Mavzu: Analitik o’lchash va nazorat qilish


,3 B 6.1- rasm. Elektrpsixrometrning


Download 26.04 Kb.
bet2/6
Sana30.10.2023
Hajmi26.04 Kb.
#1734138
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-маьруза

6,3 B
  • 6.1- rasm. Elektrpsixrometrning
  • sxemasi
  • Elektr psixrometrlarda haroratni aniqlash uchun termojuftlar, yarim o‘tkazgichli termoqarshiliklar va standart metall qarshilik termometrlari ishlatiladi.
  • 6.1- rasmda qarshilik termometrlariga ega bo‘lgan elektr psixrometrning
  • prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Asbobning o‘lchash kismi I va II ko‘priklaridan iborat. Ikkala ko‘prik ham elektron kuchaytirgichning ikkita umumiy R1 va R3 yelkalariga ega. Rm quruq qarshilik termometri I ko‘prikning yelkasiga, RmH ho‘l qarshilik termometri II ko‘prik yelkasiga ulangan. I ko‘prik Ri, R2, R3 R^ qarshiliklardan iborat. II ko‘prik Ri R3, R4, RmH qarshiliklardan iborat.
  • Ko‘prik diagonalining a va B uchlaridagi potensiallar farqi quruq qarshilik termometrining haroratiga, a va c uchlaridagi potensiallar farqi esa ho‘l qarshilik termometrining haroratiga mutanosib. Qo‘shaloq ko‘prik diagonalining B va c nuqtalari orasidagi kuchlanishning pasayishi quruq va ho‘l qarshilik termometrlarining haroratlari farqiga mutanosib. O‘lchash tizimining muvozanati P^ reversiv dvigatel yordamida harakatga keltiriladigan R reoxord sirpang‘ichini avtomatik ravishda siljitish yo‘li bilan hosil qilinadi. Shu bilan birga dvigatel asbob strelkasini ham siljitadi. Asbobning shkalasi nisbiy namlik foizlarida darajalangan.
  • Psixrometrik usulning afzalliklari — musbat haroratda o‘lchashning yetarli darajada aniqligi va inersionligining kichikligi; kamchiliklari — o‘lchash natijalarining gaz harakati tezligiga va atmosfera bosimi o‘zgarishlariga bog‘liqligi; harorat pasayishi bilan sezgirlikning kamayishi va xatoning ko‘payishidir.
  • Avtomatik psixrometrik namlik o‘lchagich APV-201 texnologik
  • obyektlardagi bug‘-gaz aralashmasining nisbiy namligini uzluksiz nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Uning ishlash prinsipi nisbiy namlikni o‘lchashning psixrometrik usuliga asoslangan.
  • Nam o‘lchagich uchta blokdan: birlamchi o‘zgartkich, ikkilamchi o‘zgartkich va muvozanatlashtirilgan ko‘prik KSM-3 dan iborat. Nisbiy namlikni o‘lchash chegaralari 10... 100%. O‘lchanayotgan muhitning harorati 30...100°C. Asosiy xatolik nisbiy namlikning 3% iga teng.
  • Shudring nuqtasi usuli yoki gazlarning namligini kondensatsion usul bo‘yicha o‘lchash quyidagi bog‘lanishga asoslangan:
  • V = P (6.4)
  • buyerda, PTshudring nuqtasining T - haroratida bug‘ning elastikligi, Pa; PT —to ‘yingan bug ‘ning t haroratdagi elastikligi, Pa.
  • Shunday qilib, shudring nuqtasini va tekshirilayotgan gazning haroratini bilsak, nisbiy namlikni aniqlash mumkin. Shudring nuqtasi usuli katta qulaylikka ega, chunki u namlikni gazning istalgan bosimi sharoitida o‘lchashga imkon beradi (10...15 mPa va undan ortiq). Bu usul bo‘yicha namlikni o‘lchash haroratni o‘lchashdan iborat. Shu usul bo‘yicha o‘lchash asbobining tuzilishi 44.2-rasmda ko‘rsatilgan.
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling