Mavzu: Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirishga xorijiy kapitalni jalb etish masalalari


Download 119.1 Kb.
bet3/12
Sana20.12.2022
Hajmi119.1 Kb.
#1034493
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini moliyalashtirish

SF = (EBIT – I) x (1 – T) + DA x T – DIV
Bu yerda:
EBIT – foiz va soliqlar toʻlangunga qadar foyda;
I – qarzlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlar (foiz toʻlovlari);
T – foyda soligʻi stavkasi;
DA – amortizatsiya;
DIV – mulkdorlarga dividend toʻlovlari.
Yuqoridagi formuladan koʻrinib turibdiki, korxonaning oʻz-oʻzini moliyalashtirish qobiliyatiga moliyaviy-xoʻjalik faoliyati davomida amalga oshiriladigan qarz, amortizatsiya va dividend siyosati bevosita ta’sir koʻrsatadi. Moliyalashtirishning ichki manbalari afzalliklariga qaramasdan, ular miqdor jihatdan korxona moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini kengaytirishga, investitsion loyihalarni amalga oshirishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga va boshqalarga yetarli emas. Shundan kelib chiqqan holda tashqi manbalar hisobiga oʻz moliyaviy resurslarini qoʻshimcha shakllantirish zarurati yuzaga keladi. Korxonalarda oʻz mablagʻlarini shakllantirishning tashqi manbalari.Korxona ta’sischilarning qoʻshimcha badallari va qoʻshimcha aksiyalar chiqarish hisobiga ustav kapitalini oshirish yoʻli bilan oʻz mablagʻlarini shakllantirish mumkin. Qoʻshimcha xususiy kapital jalb qilish imkoniyatlari va usullari biznesni tashkil etishning huquqiy shakliga bevosita bogʻliq. MChJlar ustav kapitali uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatlaridan tarkib topadi. Bunda ustav kapitalining minimal miqdori jamiyatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi eng kam oylik ish haqining qirq baravaridan kam boʻlmasligi lozim. MChJning har bir ishtirokchisi ta’sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav kapitaliga oʻz hissasini toʻliq kiritishi kerak. Agarda MChJ faqat kredit tashkiloti sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilayotgan boʻlsa, roʻyxatdan oʻtish sanasiga qadar har bir ta’sischi ta’sis hujjatlarida koʻrsatilgan jamiyatning ustav kapitalidagi oʻz hissasining kamida oʻttiz foizini kiritishi shart. 3Naqd pul yoki naqd pulda ma’lum bir bahosiga ega boʻlgan boshqa mol-mulklar MChJlarning ustav kapitaliga qoʻshiladigan hissalar boʻlishi mumkin. MChJ ta’sischilari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslar tomonidan jamiyatning ustav kapitaliga qoʻshiladigan mol-mulklarning naqd puldagi bahosi jamiyat ishtirokchilari umumiy yigʻilishida barcha ta’sischilar tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qaror bilan tasdiqlanishi lozimligi belgilab qoʻyilgan.
MChJ ustav kapitali toʻliq shakllantirilgandan soʻng ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish mumkin. Ustav kapitalini oshirish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
- jamiyatning mol-mulki hisobiga;
- ta’sischi yoki mulkdorlarning qoʻshimcha hissalari hisobiga;
- jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga.
MChJ ustav kapitalini jamiyatning mol-mulki hisobiga oshirish oldingi hisobot yillarida erishilgan moliyaviy natijadan kelib chiqqan holda korxona ixtiyorida qolgan foydani ustav kapitaliga yoʻnaltirish orqali amalga oshiriladi.Ta’sischi (mulkdor)lar tomonidan qoʻshimcha hissalar qoʻshish hisobiga jamiyat ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilishda qoʻshimcha hissalarning muayyan umumiy qiymati, jamiyat har bir ishtirokchisining qoʻshimcha hissasi qiymatining miqdori, ishtirokchilar tomonidan qoʻshimcha hissalarni toʻliq qoʻshish muddati belgilanishi kerak. Agar MChJ ta’sis hujjatlarida ustav kapitalida boshqa shaxslarning ishtiroki taqiqlanmagan boʻlsa, boshqa shaxslarni jamiyatga qabul qilish va hissa qoʻshish toʻgʻrisidagi arizalari asosida jamiyatning ustav kapitalini oshirish toʻgʻrisida bir ovozdan qaror qabul qilishi mumkin. Bu borada ham qaror qabul qilishda hissani qoʻshish tartibi, miqdori, usullari va muddati koʻrsatilgan boʻlishi talab etiladi. Qoʻshimcha hissalarni qoʻshishning muddati tugagan kundan e’tiboran bir oydan kechiktirmay oʻzgartishlarni jamiyatning ta’sis hujjatlariga kiritish toʻgʻrisida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi tomonidan qaror qabul qilinishi kerak.Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali aksiyadorlar olgan jamiyat aksiyalarining nominal qiymatidan tashkil topadi va O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasida ifodalanadi. Muomalaga chiqariladigan barcha aksiyalarning nominal qiymati bir xil bo‘ladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari oddiy aksiyalarni joylashtirishi shart, shuningdek, imtiyozli aksiyalarni ham joylashtirish imkoniyatiga ham egalar. Joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav kapitalining yigirma foizidan oshmasligi kerak. Aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalining eng kam miqdori jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanada O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo‘yicha 400 ming AQSh dollariga teng summadan kamni tashkil etmasligi kerak. Jamiyatning ustav kapitalini jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko‘p muddati jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi lozim.Shu oʻrinda boshqa aksiyadorlik jamiyatlari ustav kapitali boʻyicha ham minimal talablarni keltirish maqsadga muvofiq. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009-yil 15-avgustdagi “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qaroriga bilan tasdiqlangan “Banklarni roʻyxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan tijorat banklari ustav kapitali eng kam miqdori quyidagicha belgilangan:
- banklar uchun – 10 mln yevro ekvivalentida;
4- xususiy banklar uchun – 5 mln yevro ekvivalentida.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 31-maydagi “Sugʻurtachilarning moliyaviy barqarorligini yanada oshirishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qaroriga asosan sugʻurta kompaniyalari ustav kapitali eng kam miqdori quyidagi jadvalda keltirilgan Sugʻurtachilar uchun ustav kapitalining eng kam miqdorlari

Download 119.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling