Mavzu: Aktinomisetlar va nurli zamburug’lar reja


Download 23.24 Kb.
bet2/4
Sana13.12.2022
Hajmi23.24 Kb.
#999890
1   2   3   4
Bog'liq
Aktinomitsetlar yoki nurli zamburug‘lar

Aktinomitsetlar yoki nurli zamburug‘lar streptomitsin, aureo-mitsin, neomitsin, tetratsiklin kabi antibiotiklarni sintezlaydi. Ho-zirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan antibiotiklarning 2|3 ulushini aktino-mitsetlar sintezlaydi.
Qishloq xo‘jaligida, ayniqsa, dehqonchilikda mikroorga-nizmlar muhim o‘rin tutadi, chunki ularning faoliyati natijasida tuproqda o‘simliklar uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalar to‘p-lanadi, natijada tuproqning unumdorligi ortadi, ekinlarning ho-sili ham yuqori bo‘ladi.
Tuproqda kechadigan jarayonlarning aksariyati, masalan, tuproqlarning hosil bo‘lishi, yerga ishlov berish, yerni o‘g‘itlash, sug‘orish, tuproqda ro‘y beradigan fiziologik ishqoriylik va kis-lotalikni (nordonlik) yo‘qotish, zax yerlarning suvini qochirish, organik o‘g‘itlar tayyorlash, ularni saqlash va ulardan foydala-nish mikroorganizmlarning faoliyati bilan bog‘liq.
Tuproqda uchraydigan azot to‘plovchi mikroorganizmlarni o‘rganish atmosfera azotidan foydalanish masalasini hal etishda muhim ahamiyatga ega. Akademik V.L. Omelyanskiy bir necha yillar muqaddam mikroblarga shunday ta’rif bergan: «Ular (mik-roblar) hamma joyda bor. Ko‘zga ko‘rinmasdan odamning hayot yo‘lida hamroh bo‘ladilar».
Lekin ba’zi bir mikroorganizmlar oziq-ovqat mahsulotlarining (go‘sht, baliq, don, kartoshka va rezavor mevalar) buzilishiga yoki turli-tuman yuqumli kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bu haqda V.L. Omelyanskiy shunday degan: «Mana shu mik-roskopik, lekin shafqatsiz dushman tufayli bir qancha viloyatlar xalqlarini qirib bitiradigan va qisqa muddat ichida yuzlab, minglab odamlarning yostig‘ini quritadigan xavfli epidemiyalar paydo bo‘l-gan». Masalan, vabo, sil, gonoreya, difteriya, kuydirgi, qoqshol va boshqa kasalliklar shular jumlasiga kiradi.
O‘simliklarni ham kasallantiradigan bir qancha ming bak-teriyalar, viruslar va viroidlar mavjud, ular ham o‘simliklar hosi-lining sifatiga va uning miqdoriga o‘ta salbiy ta’sir qiladi.
Suvo‘tlari, zamburug‘lar, nurli zamburug‘lar va bakteriyalarni ham o‘z kushandalari – viruslari bo‘lib, ularning xususiyatlarini o‘rganish mikrobiologiyaning maxsus tarmoqlari vazifalariga kiradi.
Mikrobiologiyaning bir qancha tarmoqlari mavjud:
Umumiy mikrobiologiya;
– Tibbiyot mikrobiologiyasi;
– Qishloq xo‘jalik mikrobiologiyasi;
Veterinariya mikrobiologiyasi;
– Sanoat mikrobiologiyasi;
– Suv mikrobiologiyasi;
– Kosmik mikrobiologiya va boshqalar.

Download 23.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling