Mavzu: Aktinoidlar ishlatilish sohalari va eng muhim birikmalari Reja


AKTINOIDLAR GEKSAFTORIDLARINI OLINISH METODLARI


Download 345 Kb.
bet2/16
Sana20.12.2022
Hajmi345 Kb.
#1036662
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Aktinoidlar

AKTINOIDLAR GEKSAFTORIDLARINI OLINISH METODLARI
Aktinoidlar geksaftoridlarini sintez metodlari.
Hozirgi kunda uran, neptuniy va plutoniy geksaftoridlari mavjud. Uran, neptuniy va plutoniy geksaftoridlarini olish uchun har qanday ftorlovchi reagentlardan foydalanish mumkin, ularni qattiq, suyuq va gazsimon holatlarda qo’llash mumkin. Masalan, oddiy ftor, galogenftoridlar (ClF, ClF3, BrF3, BrF5, IF5, IF7), xlor oksoftoridlari (ClO2F, ClO3F), kislorod ftoridlari(F2O, F2O2), oltingugurt ftoridlari (SF4, SF6), nodir gazlar (XeF2, XeF4, XeF6, KeF2) va boshqa metallarning ftoridlari (AgF2, HgF2, VF5, CoF6, PdF3, PtF6) ni ftorlovchi reagent sifatida qo`llash mumkin.
Ftor bilan ftorlash
Ftor universal ftorlovchi agentlar qatoriga kiradi. Ular U, Np va Pu geksaftoridlarini sintezlashga imkoniyatlar yaratadi. Uni yuqori kimyoviy faollik ajratadi. U bevosita hamma nometallar bilan kirishadi, istisno sifatida azot va yengil nodir gazlar (He, Ne, Ar) metallar ularni eng yuqori oksidlash formasiga o’tkaziladi. Berilgan ishlar bo’yicha tuzilgan 2-jadvalda amaliy qiziqishni keltirib chiqaradigan U, Np va Pu birikmalarning gazsimon ftor bilan ftorlash qoidalari ko’rsatilgan.
U–Np–Pu–Am– geksaftoridlar yaratish qobilyati qatori. Urandan plutoniygacha aktinoidlar tetraftoridlarini ftorlash tezligi kamayib boradi:
UF4 > NpF4 > P4F4.
Uran va uning birikmalarni geksaftoridgacha ftorlash reaksiyasi juda katta miqdordagi issiqlik chiqishi bilan boradi. Ftorlash reaksiyasidagi entalpiyani o’zgarishi ( Hf0298) quyidagi qatorda susayadi:
UO2 > U3O8 > UO3 > UO2F2 > UF4.
Ftorlash reaksiyasida ftor bosimini oshirish natijasida reaksiya tezlashishi kuzatiladi. Ftorning bosimi baland (5MPa) bo’lganda ftorlash temperaturasini 413 K gacha pasaytirish mumkin.
UF4 ni ftor bilan reaksiyasi tadqiqotini, bosim ostida ikki bosqichda o’tkazamiz:
2UF4 + F2 → 2UF5
2UF5 + F2 → 2UF6
353 K temperaturada shuni ko’rsatadiki, bunda birinchi bosqichda tezlik ftor bosimini 0,4 dan 1,1 MPa gacha oshirganda va solishtirma sirtni UF4 6103 dan 104 m2/ kg gacha oshirganda ortadi.
NiF2 va CuF2 katalizatorlar ishtirokida UF4 va UO2F2 larni F2 bilan katalitik ta’sir ko’rsatadi, ularni tezligini bir necha marotaba oshiradi. Ular ftor bo’yicha reaksiyani tartibini kamaytirishi mumkin, birdan ham kam qiladi, shuningdek faollanish energiyasini oshirishi, kamaytirishi yoki o’zgarmas qilishi mumkin. PuO2 va PuF4 larni katalitik ftorlash ma’lumotlari 3 - jadvalda keltirilgan.

katalitik harakterga ega, ammo ularning plutoniy birikmasi bilan ftorlovchi protsessi ta’siri UF4 nikiga qaraganda kam darajada. Ftorlanuvchi birikmada katalizatorni oshirilishi bilan reaksiyani tezligi oshiriladi, maksimumga yetgandan keyin kamayadi. NiF2, CoF3 ga qaraganda ancha katta katalitik harakatga ega.


UF6 va PuF6 larni hosil bo’lish jarayonida BiF5 ni ham katalizator sifatida qo`llash mumkin. CaF2 va MgF2 larni UF4, UO2 va UO2F2 larga ftorlash jarayonidagi ta’siri ustida tadqiqotlar o’tkazilgan. Oldingi katalizatorlardan farqli o’laroq bu ftoridlar mahsus tayyorlashni talab qilmaydi, chunki uran chiqaruvchi qo’shimcha mahsulot hisoblanadi. MgF2 ni UO2 ga qo’shsak reaksiyani tezligini tahminan 3,5 marta oshiradi, CaF2 esa 9,5 marta. Agar katalizator yo’q bo’lsa UO2 ni ftorlash tezligi UF4 nikiga qaraganda 20 marta kamayadi, CaF2 ni qo’shganda esa faqat 3 marta kamayadi. UO2 va UO2F2 larni ftorlaganda CaF2 ning katalitik effekti MgF2 ga qaraganda kuchliroq ifodalanadi, ehtimol natijada uning solishtirma sirti ham ancha baland bo’ladi. CaF2 ni 0 dan 50% gacha massasini oshirish, UO2F2 ni ftorlash paytida reaksiyani tezligini 6 marta oshirgan.
Geksaftoridlarni sintezlashda past temperaturali metodlar bilan elementar ftorni qo’llash ma’lum. Yanаdа sаmаrаli ftоrlоvchi аgent sifаtidа аtоmаr ftоrni ko’rsаtish mumkin. Аyrim хоllаrdа uning reаksiоn qоbiliyati ftоrnikidаn 10 mаrtа kаttа bo’lаdi. Аtоmаr ftоr ishlаtishdа pаst hаrоrаtlаrdа (373 K dаn pаstdа) nоdir metаllаr (Os, Ir, Pt, Ru, Rh) geksаftоridlаrini sintez qilish mumkin, ulаrni оdаtiy ftоrlаsh yo’li bilаn оlish judа qiyin. Shuningdek nоdir gаzlаr (XeF2, XeF4, XeF6, KrF2) vа gаlоgenlаrning (ClF5, BrF5) ftоridlаri hаm pаst hаrоrаtdа (77 K) sintez qilingаn. Urаn tetrаftоridlаri vа оksidlаrini (UO2, U3O8) аtоmаr ftоr qo’llаb pаst hаrоrаtdа yuqоri tezlikdа geksаftоridlаrgа аylаntirish ko’rsаtilgаn. Ushbu usullardаn urаn birikmаlаrini аjrаtib оlish vа qo’shimchаlаrdаn tоzаlаshdа fоydаlаnilаdi.



Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling