Mavzu: Amaliy ishlarni tayyorlashda o`qituvchi tomonidan olib boriladigan ishlari Reja


Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar


Download 212.74 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana08.05.2023
Hajmi212.74 Kb.
#1444069
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9 ma`ruza

Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar. Tirik tabiat burchagidagi hayvonlar uchun 
akvarium, terraium, kataklar qo`yish uchun joy ajratilishi kerak. Akvarium baliklar, 
shoxilonlar, suv qo`ng‘izlari, triton, ayrim baqalar, gidra va dafnayalarni saqlash va 
boqish uchun eng qulaydir. Akvarium suv havzasining sun’iy biogeotsenozi ya’ni 
chuchuk suv havzasini modeli hisoblanadi. Unda suv hayvonlari hayotining suv 
o`simliklari elodeya valisneriya, odest, shoxbarg va boshqalar bilan bog‘liqligi 
ko`rsatiladi. Tirik burchakda zoologiyadan ko`rgazmali va amaliy metodlar bilan 
o`rganiladigan hayvonlar bo`lishi zarur. 


Sodda hayvonlardan tufelkaning kulturasi, dars va darsdan tashqari ishlar uchun 
doim tirik burchakda bo`lishi kerak, buning uchun bir oz somon yoki pomidorning 
quritilgan bargi bo`lishi kerak. Sentabr oylaridan boshlab akvariumda gidra, akam-
tukam va boshqa chig‘anoqli shilliqurtlarni tayyorlab qo`yiladi. Maxsus yashiklarda 
yomg‘ir chuvalchangini saqlash mumkin. Yashik navbat bilan qatlam – qatlam qilib 
to`kilgan barglar, poliz tuprog‘i bilan to`ldiriladi va unga 50 tacha chuvalchang 
joylashtiriladi. Uni salqin joyda saqlash kerak. Mayda sut emizuvchilar, suvda ham 
quruqlikda yashovchilar ham sudralib yuruvchilar terrariumlarda saqlanadi. 
Terrarium o`tloq, cho`l va boshqalar shaklida bezatiladi. Botqoqlik hosil qilish 
uchun temir yoki plastmassa vannacha qo`yiladi. Olmaxon, to`ti va boshqa sayroqi 
qushlar maxsus kataklarda boqiladi. Tirik tabiat burchagi uchun ajratilgan xonada 
har-xil hayvonlarni, masalan: akvarium va mahalliy baliq turlari, suvda ham 
quruqlikda yashovchilarni, sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilarni 
boqish mumkin. Maktabning o`quv tajriba uchastkasida tovuq, nutriya, norka, quyon 
kabi hayvonlarni boqish tavsiya etiladi. Agar tirik tabiat burchak uchun ajratilgan
xona kichik bo`lsa yoki torlik qilsa, unda bir muncha yirik qushlar va hayvonlarni 
saqlash mumkin. Dars vaqtida o`quvchilarning fikrlarini bo`lmaydigan boshqa 
obektlarni bevosita biologiya xonasiga joylashtirish mumkin. Turli tovush, qo`lansa 
hid chiqaradigan hayvonlar alohida kichik xonada saqlanadi. Tirik tabiat 
burchagidagi hayvonlarning ko`plari ustida zoologiya, odam va uning salomatligi, 
umumiy biologiya bo`yicha zarur tajribalar qo`yilishi mumkin. Masalan; “moddalar 
almashinuvi” mavzusiga oid V va S avitaminozlar hosil qilish bo`yicha, 
quyonlarning og‘irligi oziq sifatining ta’siri, tuproq rangining baqa tanasining 
rangiga ta’sirini, it baliqdagi metamorfozni o`rganish mumkin. Tirik tabiat burchagi 
yosh tabiatshunoslarning ish joyi hamdir. Bu yerda yosh tabiatshunoslar kuzatuv 
ishlarini olib borib, uni natijalarini yozadilar, hayvonlar uchun oziq 
tayyorlaydilar,turli moslama yasaydilar va ta’mirlaydilar. 
Tirik tabiat burchaklaridagi har bir hayvonning nomi yozilgan etiketkasi, 
parvarishlash qoidasi va oziqlantirish normasi hamda tajriba o`tkazayotgangan 
o`quvchining familiyasi ko`rsatilgan bo`lishi kerak. Hayvonlar burchakda tip va 
sinflar bo`yicha guruxlarga ajratiladi, lekin guruhlashtirish yashash muhiti bo`yicha 
va ularning tegishli o`simlik bilan birga bo`lishi mumkin. 
Tabiat burchagida yashovchilarni doimiy va vaqtincha yashovchilargaajratish 
mumkin. Doimiy yashovchilarga xona gullari, qafasdagi qushlar,akvariumdagi 
baliqlar, katta guruhlarda esa hayvonlar kiradi. Vaqtincha yashovchilarga qisqa 
muddatga olib kiriladigan mahalliy o’lka o’simligi, hayvonlar,dastlabki bahorgi 
gullar, kuzda qiyg’os gullaydigan gulxonadagi dekorativo’simliklar, xonadagi 
manzarali o’simliklar, hasharotlar va shu kabilar kiradi. 

Download 212.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling