Mavzu: Aleksandr Makedonskiy haqidagi asarlar va shoh obrazi evolyutsiyasi. Reja: Aleksand Makedonskiy sharq xalqlari adabiyotida. Yunon va rim adiblari Aleksandrning yurishlari haqida. Aleksandr obraziga qaytish


Download 107.52 Kb.
bet2/4
Sana24.12.2022
Hajmi107.52 Kb.
#1060662
1   2   3   4
Bog'liq
adabiy tanqid

Buyuk Aleksandr vafotidan keyin yunon faylasuflari, ayniqsa, soliklar shohni o`zlari targ`ib etgan g`oyalarni amalga oshiruvchi insonparvar hokim deb e`lon qiladilar(Erotosfen) . Bu an`anani Plutarx ham davom ettirdi. Yozuvchining yoshlik paytida yozilgan “Aleksandrning muvaffaqiyati va qahramonligi” deb atalgan she`rda shoh obrazi ideallashtirilganligi, stoitsizm faylasuflariga xos fikrlar nisbat berilganini ko`ramiz. “Aleksandr Arestotel bergan maslahatga amal qiladi… Xudoning buyrug`i tufayli o`zini turli joylardagi odamlarni o`rni kelganda yaxshi so`z bilan, bo`lmasa qurol kuchi bilan yarashtiruvchi, birlashtirib, do`stlashtiruvchi deb hisoblab, urf-odatlarni, yashash tarzi, oila, xulq-atvor kabilarni qorishtirib yubirdi”.

Aleksandr haqida bizgacha yetib kelgan asarlarning dastlabkisi va qadimiysi sitsiliyalik Diodor (er.av 90-21 yillar)ning 40 kitobdan iborat “Tarixiy kutubxona”si. “Kutubxona” antik davrda yaratilgan dastlabki “Jahon tarixi” bo`lib, unda Sharq mamlakatlari, Gretsiya va Rim tarixi beriladi.Diodorning asari sof tarixiy asar. Adib o`zgacha yozilgan manbalardan foydalangan. Aleksandrga boag`ishlangan boblarda u lashkarboshi hayoti va janglari tasvirini obyektiv ko`rsatish bilan birga jang, yerli xalqlar, shahar va qishloqni jangchilar tomonidan talash, yaralanganlarning og`ir ahvoli, bosqinchilarning yovuzliklarini tasvirlashga ham ko`p o`rin beradi. “Kutubxona”ning mohiyati faktik materiallarga boyligidir.

Rimlik adib Kvin Kursiy Ruf(e.av I va I asr o`rtasida) ham o`n kitobdan iborat “Makedoniyalik Aleksandr” asarini yozgan. Asar lotin tilida yozilgan bo`lib, 1-2-qismlari va qolgan kitoblarning ham ba`zi boblari yo`qolgan. Kursiy asarida Aleksandr ziddiyatli shaxs etib tasvirlangan. U o`ta shuhratparast, ko`p o`rinda o`zini tuta bilmaydi, aysh-ishratda hayot kechiradi, juda zolim, o`z yaqinlari, unga xizmat ko`rsatgan, hatto hayotini saqlab qolgan odamlarni ham o`ldiradi. Kursiy Aleksandrning yovuzliklarini elchilarning shohga qarata aytgan nutqlarida beradi. Butun asar davomida lashkarboshi o`ta jasur etib tasvirlanadi.


Download 107.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling