Mavzu: Amaliy ishlarni tayyorlashda o`qituvchi tomonidan olib boriladigan ishlari Reja
Tirik tabiat burchagining tarbiyaviy ahamiyati
Download 212.74 Kb. Pdf ko'rish
|
9 ma`ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tirik tabiat burchagining o`simliklari.
Tirik tabiat burchagining tarbiyaviy ahamiyati.
Biologiya o`qitishning moddiy bazasini asosiy qismini tirik tt burchagi tashkil etadi. Tirik tt burchagi – faqat o`simlik va hayvonlarni saqlash ular ustida tajribalar qo`yish, sinfdan tashqari ishlarni bajarish joyi hamdir. Unda o`quvchilarning biologiyaga bo`lgan qiziqishlari, bilim doirasini kengaytirish uchun boy imkoniyatlar bor. Tirik tabiat burchagi dastlab, o`quvchilar kuchi bilan biologiya kabinetida, sinf derazalarida tashkil etiladi. O’quvchilar uylaridan xona o`simliklari yoki ularning qalamchalari, ekskursiyalardan – hayvonlar va yovvoyi o`simliklarni olib keladilar. Natijada tirik tabiat burchagi juda tezlik bilan kengaya boradi va maxsus xona talab etadi. Uni tashkil etish, tirik organizmlarni saqlash va joylashtirish biologik talablarga to`la mos bo`lishi kerak. ¡simlik va hayvonlar biotsenozlar bo`yicha guruhlar ajratiladi. Akvariumlarda baliqlar, molyuskalar, triton va suv muhitiga moslashgan o`simliklar, terrariumlarda nam joyda o`sadigan o`simliklar (qirqquloq, qirqbo`g‘in,yo`sin) va baqa kaltakesaklar, qafaslarda turli hayvonlar va o`simlik shoxlari bo`ladi. Burchakdagi o`simlik va hayvonlarni sistemali qulay va chiroyli qilib joylashtirish muhimdir. Saqlanayotgan tirik organizmlar agro va zootexnika qoidalariga rioya qilgan holda saqlash zarur. Har-bir obekt oldida etiketka va pasporti bo`lsin bu ular bilan yaxshi tanishishga imkon beradi. Tirik tabiat burchagida o`simlik va hayvonlarni parvarishlash bo`yicha mehnat madaniyati tarbiyalanadi; maktab boyligini ehtiyotkorlik munosabati tarbiyalanadi. Estetik tarbiya uchun ham katta imkoniyatlar bor: o`simlik akvariumlarni, qafaslarni qanday chiroyli qilib, o`zaro bog‘liqlikda joylashtirishga o`rgatadi. Tirik tabiat burchagining o`simliklari.Tirik tabiat burchagida butun o`quv yili Davomida quyidagi o`simliklar saqlanadi. Xona o`simliklari. Yovvoyi o`t urug‘li va sporali o`simliklar. Vegetativ usulda ko`payadigan madaniy va yovvoyi o`simliklar. Daraxt va butalarning shoxlari.Xona o`simliklari tirik burchakning asosiy qismini tashkil etadi. Burchakdagi o`simliklarga birgina emas, balki bir necha tajribalar qo`yish imkonini beradigan vakillarini olingani ma’qul. Besh-o`nta shunday o`simliklar ko`p joy egallamagan holda botanika va umumiy biologiya kurslaridan mashg‘ulotlarini material bilan ta’minlaydi. Bularga quyidagi xona o`simliklari: kaktus geran, tradeskansiya, begoniya, kolonxoe, elodeyalar kiradi. Xona o`simliklaridan turli xil tajribalarda foydalanish mumkinligini quyidagi misolda ishonch hosil qilish mumkin. Tradeskansiya o`simligini quyidagi maqsadda: changdon inchalari va chang donachalaridan preparat tayyorlash; sitoplazmaning harakatlanishi; qo`shimcha ildizlarni paydo bo`lishi; qalamchalarning tez ildiz olish; parxishlash, payvandlash; quruqlik o`simliklarining suv o`simligiga aylanish kabi maqsadlar uchun foydalanish mumkin. Tirik burchakda biologik xususiyatlarini o`rganish uzoq vaqt diqqat bilan kuzatishlar olib borishini va tajribalar qo`yishni talab qiluvchi yovvoyi o`simliklar ham bo`lishi zarur. Bunday o`simliklarni ekskursiya vaqtida tuprog‘i bilan kovlab olinib, kichikroq gultuvaklarga o`tqaziladi. Tirik burchakdagi har bir o`simlikning yorug‘likka, issiqlikka va namlikka bo`lgan munosabatini hisobga olgan holda joylashtiriladi.So`ngra ekologik guruhlar tashkil qiladilar va ularni tirik burchakda muayyan sistemada taqsimlaydilar. Masalan: quruqlikda o`sadigan o`simliklar kserofitlarga kaktus, aloe, agava. Hayvon va o’simliklarni tabiat burchagiga joylashtirishda, birinchinavbatda, ularning biologik xususiyatlari hamda ehtiyojlariga e’tibor berishlozim. Masalan, ba’zi xona o’simliklari (chiroqgul, kaktus va boshqalar) quyoshnurini ko’proq bo’lishini talab qiladi, shuning uchun ularni eng yorug’ joygaqo’yish lozim, ba’zilari esa (masalan, uzambarg gunafshasi) tik tushib turuvchiquyosh nuriga bardosh bera olmaydi. Shu bilan birga jonli tabiat burchagiko’zni quvontirishi, bezashi lozim. Bunda, obyektlarni shunday joylashtirish kerakki, bolalar ularning yoniga bemalol kela olishlari, kuzata olishlari va undamehnat qila olishlari mumkin bo’lsin. Nam joyda o`sadigan gigrofitlarga – tradeskansiya, begoniya, qirkquloq, qirqbo`g‘in, yo`sin. Namligi o`rtacha bo`lgan joyda o`sadigan o`simliklar fikus, limon, yovvoyi o`simliklar yertut, primula. Tirik burchakdagi o`simliklarni geografik guruhlarga taqsimlash mumkin. Tropik o`simliklar: kaktus, agava, aloe, begoniya tradeskansiya, fikus. Subtropik o`simliklar: limon, apelsin, tolgul. Mo`tadil mintaqa o`simliklari: primula, pechakgul. Mahalliy o`simliklar: yovvoyi va madaniylari. Download 212.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling