Mavzu: Amir Temurning falsafiy qarashlari Reja


Download 32.63 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2023
Hajmi32.63 Kb.
#1508843
  1   2   3   4
Bog'liq
Amir Temurning falsafiy qarashlari


Mavzu: Amir Temurning falsafiy qarashlari
Reja:

  1. Amir Temurning hayoti, faoliyati, jahon va vatan taraqqiyotidagi o’rni

  2. Amir Temur va Temuriylar davri falsafasi va ahamiyati.

  3. Temur tuzuklari”



Amir Temurning hayoti, faoliyati, jahon va vatan
taraqqiyotidagi o’rni
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgach, vatanimiz tarixini yana ham chuqurroq o’rganish imkoniyati vujudga keldi. Sal kam bir yarim asr davom etgan, dastlab rus podshosi, so’ngra bol’sheviklar o’rnatgan sho’ro saltanatining mustamlakachiligidan ozod bo’lish katta tarixiy voqea bo’ldi. Uning aks sadosi mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va milliy qadriyatlarni, o’zlikni anglash, ayniqsa, tariximizga bo’lgan munosabatda ham yaqqol ko’rinib turibdi. O’zligini anglashga bel bog’lagan har bir xalq va millat avvalo buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy arboblari va ulug’ allomalarining mamlakat qolaversa jahon tarixida tutgan o’rni, xizmatlarini e`zozlashni o’rniga qo’yadi, boshqalarga ham uni e`tirof ettiradi. Biz tutgan bu yo’l buyuk sohibqiron Amir Temur, Ahmad Yassaviy, Iso at-Termiziy, Imom al-Buxoriy, Najmiddin Qubro, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Bobur va boshqa allomalarimizning tavallud topgan sanalarini nishonlashda o’z isbotini topdi. Tarixda o’tgan buyuk shaxslarimiz, ayniqsa. Amir Temurning hayoti va faoliyati bunda asosiy mezon bo’la oladi. Uning har qanday mushkul siyosiy, harbiy, diplomatik vaziyatlardan chiqib keta olish zakovati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi, topqirligi, temir irodaviy xususiyatlari avlodlar uchun ibrat, hayot maktabi, vatanga xizmat qilish namunasi bo’lib qolishi lozim.
XIV asr o’rtalarida Chingizxon tasarrufidagi yerlar uning vorislari qo’l ostida bo’lsa ham, ular mayda bo’laklarga bo’linib, idora qilinmoqda yedi. O’zaro hokimiyat uchun ichki kurashlar va nizolar natijasida l348 yilda Sharqiy Turkistonda Chig’atoy avlodidan bo’lgan Tug’luq Temur hukmronligida Mo’g’uliston nomi bilan yangi davlat barpo yetiladi. Tug’luq Temur o’z yerlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahrga bir necha bor harbiy yurishlar uyushtirdi. Bu harakatlar Movarounnahr ichidagi barqaror bo’lmagan ijtimoiy-siyosiy vaziyat, boshboshdoqlik tufayli sodir bo’lgandi.
Ana shunday ichki o’zaro urushlar avj olib, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy inqiroz kuchayib borgan davr Amir Temur faoliyati bilan bog’liq. Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo’ja Ilg’or qishlog’ida barlos beklaridan bo’lgan Muhammad Tarag’ay oilasida l336 yil 9 aprelda tavallud topadi. Uning yoshligi Keshda kechadi, harbiy mashq, diniy va dunyoviy bilim o’rganadi. l360-l36l yillarda Tug’luq Temur qarshiliksiz Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida Temurning amakisi Kesh hokimi Hoji barlos Xurosonga qochib ketadi. Yosh Temur amakisi hokim bo’lib turgan yerlarni qo’lda saqlash maqsadida Tug’luq Temur xizmatiga kiradi va uning ishonchini qozonib, Kesh viloyati yerlariga hokimlik qilish uchun yorliq oladi. Temurning bu harakati Movarounnahrda siyosiy tarqoqlik, o’zaro nizolar va boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan-bir to’g’ri yo’l yedi. Chunki kelajakda mahalliy hukmdorlarning Mo’g’uliston xoniga qarshi kurashining yuzaga kelishi, shubhasiz edi.
Temur qisqa vaqt ichida Amudaryo bilan Sirdaryo oralig’idagi yerlarni, Farg’ona va Shosh mulklarini o’ziga bo’ysindirdi. l372-l388 yillar orasida Xorazmga 7 marta harbiy yurish qilib, uni ham o’ziga bo’ysundirdi.Temur Oltin O’rda xoni To’xtamishga qarshi l389, l39l, l394-l395 yillarda 3 marta yurish qilib, uni ham yengdi. Oltin O’rda qudrati to’lasincha sindirildi. l395 yilda Shimoliy Kavkaz hamda Terak daryosi bo’yida Temur va To’xtamish o’rtasida shiddatli jang bo’lib, bu jang Temur g’alabasi bilan tugadi. Bu g’alabalar Temur qo’shinlarining quyi Povolje, Astraxon, Shimoliy Kavkaz, Azov bo’ylariga chiqish uchun keng yo’l ochildi. Temurning Xorazm, Movarounnahr yerlariga va Oltin O’rdaga yurishlari, poytaxtning Keshdan Samarqandga ko’chirilishi O’rta Osiyoda markazlashgan davlatni tashkil qilishga qaratilgan bo’lsa, uning Yeron, Kavkaz, Hindiston, Old va Kichik Osiyoga harbiy yurishlari imperiyani kengaytirish maqsadida amalga oshirilgandi. Temur o’zining uch yillik (l386-l388), besh yillik (l392-l398), yetti yillik (l399-l405) yurishlari davomida Ozarbayjonda jaloyirlar, Sabzavorda sarbadorlar davlatini, Hirotda kurdlar davlatini tugatib, Yeron va Xurosonni o’z tasarrufiga kiritdi. Amir Temur l398 yilda Hindistonga qilgan harbiy yurishida Dehli shahrini, l400 yilda Suriyaga qilgan yurishida yesa Halab va Beyrut shaharlarini, l40l yilda Damashq shahrini yegallaydi. l402 yilda usmoniylar imperiyasining sultoni Yildirim Boyazidga qarshi yurishida uni mag’lubiyatga uchratadi. Bu g’alaba bilan Temur Yevropaning usmoniylar asoratiga tushishini bir necha o’n yillar orqaga suradi. Temur l404 yilda Kichik Osiyodan Samarqandga keladi va Xitoyga harbiy yurish taraddudini ko’radi. Aslida Temur yirik sarkarda bo’lib, kuchli hafbiy boshqaruv tizimini yaratadi.
l404 yil qishida Temur 200 minglik qo’shin bilan Xitoy safariga otlandi. Ammo Temur qattiq betobligi sababli chegara shahari O’trorda to’xtaydi va shu yerda l405 yilning l8 fevralida vafot yetadi. Natijada Xitoyni tobe yetish rejasi amalga oshmay qoladi. Amir Temur hayotining so’nggi yillarida o’zining yesdaliklari va tuzuklarini yozib qoldirdi “Temur tuzuklari” da davlat tuzilishining asosiy bo’g’inlari, ularning vazifa, funksiyalari, vazirlarning faoliyatlari, turli hil ijtimoiy guruhlar, tabaqalarga munosabat, qo’shin tuzilishi davlatning moliya va soliq siyosati, mulkiy munosabatlar hamda shu singari dolzarb masalalar, ularni hal yetish yo’llari aniq ifodalangan.
Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixini chuqur bilish nima uchun zarur?
Birinchidan, o’z tarixini, nasl-nasabini, merosini bilmagan millatning kelajagi bo’lmaydi. CHunki har bir xalqning o’z tarixi mavjud. O’z tarixini bilmagan, uning ijobiy va salbiy tajribalarini o’rganib, tegishli xulosalar chiqarmagan xalq bugungi hayotning qadrini va muammolarini tushunib eta olmaydi, o’z kelajagi haqida aniq tasavvurga, puxta ishlangan dasturga ega bo’la olmaydi. Biz kelajagi buyuk O’zbekistonni barpo etishga kirishgan ekanmiz, bobokalonimizning ulug’ hayoti va faoliyati bizga katta ishonch, intilish, qattiyat va kuch-quvvat baxsh etadi.
Ikkinchidan, Amir Temur va temuriylar tarixini har tomonlama chuqur o’rganish faqat ilmiy va ma`rifiy ahamiyat kasb etib qolmasdan, tarbiyaviy va amaliy ahamiyatga ham egadir. Bu davrda shikllangan va rivojlangan tarix saboqlaridan mustaqillik yo’lida foydalanish zarur.
Tarix har bir insonni o’z vataniga muhabbat, sadoqat, o’z xalqining o’tmishi qaqida aniq tasavvurga ega bo’lish, uning hozirgi kuni va kelajagi bilan g’ururlanish ruhida tarbiyalashning muhim vositalaridan biridir. Shu boisdan Amir Temur va temuriylar davri tarixini o’rganish va tahlil qilish hozirgi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan.

Download 32.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling