Mavzu: Aloqa va kommunikatsiya vositalari, mobil vositalar Reja


Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS va MMS


Download 0.8 Mb.
bet3/5
Sana04.02.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1165435
1   2   3   4   5
Bog'liq
6 Mavzu Aloqa va kommunikatsiya

Mobil aloqa vositalari yordamida axborot almashish: Bluetooth, SMS va MMS. Mobil aloqa vositalari yordamida axborotlarni uzatish Bluetooth, SMS va MMS texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.
Bluetoothkichik qamrov doirasiga ega bо‘lgan simsiz aloqa texnologiyasi. Tarmoq qurilmalari orasidagi о‘zaro muloqotni va ularning Internetga ulanishini yengillashtiradi. U, shuningdek, turli elektron qurilmalari va kompyuterlar orasida ma’lumotlar almashishni osonlashtiradi. Bluetooth kichik ma’lumot oqimlarini uzatish uchun mо‘ljallangan, shuning uchun mahalliy va global tarmoq texnologiyalarining о‘rnini bosa olmaydi.
SMS (Short Message Service) qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida abonentlarning bir-birlariga qisqa matn xabarlarini uzatish va qabul qilish xizmati hisoblanadi. Qisqa xabarlar deyilishiga asosiy sabab texnologik jihatdan bir xabar uzatishda 140 ta belgini uzatish mumkin.
MMS (Multimedia Messaging Service) – GPRS texnologiyasiga asoslangan multimedia xabarlarini almashish xizmati. Xizmat rangli rasm, fotosurat, musiqa va hatto videoroliqlarni uzatish va qabul qilish imkonini beradi. MMS texnologiyasi bevosita xabar matniga tasvir va musiqani biriktirishni nazarda tutadi. MMS-xabarlarni jо‘natish-qabul qilish uchun, MMS xizmatni nafaqat telefon qurilmasi, balki mobil aloqa operatori ham qо‘llashi zarur.
Mobil telefonlardan foydalanish va axborot almashish madaniyati. Mobil telefonlar va boshqa mobil aloqa vositalaridan foydalanganda sо‘zlashish madaniyatiga, xabarlarni yozish va elektron pochtadan foydalanish etikasiga hamda telefon apparatidan foydalanish qoidalariga rioya qilish zarur. Telefon orqali nojо‘ya sо‘zlarni gapirish, turli nojо‘ya xabarlarni jо‘natishdan saqlaning.
Uchinchi avlod mobil aloqa tarmoqlariga о‘tish sur’atlari istalgan yerda va istalgan vaqtda multimedia xizmatlaridan foydalanish talablari bilan birga, hamqadam о‘sib boradi. Foydalanuvchilarning yangi ehtiyojlarini qondirish uchun jahonning qator mintaqalarida uchinchi avlod mobil aloqa tarmoqlarini qurish boshlandi. Xususan, kelajakda GSM standartining о‘rnini bosishi kutilayotgan UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) texnologiyalari asosida uchinchi avlod (3G) mobil aloqa tizimlari о‘rnatilmoqda. UMTS tizimi foydalanuvchini shaxsiy aloqa bilan ta’minlab, yangi xizmat turlaridan foydalanish imkonini beradi, ularning orasida interfaol ilovalar muhim rolni о‘ynaydi. UMTS tizimi foydalanuvchiga ham mustahkamlangan tarmoqlarda, ham uchinchi avlod mobil tizimlarida bir xil yuqori darajali multimedi xizmatlarini kо‘rsatish uchun о‘z tarkibiga mustahkamlangan tarmoqlar va uchinchi avlod mobil tizimlari konvergensiyasini oladi. Yangi mobil aloqa tizimlari avlodi ommaviy bozor uchun foydalanuvchi turgan joydan, ishlatayotgan tarmog‘idan yoki terminal tipidan qat’iy nazar, shaxsiylashtirilgan aloqa taklif etadi. UMTS asosiy xarakteristikalarini sanab о‘taylik:
• radiospektrdan yuqori darajada samarali foydalanish va talabga binoan yо‘lak ajratish tufayli tor va keng tarmoqlar uchun yetarli о‘tkazish qobiliyati;
• katta hajmdagi axborot va interfaollik bilan xarakterlanuvchi multimedia xizmatlari uchun yetarli darajadagi uzatish tezligi;
• mustahkamlangan tarmoqlardagi nutq bilan barobar darajadagi nutq sifati, hamda yuqori sifatli ma’lumotlarni uzatish xizmati;
• xizmatlarga virtual uy sharoiti orqali kirish qulayligi, shaxsiylashtirilgan xizmatlar, mukammallashtirilgan foydalanuvchi interfeysi (masalan, Web asosida), butkul qoplash — uy va ofisdan istalgan yergacha, binolar tashqarisida.
GSM’dan UMTS’ga о‘tish. UMTS tizimi mutlaq yangi tizim bо‘lmaydi. Balki u GSM tarmoqlari tizimining mantiqiy davomi va rivoji sifatida kо‘rilishi mumkin va uning о‘rnatilishida ikkinchi avlod tizimlari tajribasi keng qо‘llanadi. GSM’ning 2-fazasi kanallar kommutatsiyasilik (HSCSD, eDGE) о‘rta tezlikdagi texnologiyalarni tatbiq qilish yо‘li va (GPRS) paketlarning samarali kommutatsiyasi metodi bilan multimedia xizmatlarini qо‘llab-quvvatlash talablariga allaqachon javob bermoqda. HSCSD texnologiyasi sakkiztagacha muvaqqat GSM slotlarini kombinatsiyalashi mumkin; eDGE texnologiyasi GSM chastotalari diapazonida muqobil radiointerfeys yaratib beradi, bu esa eDGE interfeysini GSM interfeysi bilan о‘zaro almashina oluvchi qilib belgilaydi. Biroq radiointerfeys о‘tkazish cheklovlari tufayli ushbu xizmatlar bozorda unchalik keng taklif etilishi kutilmayapti. CAMEL, SIM Toolkit va Mobile station application execution environment (Mobil stansiya ilovalarini bajarish sharoiti) kabi texnologiyalarni qо‘llash orqali, GSM standarti, shuningdek, virtual uy sharoiti konsepsiyasini voqealashtirish uchun asos ham yaratadi.
Mobil multimedia ilovalarining ommaviy va samarali tarqalishi uchun hozirda GSM standarti asosida realizatsiya qilina olmaydigan ikki talab — yetarli chastota yо‘lagi va axborot jо‘natish xizmatlari egiluvchanligi bajarilishi lozim:
• о‘tkazish yо‘liga talablar 2 Mbit\s tezlikkacha radiointerfeys ta’minlash uchun magistral tarmoq va radiokirish tarmog‘i imkoniyatlari bilan bog‘liq;
• chaqiruvni boshqarishni bevosita ulanish va axborot uzatishni boshqarishdan ajratish ikkinchi talabni tashkil etadi. Chaqiruv\seans о‘z ichiga ulanishlar tо‘plamini olib, bir yoki bir necha kanalni ishlatishi mumkin. Chaqiruv vaqtida foydalanuvchi sо‘roviga binoan ulanish yoki kanallarni qо‘shish yoki ayirish imkoniyatini ta’minlash kerak (masalan, konferensiya a’zosini ayirish, QoS xizmati sifatini о‘zgartirish) yoki radiokanalda sodir bо‘layotgan voqealarni nazorat qilish (masalan, uzatish qobiliyati pastroq axborot kanalilik uyaga boshqaruvni berish). Xizmatlarni qо‘llab-quvvatlash xususida, GSM’dan farqli ravishda, UMTS’da xizmatlar emas, balki servis imkoniyatlari standartlashadi. Servis imkoniyatlari о‘z tarkibiga transport xizmatlari (kanallar va paketlar kommutatsiyalarilik PD xizmatlari) va xizmatlar realizatsiyasi uchun kerakli mexanizmlarini oladi. Ushbu standartlashtirilgan imkoniyatlar nutq, video, multimedia trafigi, xabarlar almashinuvi, foydalanuvchi ilovalari va qо‘shimcha xizmatlarni qо‘llab-quvvatlovchi yagona platformani ta’minlaydi. Ushbu imkoniyatlarni birlashtiruvchi xizmatlar bozori servis provayderlari va foydalanuvchilar tomonidan aniqlanadi. Undan tashqari, bunday yondashuv yangi xizmat turlarini yoyishga sarflanadigan vaqtni kamaytirib, operatorlarga xizmatlar darajasida raqobatlashuv imkonini beradi. Ayni damda, bugunning о‘zida 3G‘dan kо‘ra ancha yuqori tezliklarda axborot almasha oluvchi, WiMAX tizimlari keng tarqalmoqda. Ushbu texnologiya bazasida 3G tarmoqlaridan kattaroq potensialga ega shahar simsiz tarmoqlari qurilishi mumkin. Nihoyat, yirik miqyosli yangi avlod 4G simsiz tarmoqlari texnologiyalari ishlab chiqaruv jarayoni faol kechmoqda, ularning nomi — LTE (Long-Term evolution, Uzoq Muddatli evolyutsiya).

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling