Mavzu: «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test meyyorlarinig maqsad va vazifalari


Download 58 Kb.
bet2/2
Sana07.02.2023
Hajmi58 Kb.
#1175401
1   2
Bog'liq
Alpomish» va «Barchinoy» maxsus test meyyorlarinig maqsad va vazifalari.

19. Musobaqalar:


  • 19. Musobaqalar:

  • mahalla, mahallalararo va tuman (shahar) miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan tasdiqlanib, mahalla va tuman (shahar) hokimligi bilan kelishilgan nizom asosida;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining hududiy boshqarmalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlanib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan nizom asosida;

  • tashkilotlar miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar (tashkilotlar hududiy joylashuviga muvofiq) Jismoniy tarbiya va sport vazirligining tuman (shahar) bo‘limlari bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan nizom asosida;

  • O‘zbekiston Respublikasi miqyosida o‘tkaziladigan musobaqalar O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida tashkil etilib, o‘tkaziladi.

20. Aholining jismoniy tayyorgarligi va salomatligi darajasini belgilovchi “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlari musobaqalarini o‘tkazish mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.


21. Musobaqada qatnashish ixtiyoriy bo‘lib, unda qatnashish istagini bildirgan 6 yosh va undan katta yoshdagi barcha fuqarolar ishtirok etishlari mumkin.
22. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqalarda g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash musobaqa nizomida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
24. Quyidagilar Ishchi guruhning asosiy vazifalari hisoblanadi:
musobaqada qatnashish istagini bildirgan shaxslarni musobaqa shartlari bilan tanishtirish hamda ularning ro‘yxatini shakllantirish va yuritish;
musobaqani tashkil etish va o‘tkazish;
- musobaqa jarayoni va natijalarini rasmiylashtirish;
- musobaqa g‘oliblarini taqdirlashni tashkil etish.
- Ishchi guruh musobaqa o‘tkaziladigan sana, o‘tish joyi, rejasi va shartlari bo‘yicha ma’lumotlar to‘g‘risida musobaqa o‘tkazilishidan kamida bir oy oldin e’lon berilishini ta’minlaydi.
Musobaqani o‘tkazish
25. Musobaqa mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan shartlar va Nizomning 2-ilovasida belgilangan maxsus testlarni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy-metodik ko‘rsatmalarga muvofiq majburiy sinovlarda belgilangan pog‘ona va murakkablik darajasi asosida yoki ixtiyoriy sinovlar belgilangan pog‘ona va murakkablik darajasi asosida erkak va ayollar uchun alohida shartlar bo‘yicha o‘tkaziladi.
26. Musobaqa ishtirokchilarining natijalari Ishchi guruh a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi musobaqa ishtirokchilarining natijalarini qayd etish namunalariga asosan shu vaqtning o‘zida yozib rasmiylashtiriladi.
27. Musobaqani quyida belgilangan yosh toifalari asosida, uch bosqichda o‘tkazish tavsiya etiladi:
1-bosqich— 6 yoshdan 17 yoshgacha;
2-bosqich—18 yoshdan 33 yoshgacha;
3-bosqich — 34 yosh va undan katta yoshda bo‘lganlar uchun.
28. Musobaqada ishtirok etuvchilarning ro‘yxati Ishchi guruh tomonidan shakllantiriladi. Bunda musobaqada qatnashish istagini bildirgan shaxslar Ishchi guruhga ariza bilan murojaat qiladi va sog‘lig‘i yuzasidan tegishli ma’lumotnomani taqdim qilgan holda ro‘yxatga kiritiladi
29. Musobaqani o‘tkazishda tegishli sport turi bo‘yicha malakali mutaxassislar va hakamlar kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin.
G‘olib va sovrindorlarni taqdirlash tartibi
30. Musobaqani o‘tkazish va g‘oliblarni aniqlash bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
31. Musobaqaning mahalla, tuman (shahar), Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi bosqichlarining g‘olib va sovrindorlariga O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari (guvohnomasi bilan) topshiriladi hamda tashkilotlarning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishi mumkin, shuningdek maxsus testlarni topshirish jarayonida rekordlar aniqlanadi.
32. “Alpomish” va “Barchinoy” ko‘krak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining budjetdan tashqari “Sport” maxsus hisob raqami hisobidan qoplanadi.


33. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.

Yakuniy qoida


Uyga topshiriq 1. 6 yoshdan 17 yoshgacha bolgan o’g’il qizlarni sinov turlarini o’rganib kelish. 2. 18 yoshdan 33 yoshgacha o’g’il qizlarni sinov turlarini o’rganib kelish. 3. 34 yosh va undan katta yoshdagilarni sinov turlarini o’rganib kelish.



Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling