Mavzu: Aleksandr Makedonskiy haqidagi asarlar va shoh obrazi evolyutsiyasi. Reja: Aleksand Makedonskiy sharq xalqlari adabiyotida. Yunon va rim adiblari Aleksandrning yurishlari haqida. Aleksandr obraziga qaytish
Download 107.52 Kb.
|
adabiy tanqid
Mavzu: Aleksandr Makedonskiy haqidagi asarlar va shoh obrazi evolyutsiyasi. Reja: 1. Aleksand Makedonskiy sharq xalqlari adabiyotida. 2. Yunon va rim adiblari Aleksandrning yurishlari haqida. 3. Aleksandr obraziga qaytish.Aleksand Makedonskiy yaqin va O`rta Sharq mamlakatlari- Misr, hozirgi Suriya, Iroq,Sinay yarim orli, Eron, Xuroson, Movarounnahr, Shimoliy Hindistonlarni ba`zida osonlik, ba`zida katta talofat va qon to`kish bilan bosib olar ekan, bu xalqlar folklori, keyincha esa tarix va yozma adabiyotida o`chmas iz qoldirdi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi, ayni vaqtda badiiy asarning eng qadimiy namunasi bo`lgan “Avesto”ning to`liq nusxasi bizning davrimizgacha yetib kelmagan.Aleksandr Makedonskiy Sharq xalqlari adabiyoti va og`zaki ijodining eng sevimli qahramoni. Lashkarboshining tug`ilishidan to o`limigacha bo`lgan hayot yo`li turli afsonalar bilan boyitilgan. Sharq xalqlarining sevimli qahramoniga xos xususiyatlarning hammasi- oliyjanoblik, odob, bilimga tashnalik, yengilganlarga, umuman mazlumlarga nisbatan rahmdil bo`lish, ajoyib jasorat, qahramonlik, tadbirkorlik, ko`p joylarni bilish, ko`rish, zabt etishga intilish kabilar uning shaxsiga mujassamlashgan edi.Aleksandr tarixi va timsolining Sharq adabiyotidagi rivojiga Qur`onning 18-surasidagi Zulqarnayn haqidagi ma`lumotlar katta ta`sir etadi. Qur`on rivoyalarining manbai Suriya afsonasi bo`lib, unda Iskandar boshida shoxga o`xshash ikki narsa o`sib turgan deyiladi. Bu haqida Y.E. Bertels “Afsonada Aleksandr xudo bilan suhbatida “Men bilaman, jahon podshohliklarini tor-mor etsin deb mening boshimda ikki shox o`stirding ”, deydi”.Yaqin Sharq xalqlari tushunchasida shoxdorlik ilohiyatga aloqador ekanligining belgisi sifatida talqin etilgan. Shuning uchun tafsir tuzuvchilar 18-sura haqida aniq bir fikrga kelolmagandilar. Ular Aleksandrni Misrda Amon o`g`li sifatida ikki shoxlik tarzida qabul qilganlar va bu tushuncha arab xalqlariga ham o`tgan, ikkinchidan, uni zardushtiylikka qarshi kurashi tufayli nabiylar to`dasiga qo`shib Muhammad payg`ambarning ilkdoshlaridan deb hisoblaganlar. Lekin Aleksandrning qanday din vakili ekani haqida islomning ilk vakillarida hech qanday tushuncha yo`q, shuning uchun uni Ka`bani qurgan Ibrohimga yaqin, xanafiylar maslagi vakili deb tushunadilar.Download 107.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling