Mavzu: Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyoga istilochilik yurishlari


Download 0.88 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana06.02.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1171106
1   2   3   4
Bog'liq
9-mavzu. O\'zbekiston tarixi fanidan

ikkinchi bosqichida xotima bo‘ldi. Spitamen 
kurashining ikkinchi bosqichida yerli o‘troq 
aholi garchi Iskandarning satrapliklariga 
bo‘ysunishdan bosh tortsa-da, bosqichilarga 
qarshi janglarda faol qatnashmadi. Ozodlik 
urushining ikkinchi bosqichi davomida 
Spitamen ko‘chmanchi daxlar, massagetlar va 
boshqa sak qabilalaridan tashkil topgan 
ko‘ngillilarga suyandi. Bu davrda Iskandar 
So‘g‘d va Baqtriyadagi barcha qal’alarni 
vayron qilib, ularga yunon lashkarlarini 
joylashtirdi.



Mil.avv. 328-327 yilning qishini u 
Nautakada o‘tkazdi. Mil.avv. 327 yilning 
boshidan Aleksandr tomonidan O‘rta 
Osiyoni bosib olishning uchinchi 
yakunlovchi bosqichi boshlanadi.

So‘g‘d vatanparvarlarining yunon 
mustamlakachilariga qarshi kurashining 
uchinchi bosqichi boshqacha xarakter kasb 
etdi. Endi So‘g‘dning dehqonlari 
dushmanga qarshi faol harakat qilmadi. 
Ularning ikki yillik urush davomida 
ekinzorlari izdan chiqqan edi



Miloddan avvalgi 327 yilning bahorda 
Nautaka atrofidagi qal’alarni, Gabaza, 
Pareytakena, (Surxondaryo xududi) 
Bubukena(Tojikiston janubi) egallandi. 

Gabaza – (Gazaba, Gobzon) janubi–g‘arbiy 
Xisor tog‘lari tizmasi hududlari, ya’ni 
Surxondaryo viloyati bilan Qashqadaryo 
viloyati o‘rtasidagi tog‘lik hududlar kiradi. 
Hududning yirik shahari Jondavlattepa bo‘lib, 
bu yerdan Pshaktepa, Kuchuktepa, 
Talashkantepa I kabi yodgorliklar topilgan. 
Jondavlattepa, Pshaktepa, Talashkantepa I 
faoliyati mil. avv. IV asrda to‘xtatgan. 



Paretakena – Surxondaryo viloyatining tog‘li 
hududlarni birlashtirgan, u viloyatning shimoli–
g‘arbiy tomonida joylashgan. 

Paretakenaning markazi Qiziltepa yodgorligi. 

Mil.avv. IX–IV asrlarga oid 20 ga yodgorlik 
aniqlangan: Bandixon II, Qizilcha I–IX, Nomsiz tepa, 
Yalangto‘shtepa, Kultepa kabi yodgorliklar majmuasi 
topilgan. 

Qiziltepa, Pachmaktepada, Bektepa (Bandixon II), 
G‘ozimullatepa va Kindiktepa ibodatxonasida jang 
izlari aniqlangan. 

Arrian va Kvint Kursiy Rufning ma’lumoti bo‘yicha, 
Paretakenlar yerida qattiq jang bo‘lib, ularning 
yo‘lboshchilari Katan va Avstan ustidan makedonlar 
g‘alabaga qozonganlar. 

Qal’alar mil.avv. IV asrda vayronaga aylangan. 
Keyingi davrlarda bu hudud tashlandiq holda qolgan. 
Yunon–Baqtriya va Kushonlar davrida ham 
o‘zlashtirilmagan.



Bubaken Kafirnigon, Vaxsh, Ko‘kcha–Qunduz–
Talikonlarning quyi oqimi hududlariga joylashtiradi. 

Axamoniylar davriga oid yuqori Kofirnixondan 2 ta, quyi 
Kofirnixondan 2 ta, Vaxshdan 1 ta, Yavansu 2 ta, 
Baytudashdan 7 ta yodgorliklar aniqlangan. 



Yunon tarixchilarishshg yozishicha, Baqtriya 
va So‘g‘diyonadagi tog‘lar orasida 4 ta juda 
mustahkam qal’alar joylashgan. Ular So‘g‘d, 
Sisimetra, Arimaza va Xorien deb atalgan. 
Iskandarning 300 ta navkari bir kechada 
Sisimetra qal’asini egallashdi. 

Dastlab uni olish qiyin bo‘ldi. U baland qoya 
tepasida, joylashgan bo‘lib, unga faqat bir 
tomondan yaqinlashish mumkin edi. Iskandar 
kimki birinchi bo‘lib qal’aga kirsa, 12 talant 
oladi, ikkinchi va uchinchi bo‘lib kirganlar 
ozroq, ohirgi kishi bir talant oladi, deb 
mukofot e’lon qilgandan so‘ng navkarlar faol 
harakat qila boshlaydilar. 



Kvint Kursiy Ruf asarida sug‘diylar yashingan
qal’a haqida ma’lumotlar saqlangan. U yerda
sug‘d Arimaz 30 ming askari bilan bo‘lgan.
U yerda nihoyatda ko‘p sonli odamlar uchun 
ikki yilga yetadigan oziq–ovqat ham jamlagan 
edilar. 

Qoyaning balandligi 30 stadiy (5340 m.) 
aylanasi 150 (26700 m.) bo‘lgan. Hamma 
tomondan u tik jarlik va tekis bo‘lib, chiqish 
uchun kichik bir so‘qmoq bo‘lgan. Qoyaning 
yarmida kirish joyi tor va qorong‘i bo‘lgan 
g‘or bo‘lib, u ichkari tomonga kengayib 
borgan va oxirida keng boshpana joylashgan. 

G‘orning hamma tomonidan buloqlar 
bo`lgan. 



Aleksandr bularni ko‘rib dastlab orqaga 
qaytishga qaror qildi, lekin keyinchalik 
unda tabiatni ham buysundirish ishtiyoqi 
paydo bo‘ldi. Qamalni boshlashdan oldin u 
varvarning Arimazga qoyani topshirishni 
taklif qildi.

O‘zining himoyasiga ishongan Arimaz 
qo‘pol so‘zlarni ishlatdi, oxirida Aleksandr 
uchishni biladimi deb so‘radi. Bu so‘zlar 
podshoni nihoyatda g‘azablantirdi va u 
kechga yaqin Arimazni makedonlarning 
uchishni bilishlariga ishontirishini aytdi.



Sisimetra qoyasi– Qashqadaryo va 
Surxondaryo chegarasiga yaqin bo‘lgan 
Darband qishlog‘idagi Suvsistog‘ hisoblanadi. 

Sisimetra qoyasi egallangach, boshqa
qoyadagi qal’alar deyarli jangsiz taslim 
bo‘ldilar.

Roksananing otasi Oksiartni Baqtriya 
satrapi etib tayindi. U Hindiqushdan to 
Amudaryoning o‘rta oqimigacha bo‘lgan 
xududni boshqargan. O‘z nomidan oltin 
tanga ham zarb qildirgan. 

Mil.avv. 327 yilning yozida Iskandar O‘rta
Osiyoni o‘ziga to‘liq bo‘ysundirdi va shu 
yerdan Hindistonga yurish boshlagan



Yunon-makedonlarning O‘rta Osiyodagi istilolari, minglab 
yunonlarning So‘g‘diyona va Baqtriyaning unumdor 
yerlariga ko‘chirib keltirilishidan qat’iy nazar Iskandarning 
bu yerdagi siyosati mustahkam emas edi. Uning o‘limidan 
keyin O‘rta Osiyoda yunonlarga qarshi qo‘zg‘olonlar davom 
etaverdi. Miloddan avvalgi 325 yili Iskandar Hindiston 
yurishida bo‘lgan vaqtda uning o‘limi haqida mish-mish 
tarqadi va 3 ming yunon-makedonlar Yunonistonga qaytish 
kayfiyatida qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Ammo qo‘zg‘olon 
bostirildi. Miloddan avvalgi 325 yilda So‘g‘d va Baqtriyaga 
ko‘chirib keltirilgan 20 ming piyoda va 3 ming suvoriylar o‘z 
vatanlariga jo‘nab ketdi. Ammo lashkarboshi Perdikka ularni 
qurolsizlantirishga ulgurdi va ularning mol-mulklari sodiq 
askarlarga bo‘lib berildi. Yunonlar bu ishda mahalliy 
aristokratiyaning qo‘li borligini sezib qoldi va shu tufayli 
tezda barcha viloyat va tumanlardagi mahalliy hokimlarni 
makedoniyaliklar bilan almashtirdi. Faqatgina Iskandarning 
qaynotasi Oksiart va Perdikkaning qaynotasi Atrapatlar o‘z 
lavozimlarida qoldilar xolos.


Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling