlab chiqarish kapitalining bir qismi bo`lib, uning qiymati ishlab chiqarishning qar bir tsiklida ishlab chiqarilgan maqsulotga o`tkaziladi qamda ushbu tovarni sotgandan so`ng korxonaga qaytariladi. Aylanma kapital ko`pincha korxonaning pul mablag`lari qisoblanuvchi yoki ishlab chiqarish jarayonida pul mablag`lariga aylantiriluvchi qarakatchan aktivlari qatoriga kiritiladi. Iqtisodiy tabiati, bajaruvchi vazifalari va ishlab chiqarish jarayonidagi o`rniga ko`ra, “aylanma mablag`lar” va “aylanma kapital” o`rtasida sezilarli farq yo`q. Korxona doimiy kapitalining tarkibiy qismi sifatida ular xom ashyo, yoqilg`i, energiya resurslari, yordamchi va boshqa materiallarda yuzaga keladi, shuningdek, ishchi kuchlarini yollash va ularning meqnatiga qaq to`lashga bo`nak (avans) tariqasida beriladi. Aylanma mablag`larga bo`lgan qo`shimcha talab banklardan olinadigan kreditlar qisobiga qoplanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalarning aylanma mablag`larga etarli tarzda ega bo`lishi ularning normal faoliyat yuritishi garovi qisoblanadi. SHuni qam unutmaslik zarurki, ishlab chiqarayotgan maqsulot birligiga sarflanuvchi xom ashyo, material, yoqilg`i va energiya miqdori maqsulot sifatiga ta`sir ko`rsatmagan qolda qanchalik kam bo`lsa, maqsulot shunchalik arzonlashadi qamda aylanma mablag`lar kamroq sarflanib, ulardan foydalanish samaradorligi yuqori bo`ladi.

Xulosa
Men ushbu mustaqil ishimda iqtisodiyotda yuqori o`rinda turuvchi aksiyador korxonalar bilan yaqindan tanishdim. Ushbu mustaqil ishimni bajarish davomida aksiyadorlar jamiyati – daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati hisoblanishini, aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko‘rsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yo‘li bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etishini, aksiya egalari dividend shaklida daromad olishlarini, aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi ko‘rinishlari borligini: Yopiq aksiyadorlar jamiyati – aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning o‘zi bilan cheklanishini, aksiyalar faqat ularning o‘rtasida tarqatilishini, ochiq aksiyadorlar jamiyati – jamiyat aksiyalari erkin sotilishi va sotib olinishi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi bo‘la olishini, aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga to‘plab biznesga qo‘yish uchun tuzilishini, uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi, taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar bo‘lishi mumkinligini, aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni to‘plab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital bo‘la oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qo‘yishdan iboratligini, aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi – aksiyadorlar majlisi, so‘ngra – direktorlar kengashi va quyi bo‘g‘ini – bo‘linmalar boshqarmasidan iboratligini, aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi o‘zgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini ko‘rib chiqishi va tegishli qarorlar qabul qilishini, dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo bo‘lganligini, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olganligini, O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo bo‘lganligi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy o‘zgarishlarning yo‘nalishlaridan biriga aylanaganligini, islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topganligini, uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshlanganlgini, O‘zbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishlaganligini, O‘zbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga kirishini, aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish ko‘rishinj bilib oldim.



Download 41.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling