Mavzu: Aleksandr Makedonskiy haqidagi asarlar va shoh obrazi evolyutsiyasi. Reja: Aleksand Makedonskiy sharq xalqlari adabiyotida. Yunon va rim adiblari Aleksandrning yurishlari haqida. Aleksandr obraziga qaytish


Download 107.52 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi107.52 Kb.
#1060662
1   2   3   4
Bog'liq
adabiy tanqid

Rufning asarlari tarix, etika, falsafa, notiqliklarning yig`indisi bo`lib, yaxlit bir tarixiy yoki badiiy asar darajasiga ko`tarila olmagan, shuning uchun ham keyingi davrlarda yaratilgan Aleksandr haqidagi asarlarga asos bo`la olmagan. Lekin Kursiyning badiiylashtirilgan, zamonaviy falsafiy qarashlari bilan boyitilgan asar antik davr kitobxonlari talabiga javob berar edi. Shuning uchun ham bu asar keng tarqalgan va kelajakda shakllangan antik tarixiy roman tabiatini aniqlab bergan. Kursiy baqtriyaliklar tilidan turli maqollar ham keltiradi: “Qo`rqoq it ko`p huriydi”, “Eng chuqur daryolar sokin oqadi”, “Yaxshi otga bir qamchi” va h.k

Aleksandr haqida antik davrda yaratilgan asarlar orasida Plutarxning shoh hayot yo`lini yorituvchi “Aleksandr va Sezar” asari bizga yetib kelgan asarlar orasida greklar tomonidan yatarilgan asarlarning dastlabkisi hisoblanadi. Adibni urushlar tarixi emas, balki Aleksandrning shaxsi qiziqtiradi. Shuning uchun ham asar boshidayoq “biz tarix emas, balki tarjimai hol yozmoqdamiz” deydi. Tarjimai hollar yozishdan maqsad boshqalarga ibrat bo`lsin uchun u yoki bu arbobning ehson va nuqsonlarini ko`rsatish edi. Tarix va shaxslarga yondashish shu nuqtai nazardan bo`lgan Plutarxning lashkarboshi haqidagi mazkur asari antik davrda yaratilgan asarlar orasida alohida o`rin egalaydi, unda tarixiy tarbiyaviy maqsadga bo`ysundirilgan. Grek adibi asarining xuddi ana shu xususiyati Sharqning buyuk adiblari Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy va Navoiy tomonidan davom ettirilgan.

Aleksand yurishlari haqida antik davrda yozilgan tarixiy asarlar orasida Flaviy Arrianning “Aleksandrning yurishlari” asari alohida o`rin tutadi. “Aleksandr yurishlari” Ksenofontning “Anabasi” asariga taqlidan yaratilgan bo`lib, bu ham yetti kitobdan iborat. Asar deyarli to`liq saqlangan, faqat 7-kitobning 12-bobi to`liq emas. Adib Aleksandrning butun hayotini emas, balki faqat yurishlar boshlangan paytdan keyingi hayotini yoritgan. Lashkarboshi faoliyati Arrianni qanchalik hayratga solmasin, muallif shohning yaramas, nojo`ya qilmishlarini ochiq ko`rsatadi. Arrian o`zi foydalangan manbalarga nisbatan tanqidiy munosabatda bo`ladi.


Download 107.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling