Mavzu: Aktinomisetlar va nurli zamburug’lar reja


Download 23.24 Kb.
bet1/4
Sana13.12.2022
Hajmi23.24 Kb.
#999890
  1   2   3   4
Bog'liq
Aktinomitsetlar yoki nurli zamburug‘lar


Mavzu:Aktinomisetlar va nurli zamburug’lar

REJA:
1.. Aktinomitsetlar yoki nurli zamburug‘lar
2. Sanoat mikrobiologiyasi.
3. Tibbiyot mikrobiologiyasi.
4.Tadqiqot natijalari.
5. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar

Mikrobiologiya juda mayda, oddiy ko‘z bilan ko‘rinmaydi-gan, faqat optik asboblar yordamida yoki elektron mikroskoplar vositasida ko‘rinadigan mikroorganizmlarning morfologiyasi, si-tologiyasi, sistematikasi, fiziologiyasi va boshqa xususiyatlarini o‘rganadigan fandir.


Yorug‘lik mikroskopining kattalashtirishi 3000 martagacha bo‘ladi. U 0,1-0,2 mkm bo‘lgan zarralarni ko‘rish imkoniyatini beradi (1mkm (mikrometr) = 10-3mm).
Zamonaviy elektron mikroskoplarning ko‘rsatish qobiliyati 0,15 nm (1nm (nanometr) = 10-3mkm = 10-6mm) gacha bo‘lib, bunday elektron mikroskoplar ko‘rilayotgan namunalar (bakte-riyalar, viruslar) va ularning tashkil qiluvchi nozik qismlarini ham ko‘rish imkoniyatini beradi. Bunday mikroskoplar o‘rgani-ladigan obyektni 750000 martagacha kattalashtiradi. Odatda, mikroorganizmlar optik mikroskopda 1000-1500, elektron mik-roskopda esa 30000-100000 marta kattalashtirib ko‘riladi (Mi-shustin, Yemsev, 1987). Elektron mikroskop yordamida bakte-riya hujayrasining nozik strukturalari – xivchinlar, fimbriylar, pililar, hujayra devori, sitoplazmatik membrana, sitoplazmada joylashgan ribosoma, nukleoid, har xil zaxira moddalarning shakl-lari haqida to‘liq axborot olishga erishiladi.
Mikrobiologiya grekcha so‘z bo‘lib, mikros – mayda, bios – hayot va logos – fan demakdir. Mikrobiologiya mikroorganizm-lar – mikroskopik zamburug‘lar, suvo‘tlari, bakteriyalar, rikketsi­yalar, mikoplazma, virus, viroid va prionlarning morfologiyasi, fi­ziologiyasi, bioximiyasi, genetikasi, ekologiyasi va sistematika-sini o‘rganadigan fan.
Shuningdek, mikrobiologiya mikroorganizmlarning inson, hayvon va o‘simliklar hayotidagi ahamiyatini, tabiatda modda-larning aylanishi, turli yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atishi, tarqa-lishi haqida ham ma’lumot beradi.
Mikroorganizmlar olami g‘oyat boy va turli-tuman. Eng keng tarqalgan prokariotlarga bakteriyalar, aktinomitsetlar, sianobakte-riyalar (ko‘k-yashil suvo‘tlari) mansub bo‘lib, ular eng sodda va mayda organizmlardir. Ular boshqa tirik organizmlardan farqli bo‘lib, ular alohida olam - Prosariotae olamiga kiritiladi.
Mikrobiologiyaning o‘rganish doirasiga ba’zi eukariotlar ham, masalan, mitsella hosil qiladigan mikroskopik zamburug‘-lar (bir hujayrali va ko‘p hujayrali) kiradi. Ularning ko‘p qismini xaltali zamburug‘larga kiruvchi bir hujayrali achitqi zamburug‘-lari tashkil qiladi. Ularni mikologiya chuqur va har tomonlama o‘rganadi.
Mishustinning fikricha, mikroskopik tuzilishga ega bo‘lgan sodda hayvonlar (protozoalar), suvo‘tlaridan yashil suvo‘tlari ba’-zan mikrobiologiya kursida o‘rganiladi. Odatda, sodda hayvonlar-ni protozoologiya, mikroskopik suvo‘tlarini algologiya o‘rganadi.
Ayrim guruhni hujayrasiz, kimyoviy tuzilishi bilan boshqa mikroorganizmlardan tubdan farq qiladigan viruslar tashkil qila-di. Ular odam va hayvonlarda, o‘simliklarda, hasharotlarda, bak­teriyalarda, aktinomitsetlarda, sianobakteriyalarda turli-tu-man kasalliklarni qo‘zg‘atadi. Ular tuzilishining o‘ziga xosligi va ahamiyatining kattaligi yangi va maxsus fan – virusologiyani pay­­do qildi.
Mikrobiologiya biologiyaning nisbatan yosh tarmog‘i bo‘lib, u kun sayin rivojlanmoqda. Bioximiya, molekulyar biologiya, biotex-nologiya, agroximiya, fitopatologiya, veterinariya, tibbiyot, epide-miologiya, qishloq xo‘jaligi, sanoat, dengiz, geologiya, genetika, kosmik biologiya va boshqa fanlar bilan chambarchas bog‘liq. Maz­kur fanlarning yutuqlari, o‘z navbatida, ikkinchi fanga, jumla-dan, mikrobiologiyaning rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Mikroorganizmlar nihoyatda mayda bo‘lishidan qat’iy nazar tabiatda va jamiyatda muhim ahamiyatga ega.
asalan, oziq-ovqat sanoatida qatiq, qimiz, pishloq tayyor-lash, silos bostirish – sut kislotali bijg‘ituvchi bakteriyalarning faoliyatiga bog‘liq. Novvoychilik, turli ichimliklar (spirt, vino, pivo va h.k.) tayyorlash ham achitqilar ishtiroki bilan kechadi-gan jarayonlarga kiradi.
Ko‘plab foydali qazilmalarning (torf, toshko‘mir, neft, te-mir, oltingugurt rudalarining) hosil bo‘lishi ham bakteriyalar faoliyati bilan bog‘liq.
Chirituvchi bakteriyalar o‘simlik qoldiqlari, hayvon jasadlari va boshqa chiqindilarni parchalab, yer yuzini tozalaydi va ta-biatda moddalar aylanishini ta’minlaydi. Iflos suvlarni tozalash, ko‘mir konlarida metan gazini parchalash va havoni tozalashda ham mikroorganizmlarning roli katta.
Ko‘pgina mikroorganizmlar turli fiziologik faol moddalar: fermentlar (biologik katalizatorlar), vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulyatorlar va antibiotiklarni sintezlash xususiyatiga ega. Masalan, saxaromitset achitqilari 45-50% gacha oqsilni sin-tezlay oladi. Ba’zi bakteriyalar antibiotiklarni sintezlaydi: tirot-ritsin, batsitratsin, subtilin, polimiksin va boshqalar esa sirka kislotani sintezlaydi.

Download 23.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling