Mavzu: Amaliy ishlarni tayyorlashda o`qituvchi tomonidan olib boriladigan ishlari Reja
Tirik tabiat burchagini jihozlash
Download 212.74 Kb. Pdf ko'rish
|
9 ma`ruza
Tirik tabiat burchagini jihozlash. Tirik burchakni tashkil etishda ba’zi bir zarur
jihozlarni ham nazarda tutish lozim. Birinchi galda o`simliklarni qo`shimcha yorug‘lik ta’sirida o`tkaziladigan tajribalarni ta’minlash kerak. Buning uchun burchak qo`shimcha yorug‘lik manbalari bilan ta’minlanishi kerak. Agar tirik burchakda harorat past bo`lsa, unda yorug‘lik kamerasi bo`lishi kerak. Bu yetarli darajada yorug‘lik berishi, haroratni ko`tarish yoki pasaytirishga imkon berishi, shu haroratni saqlab turishi kerak. Qish o`rtasida yorug‘lik kamerasini tirik burchak jihozlari qatoriga kiritilishi, yorug‘sevar va issiqsevar o`simlik ustida turli tajribalar o`tkazishga imkon beradi. Havo namligini saqlash uchun o`simliklarga pulverizatorda suv purkaladi. Namlik kamerasi uchun terrariumdan foydalanish mumkin. Buning uchun terrarium ostiga qum solinadi va gul tuvakchalar past – baland qilib qo`yiladi. Ularga namda o`sadigan o`simliklar mox va boshqalar o`tkaziladi. O’rtaga suv yig‘iladigan chuqurcha qilinadi yoki suvli vannacha qo`yiladi. Qalamchalar uchun to`rtta oynak qo`yilgan, tuproq yoki qum bilan to`ldirilgan va burchaklari yopishtirilgan shisha yashikcha tarzida namlik kamerasi yoki parnikcha yasash mumkin. Zamburug‘, bakteriyalar kolloniyasini o`stirish bo`yicha qator tajribalar uchun qorong‘ulik kamerasi kerak. Bu kameraning ichi qora rangga, tashqi tomoni esa xona mebellari rangida bo`ladi. Gidrofitlarni akvarium yoki bankalarga joylashtiriladi. Buning uchun banka ostiga bir oz tuprok, 2 sm qalinlikda torf qum solinadi. Tirik tabiat burchagida har –xil hayvonlarni saqlash uchun akvarium, terrarium, volera va qafaslar zarur. suv havzalarida yashovchi hayvonlar ustida kuzatish olib borish uchun maktabda akvariumlar va tiniq shishali bankalar bo`lishi zarur. Terrariumlarni suvda ham quruqda ham yashovchilarni, sudralib yuruvchilarni ekalogiyasini hisobga olgan holda saqlash uchun o`rnatiladi. Qushlar va sut emizuvchilarni saqlash uchun har-xil kattalikdagi qafaslar bo`lishi kerak. Shunday qilib tirik tabiat burchagining tarkibi va undagi ishlarning mazmuni barcha biologik kurslar bo`yicha ta’lim – tarbiya ehtiyojlari bilan belgilanadi. Download 212.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling