Mavzu: Aleksandr Makedonskiy tangalari


Iskandar Zulqarnayning harbiy yurushi


Download 49.62 Kb.
bet3/5
Sana12.02.2023
Hajmi49.62 Kb.
#1191863
1   2   3   4   5
Bog'liq
Aleksandr Makedonskiy tangalari

2. Iskandar Zulqarnayning harbiy yurushi.
Makedoniyalik Iskandarning Sharqqa, shu jumladan Transoksionaga - O‘rta Osiyo Ikki daryo oralig'iga bosqinchilik yurishi jahon tarixining eng olamshumul lavhalaridan biri, Sharq va G‘arbning o‘zaro munosabatlaridagi burilish nuqtalaridan biri sanaladi. Makedoniyalik Iskandar, forslarning Ellindagi muqaddas joylarni haqorat qilganlaridan g‘azablanib, ulardan o‘ch olish g‘oyasi bilan yongani va Kichik Osiyodagi o‘z vatandoshlarini ularning zulmidan ozod qilish maqsadida yurish boshlaydi. O‘zining ko‘p yillik yurishi davomida u - Sharq bilan yaqinlashishga intilib, o‘zgacha siyosatni qo‘llay boshlaydi. Bu g‘oya unga anchadan buyon tinchlik bermas, har qalay ko‘nglida o't olishga cho‘g‘lanib turgan g'azab o‘ti, ehtimol Misr yurishidan so‘ng alangalanishga pishib yetilgan bo'lsa ajab emas. Biroq, aynan O‘rta Osiyoning Boysun toglaridagi Temir Darvoza oldida uning rejasi amalga oshib, Iskandar Baqtriyalik aslzoda Oksiart Vaxshuvorning qizi - Ravshanakka (Roksanaga) uylanishi va qo‘l ostidagi sarkardalarining ham mahalliy so‘g‘d va baqtriyalik sohibjamol qizlarga uylanishlari bilan bu masala o'z yechimini topdi. Iskandar va Ravshanakning nikohidan dunyoga kelgan o‘g‘li - Iskandar IV ning vujudida, shubhasiz baqtriyaliklar qoni jo'shib turgan. Makedoniyalik Iskandar va uning armiyasi O‘rta Osiyoda ikki yildan biroz ortiqroq vaqt bo'lishgan, ya'ni miloddan avvalgi 329 yilning erta bahoridan. O‘z yurishlari davomida Baqtriya, So‘g‘diyona va Margiyona hududlari bo'ylab minglab kilometrlami bosib o'tishgan. Uning O‘rta Osiyoga qilgan yurishlaridan ko'zlangan asl maqsadi, bu yerlarda ko'plab tarafdorlariga ega bo‘lgan, asosiy dushmani baqtriyalik satrap Bessni taqib qilib, yakson qilishdan iborat bo'lgan. So'nggi Ahamoniy shoh Doroni qatl etib, Bess o'zini Artakserks nomi ostida shoh deb e’lon qildiradi va bu bilan yagona G‘arb va Sharq davlatini tuzish yo'lida Iskandar uchun chinakam tahdidga aylangan edi. Makedoniyalik Iskandarning O‘rta Osiyoga yurishi, miloddan avvalgi 329-yilning erta bahorida boshlangan. Dastlab u Kavkaz tizma tog'lari va Hindiqush tog'idan o'tar ekan, Baqtriya hududiga bostirib kiradi, so'ngra esa izchillik bilan Baqtriyaning yirik shaharlari - Drapsaka (Afg'onistoning Anderaba shahri yaqinida), Aorn (Afg'oniston shimolidagi Oltin-Dilertepa shaharchasini) va poytaxt Baqtrani (Shimoliy Afg'onistondagi zamonaviy Balx shahri) bosib oladi. Bu vaqtda Bess o‘z tarafdorlari bilan, Oks (Amudaryo) daryosini kechib o‘tib, So‘g‘diyonaning Nautaka viloyatiga (O'zbekistonning hozirgi Qashqadaryo viloyatidagi sharqiy qism i), qochib o'tadi. Uning ortidan quvish uchun qo'shinlarining bir qismi bilan Ptolemey yuboriladi, u Nautaka qishloqlaridan birida Bessni asirga oladi (taxminan, Uzunqir shaharchasi o'rnida).3


Download 49.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling