Mavzu: aktsiz solig’i reja
Hisob-kitobni taqdim etish va soliqni to’lash tartibi
Download 18.34 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Takrorlash uchun savollar
5. Hisob-kitobni taqdim etish va soliqni to’lash tartibi.
Aktsiz solig’ining hisob-kitobi soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga: - aktsiz solig’i to’lovchilar bo’lgan mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan - yilning har choragida soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay; - mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga kirmaydigan soliq to’lovchilar tomonidan - har oyda soliq davridan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Soliq Kodeksining 239-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo’lsa, Soliq Kodeksning 236 va 237-moddalariga muvofiq hisoblab chiqarilgan aktsiz solig’i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to’lanadi: - joriy oyning 13-kunidan kechiktirmay - joriy oyning birinchi o’n kunligi uchun; - joriy oyning 23-kunidan kechiktirmay - joriy oyning ikkinchi o’n kunligi uchun; - kelgusi oyning 3-kunidan kechiktirmay - hisobot oyining qolgan kunlari uchun. Import qilinadigan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’i tovarlarning bojxona rasmiylashtiruviga qadar yoki bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida import qiluvchi tomonidan to’lanadi. Aktsiz markalari bilan tamg’alanishi lozim bo’lgan import qilinadigan aktsiz to’lanadigan tovarlar bo’yicha aktsiz solig’i aktsiz markalari olinguniga qadar to’lanadi. O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan, shuningdek uning bojxona hududiga import qilinadigan tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aktsiz markalari bilan tamg’alanishi shart. Takrorlash uchun savollar: 1.Qanday jismoniy shaxslar aktsiz solig’ini to’laydilar? 2.Aktsiz solig’ini hisoblash formulasini misol bilan tushuntirib bering. 3/Aktsiz solig’i bo’yicha qanday chegirmalar mavjud? 4.Aktsiz solig’i stavkasini qo’llanish tartibini tushuntiring. 5.Aktsiz solig’ini hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash muddatlarini ayting. Download 18.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling